Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xoland Pep jamoasida hech narsa qilmay gollar uryapti, uni to‘xtatib qolish qiyin

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xoland Premyer-ligada ketma-ket ikkinchi marta xet-trik qayd etdi. Unga moslashish uchun qancha vaqt ketdi deb o‘ylaysiz?

“Man Siti” ligaga endigina qaytgan “Nottingem”ni shunchaki bosib o‘tib ketdi - 6:0.

Gvardiola shogirdlari raqibga birorta ham imkoniyat qoldirmadi va yangi kelgan jamoani tor-mor keltirdi. Yana. Biz Erling Xolandning o‘yinini alohida ta’kidlaymiz. U bundan oldingi turda "Kristal Pelas"ga xet-trik qayd etganidan so‘ng pauza qilmaslikka qaror qildi va yana uchta gol urdi.

Xo‘sh, uni qanday to‘xtatish mumkin?

12-daqiqa – norvegiyalik futbolchi Fil Fodenning uzatmasini Xenderson darvozasi to‘sini ostiga joylab qo‘ydi. Erling uchun hech qanday murakkab narsa tuyulmadi.

23-daqiqa - Xenderson noaniq pas berdi. Bernardu Silva to‘pni jarima maydonchasidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda ushlab oldi va Fodenga berdi, u jarima maydonchasi markaziga yorib kirdi va posbonni o‘ziga tortdi. Fil Xolandga to‘pni uzatdi va u hech qanday qarshiliksiz bo‘sh qolgan darvozaga zarba berdi.

39-daqiqa - Foden yana assistentlikni amalga oshirdi va yana oson gol - va 40 daqiqa ichida xuddi shunday oson xet-trik. Shundan so‘ng, "Siti" yana uchta gol urdi - lekin bahsning asosiy xarakteri birinchi bo‘limda yaqqol namoyon bo‘ldi.

•‎ Norvegiyalik hisobida Premyer-ligadagi beshta o‘yinda 9ta gol mavjud. U ligada uzoq yillar o‘ynagan Serxio Aguero va Maykl Kuinning rekordini yangiladi - ular dastlabki 5 turda atigi 8 ta gol urishgandi.

•‎ Xoland Premyer-liganing ketma-ket ikkita o‘yinida ikkinchi xet-trigini qayd etdi. Undan oldin bor-yo‘g‘i 6 nafar futbolchi bu muvaffaqiyatga erishgandi: Les Ferdinand va Tyerri Anri, Ian Rayt va Didye Drogba hamda UYEyn Runi. Ammo faqat Xarri Keyn bu ishni ikki marta bajardi. Erling hali inglizning yutug‘ini takrorlashga ulguradi. 

•‎ 2022 yilda Premyer-ligada faqat Erling va Krishtianu Ronaldu ikkita xet-trik qayd etishgan. Esingizda bo‘lsa, o‘tgan mavsum "Norvich" va "Tottenxem" portugaliyalikdan jabr ko‘rdi.

O‘yindan so‘ng Xoland ushbu muvaffaqiyatidan juda xursand bo‘ldi: “Ajoyib, boshqa aytadigan gapim yo‘q. Bu ikkinchi bo‘limda "Pelas"ga qarshi qilgan ishimizni davom ettirish haqida edi. Bu yaxshi. Hozircha yaxshi, men shikoyat qilmayman. Oldinda juda ko‘p o‘yinlar bor, shuning uchun oldinga intilishda davom etish muhim”.

"Bugun yaxshi o‘yin bo‘ldi", - deydi Gvardiola o‘yindan keyin. Bilaman, Xoland gol urishni yaxshi ko‘radi, lekin u g‘alaba qozonishni xohlaydi. Agar u rekordlarni yangilasa va biz g‘alaba qozona olmasak, u xursand bo‘lmaydi. Erling maydonning barcha qismlarida kuchli. Uning hujumni yakunlashi va mehnatsevarligi juda chiroyli".

Umumiy kayfiyatni Maykl Ouen eng yaxshi tarzda yetkazdi: “Qayta aytaman: bu yigit urilgan gollar bo‘yicha deyarli barcha mavjud rekordlarni yangilaydi. U juda katta, juda tez, to‘rni aniq nishonga oladi va o‘nlab vaziyatlar yaratadigan jamoada o‘ynaydi.

U faqat shu formasida qolsa bas".

Kiritildi: 00:35, 02.09.2022. O'qildi: 2244 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик