Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • APL
      • 19.04.2026 00:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 19.04.2026 18:00
      • Everton
      • -:-
      • Liverpul
      • 19.04.2026 18:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Sanderlend
      • 19.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Byornli
      • 19.04.2026 20:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Arsenal
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 19.04.2026 15:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Torino
      • 19.04.2026 18:00
      • Verona
      • -:-
      • Milan
      • 19.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Jenoa
      • 19.04.2026 23:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Bolonya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • Superliga
      • 19.04.2026 16:00
      • So‘g‘diyona
      • 2:3
      • Bunyodkor
      • 19.04.2026 18:15
      • Qo‘qon-1912
      • 0:0
      • Andijon
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol mehri – el mehrida mujassam

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

Millionlar o‘yinini sevmagan, yoshligida koptok ortidan yugurmagan insonlar kamdan-kam topilsa kerak.

Qahramonimiz ham «charm to‘p»ni e’zozlab, xayrli va ezgu ishlarga qo‘l urganlardan. Yaxshisi, ushbu suhbatni mutolaa qilsangiz bunga to‘la ishonch hosil qilasiz. Suhbatdoshimiz Keldiyor Xo‘jayorov. Kasbi muhandis-texnolog. U 1955 yil 3-yanvarda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi Boyterak qishlog‘ida tavallud topgan. Otasi Xo‘jayor Eshimov elga bosh bo‘lib, xo‘jalikni oyoqqa turg‘azgan yetakchi bo‘lgan. Onasi Asal aya O‘tkirovani ham o‘z zamonasining oqila ayollaridan sanalgan. Xo‘jayor ota va Asal ayalar o‘n bir nafar farzandni el-yurt ishiga payvasta qilib tarbiyalashdi. Keldiyor Xo‘jayorov oilaning ikkinchi farzandi. Fe’l-atvoridagi halollik, odamlar tashvishi bilan yashash otasidan o‘tgan shekilli, doimo yangilikka intilib yashashni xush ko‘radi.

- Keldiyor aka, qishloq keksalarining aytishicha otangiz o‘z rizq-ro‘zini halol mehnatdan topib yashagan ekan. E’tiborli tomoni odamlarni ham ana shunga da’vat etgan...

- Topib aytdingiz. Padari bo‘zrukvorim xo‘jalikda rahbar bo‘lsada shohona hayotga intilmagan. Ba’zida qotgan nonni suvga botirib tanov­vul qilib turganida xo‘jalik a’zolaridan biri «Rais bobo omborda shuncha noz-ne’mat bo‘lsa-yu qotgan non qanday ta’bingizni ko‘taradi», - deganida «U yerda elning rizqi bo‘lsa, men unga ko‘z olaytirsam insofdan bo‘lmas»,- degan so‘zlarni aytganida odamlar rahbardagi bu xislatga tasanno aytganini hali-hamon eslab turishadi.

Menda «charm to‘p»ga oshnolik bolaligimdayoq uyg‘ongan. Maktabda o‘qib yurgan kezlarida qarovsiz yerni tartibga keltirib futbol maydoni tashkil etdik. Darsdan so‘ng koptok tepib, charchash, horish nima ekanligini bilmas edik. Harbiy xizmatni Ukrainaning Lvov shahrida o‘tab, u yerda ham futbolga haqiqiy oshno tutindim. Ayniqsa, sevimli jamoamiz «Paxtakor» (Toshkent) ishtirokidagi o‘yinlarni stadiondan bevosita kuzatib, zavq-shavq oldik.

Harbiy xizmat ortda qoldi. Biroq, millionlar  o‘yiniga bo‘lgan mehr aslo so‘nmadi. «Dunyo-M» aksiyadorlik jamiyatida mehnat qilib, futbolni keng miqyosda ommalashtirishda bosh-qosh bo‘ldim. Sexlar o‘rtasida musobaqa tashkil etdik. Hatto, katta futbol o‘yinlarini tomosha qilish uchun qo‘shni shaharlarga ham borib turardim. Kunlarning birida «Mash’al» (Muborak) - «Zarafshon» (Navoiy) o‘yinini ko‘rish uchun Navoiy shahriga borganimda futbolimiz fidoiysi marhum Nuriddin Zayniyev (oxirati obod bo‘lsin) meni ko‘rib qolib, «Siz ham futbolga qiziqasizmi, zo‘r yigit ekansizku», - degani hamon yodimda. U kishi viloyatga birinchi rahbar bo‘lgach, kunlarning birida «Keldiyor, Kosonda «Erqo‘rg‘on» degan jamoa tuzsangiz, bu ish ham sizning qo‘lingizdan keladi», - deb qoldi.

- Keldiyor aka sizdagi bu tashkilotchilik ijodda ham namoyon bo‘lmoqda.

- Xuddi shunday. Inson pensiya yoshiga yetgandan so‘ng ham «Endi bo‘ldi, hammasi tamom» deb to‘xtab qolmasligi kerak. Yoshligimdan yana bir xobbim bo‘lib, bu fotolavhalarda suratlar yaratish ishtiyoqi qalbimda jo‘sh urgan. Fotoapparat bilan ko‘plab lavhalarni suratga muhrlaganman. Agar suratchi bo‘lganimda ba’zi bir hamkasblarimning nonini yarimta qilib qo‘ygan bo‘lardim (hazil). Shuning uchun bo‘lsa kerak vediotasvirlarga intilish zavqi «Favvorafilm» kinostudiyasini ta’sis etishga undadi. 2011 yildan buyon faoliyatimizni olib borayapmiz. Shu o‘tgan yillar mobaynida 4ta badiiy, ko‘plab hujjatli filmlar yaratdik. Besh ming­ga yaqin a’zomiz bor. Tomoshabinlar soni ming nafardan oshib ketdi. Kelajakda alohida telekanal sifatida shakllanish harakatidamiz. Albatta buning uchun vaqt kerak.

- Yaratilgan hujjatli filmlar orasida «Futbol odami» keng jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi.

- Ushbu hujjatli film futbol fidoiysi Nuriddin Zayniyevning «charm to‘p»ga bo‘lgan mehri tufayli amalga oshirilgan ezgu ishlarga bag‘ishlandi. «Nasaf» futbol jamoasining yutuqlari, zamonaviy infratuzilma yaratishdagi keng ko‘lamli tadbirlar ijrosi haqida to‘laqonli fikr yuritildi. 2010-2011 yillarda «Nasaf»da bosh murabbiy bo‘lgan Anatoliy Demyanenkodan intervyu olish uchun Ukraina poytaxti Kiyevda bo‘lib qaytdim. Bundan tashqari hujjatli filmda «Nasaf» PFK bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev, sport direktori Sergey Kucherenko, FAN klubi a’zosi Chori Aslanov, hamda  jurnalist Husan Temirov ishtirok etib, millionlar o‘yini rivojiga N.Zayniyev qo‘shgan bebaho hissani alohida ta’kidladilar. Sirasini aytganda mazkur film orqali mamlakatimizda futbolning rivoji va uning porloq istiqboli haqida qimmatli fikr-mulohazalar bildirildi.

- Demak, ijoddagi parvozingiz ham chakki emas. Bu yo‘lda omad yor bo‘lsin.

- Rahmat. Hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. O‘zbek futboli ravnaqiga tamal toshini qo‘yganlar, hamda navqiron avlod kamoloti, orzu-intilishlarini keng doirada yoritish niyatidamiz. O‘zbekiston milliy terma jamoasini mundialda, olimpiyachilarimizni esa yanada yuqori pog‘onalarda ko‘rib, bu haqda betakror ijod mahsullarini keng ommaga taqdim etish yo‘lida olib borayotgan ishlarimiz besamar ketmasligiga ishonamiz.

Husan TEMIROV suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:28, 07.09.2022. O'qildi: 1217 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Астон Вилла Olli Uotkins 11
9 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик