Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 25.01.2026 00:45
      • Lechche
      • 0:0
      • Lasio
      • 25.01.2026 16:30
      • Sassuolo
      • 1:0
      • Cremonese
      • 25.01.2026 19:00
      • Atalanta
      • 4:0
      • Parma
      • 25.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • 3:2
      • Bolonya
      • 25.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • 3:0
      • Napoli
      • 26.01.2026 00:45
      • Roma
      • 1:1
      • Milan
      • 27.01.2026 00:45
      • Verona
      • -:-
      • Udineze
  • La-liga
      • 25.01.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • 0:2
      • Real Madrid
      • 25.01.2026 18:00
      • Atletiko
      • 3:0
      • Malyorka
      • 25.01.2026 20:15
      • Barselona
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 25.01.2026 22:30
      • Real Sosyedad
      • 3:1
      • Selta
      • 26.01.2026 01:00
      • Alaves
      • 2:1
      • Betis
      • 27.01.2026 01:00
      • Jirona
      • -:-
      • Xetafe
  • APL
      • 25.01.2026 19:00
      • Nyukasl
      • 0:2
      • Aston Villa
      • 25.01.2026 19:00
      • Brentford
      • 0:2
      • Nottingem Forest
      • 25.01.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • 1:3
      • Chelsi
      • 25.01.2026 21:30
      • Arsenal
      • 2:3
      • Man. Yunayted
      • 27.01.2026 01:00
      • Everton
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 21 52
2 Real Madrid 21 51
3 Atletiko 21 44
4 Vilyarreal 20 41
5 Espanyol 21 34
6 Betis 21 32
7 Selta 21 32
8 Real Sosyedad 21 27
9 Osasuna 21 25
10 Elche 21 24
11 Sevilya 21 24
12 Atletik Bilbao 21 24
13 Jirona 20 24
14 Valensiya 21 23
15 Alaves 21 22
16 Rayo Valyekano 21 22
17 Malyorka 21 21
18 Xetafe 20 21
19 Levante 20 17
20 Real Ovyedo 21 13

O'tgan o'yinlar.

21-тур Levante 3-2 Elche
21-тур Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
21-тур Valensiya 3-2 Espanyol
21-тур Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
21-тур Vilyarreal 0-2 Real Madrid
21-тур Atletiko 3-0 Malyorka
21-тур Barselona 3-0 Real Ovyedo
21-тур Real Sosyedad 3-1 Selta
21-тур Alaves 2-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Lazerovich: "Pulimizni ishlaymiz va uyimizga qaytib ketamiz. Barcha muammolar esa sizlar bilan qoladi"

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Superliga 19-turi doirasidagi "Navbahor" – "Qizilqum" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich matbuot anjumanida qatnashdi.

O‘yin haqida

— Barchaga xayrli kech. Bilasizmi, shuni ta’kidlashim kerakki, mavsum oldidan "Navbahor"ning o‘yinlarini, tayyorgarligini tomosha qilganimdayoq ularni chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri deb aytgandim. Buni tan olishim lozim. Ammo bundan keyin nimalar yuz bergani borasida savollar bor. Oxirgi uch o‘yinda hakamlik borasida tushunarsiz savollar ko‘payib ketmoqda. Bu yerda hakamlik qanday bo‘lsa shunday. Bu hammaga ayon. O‘zbekistonliklarning barchasi bu yerdagi hakamlik qanday ekanligini yaxshi biladi.

Bugungi o‘yinga kelsak, bizga qiyin bo‘lishini oldindan bilgandik. Ikki safardan beri buni ko‘rmoqdamiz, uchinchisida hayron qolish shart emas. Menda sizlarga va rahbariyatingizga savolim bor. Men Namangan rahbariyatini hurmat qilaman. Sizlar borayotgan yo‘l to‘g‘rimi? Namanganlikik muxlislar, sizlarni hurmat qilaman, qo‘llab-quvvatlayman. Sizdan ham shuni so‘ramoqchiman. Yaxshi, chempion bo‘lishingiz mumkin. Ammo sizlar chempion bo‘lmoqchi bo‘lgan yo‘l to‘g‘rimi? Sizlar butun mavsum davomida jamoani tortib yurgan ayrim kimsalarning yordamidan ko‘ra ancha yaxshirog‘iga loyiqsizlar. Maydonda hammasi ko‘rinib turibdi. Videoda ham hammasi aniq ko‘rinib turibdi. Yana bir marta muxlislardan so‘ramoqchiman: Shu tarzda chempion bo‘lmoqchimisizlar? Mana shu yo‘l orqali chempion bo‘lmoqchimisizlar? Bu savol sizga. Chempionlikka munosib ekanligingizga umuman shubham yo‘q. Sizda yaxshi jamoa, murabbiylar, zaxira o‘yinchilari bor. Men chin dildan gapiryapman. Sizlar bu tarzda chempion bo‘lishga loyiq emassizlar. O‘zbekistonda istalgancha chempion bo‘lishingiz mumkin, ammo OCHLda bunday bo‘lmaydi. To‘g‘ri tushuning, biz xorijlikmiz. Biz bu yerga ishlash uchun kelganmiz. Bu yerdagi vaziyatni his qilganimizdan so‘ng bizda hech qanday umid qolmaydi. Pulimizni ishlaymiz va uyimizga qaytib ketamiz. Barcha muammolar esa sizlar bilan qoladi. Bu muammolar bugun paydo bo‘lib qolmagan buni yaxshi bilasizlar. Bu muammolar 10, 15 balki 20 yillik muammolar. Men yana qaytaraman, bu yerda iste’dodlar juda ko‘p. Millat sifatida iste’dodlarga to‘lasizlar. Sizlarga bunday yo‘ldan yurish kerak emas. Sizlar to‘g‘ri yo‘ldan yurishingiz, rivojlanishingiz kerak. Shundagina ertaga Osiyo chempioni, Jahon chempionati ishtirokchisi bo‘lishingiz mumkin. Bu yil esa nima bo‘layotganini yaratgan ko‘rib turibdi. Namanganda atmofsera juda ham ajoyib. Bugun to‘qson daqiqa davomida spektaklda o‘tirgandek his qildim o‘zimni. Muxlislar shunchaki ajoyib.

- Siz aytayotgan boshqa yo‘l qanday?

- Faqat halol futbol. Hech qanday hakamlarning aralashuvisiz toza futbol. Men shunchaki o‘z fikrimni aytdim. Men bugun borman ertaga yo‘q. Men Namangan emas umuman o‘zbek futboli haqida gapiryapman. Balki xato qilayotgandirman.

- Siz aynan qaysi vaziyatga norozilik bildiryapsiz. O‘yinchimizning qo‘liga to‘p tegib penalti belgilangan vaziyatgami? Sizning mamlakatingiz Serbiyada shu kabi vaziyatda penalti beriladimi? O‘yinchi orqa tarafi bilan turgandi. Futbolchi havodan yerga tushayotganda boshqa imkoniyati bo‘lmaydi. Hujumchi bosh bilan zarba berganida himoyachi bilan bir metr masofada turgandi. U hech narsani ko‘rmaydi va yerga yiqiladi. Yerga yiqilayotganda u qo‘lini yig‘ishi kerakmidi?

- Ha, bu qo‘l bilan o‘yin hisoblanadi. Hop, mayli. Bugungi g‘alaba bilan "Navbahor"ni tabriklayman. Ajoyib jamoa. Bugun ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Faqatgina o‘yin borasida jamoani tabriklayman. Sizlarga kelajakda omad tilayman.

- Barchaning nomidan o‘zbek futboli uchun qayg‘urayotganingiz uchun rahmat aytamiz. Ammo o‘zbek futboli ortidan pul ham topyapsiz. Shu sabab ham sizga eng yaxshilarini tilaymiz...

- Rahmat hammaga. Omad.

Manba: "Қизилқум" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 23:43, 16.09.2022. O'qildi: 21510 marta. Fikrlar: 45 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 21
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 11
4 Барселона Robert Levandovski 9
5 Осасуна Ante Budimir 9
6 Вильярреал Alberto Moleyro 8
7 Барселона Rafinya 8
8 Бетис Kucho Ernandes 8
9 Сельта Borxa Iglesias 8
10 Барселона Lamin Yamal 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.