Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL. Mavsumning eng yaxshi himoyachilari nomini bilib oling!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Angliya Premyer-ligasida ko‘plab gollar urilmoqda. Bundan hech qaysi o‘yin mustasno emas. Ammo ushbu voqeaning boshqa bir salbiy tarafi bor: gollar ko‘p urilmoqda, bu esa himoyachilar yaxshi ishlamayotganini anglatadi. Shunday bo‘lsada, quyida, o‘tgan 7 ta turda o‘zini yaxshi tarafdan ko‘rsata olgan 10 ta himoyachini e’tirof etmoqchimiz.

10. Oleksandr Zinchenko

«Arsenal» bu mavsumni yuqori notada boshlay oldi. Bunda esa yangi xarid qilingan Zinchenkoning ham oz bo‘lsada ta’siri bo‘ldi. Ukrainalik futbolchi o‘yinning borishini o‘zgartira olish qobiliyatiga ega ekanini ko‘rsatdi. «Arsenal»ning to‘pni nazorat qilish uslubiga Zinchenko juda ham yaxshi mos tushdi. Natijada esa 25 yoshli futbolchi Londonda katta olqishlarga sazovar bo‘ldi.

9. Rafael Varan

Varan «MYU»dagi faoliyatini zaxiradan boshlagandi. Ammo hozirga kelib, u jamoaning asosiy vakiliga aylangan. Ten Xag jamoasi Varan asosiy tarkibda o‘yinni boshlagan paytlarda yutqazmayotir. Fransuz himoyachisi yangi sherigi - Martines bilan ajoyib juftlikka aylana oldi.

8. Tiagu Silva

Hatto «Chelsi» himoya uchun Fofana va Kulibalilarni olib kelgan taqdirda ham, Tiagu Silva jamoadagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ymadi. 38 yosh bo‘lishiga qaramay, braziliyalik futbolchi yuqori darajada turibdi.

7. Armel Bella-Kochap

Balki «Sautgempton» mavsumni zo‘r boshlay olmagandir. Ammo Bella-Kochapning bu borada omadi keldi. 20 yoshli himoyachi tez orada «avliyolar»ning muhim vakiliga aylandi.

6. Ris Jeyms

Jeyms, shubhasiz, bu mavsumdagi «Chelsi»ning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etishga loyiq. Uning o‘yini har ikkala maydon oxirida ham muhim rol o‘ynamoqda. Qanot himoyachisi hozirga qadar 1 gol va shuncha assistga mualliflik qildi.Jeymsning imkon yaratish ehtimoli eng yuqori darajalarni qayd etdi.

5. Lisandro Martines

Ko‘pchilik bu futbolchining bo‘yi sabab APLga mos kelmaydi deb hisoblayotgan edi. Ammo Lisandro bu fikrlarni xato ekanini isbot eta oldi. Argentinalik futbolchi «Liverpul» hamda «Arsenal»ni mag‘lub etishda muhim figura edi.

4. Yoaxim Andersen

«Kristal Pelas» ham mavsumni risoladagidek boshlamadi. Ammo Andersen bo‘lmaganida vaziyat hozirgidan ham yomonroq bo‘lishi mumkin edi. Niderlandiyalik himoyachi Viyeyra jamoasiga qanchalik kerak ekanini atigi 7 ta turda isbot eta oldi.

3. Kiran Trippyer

Ko‘plab muxlislar Trippyer 2019 yilda «Tottenxem»dan ketganida, uni so‘nib qoladi deb o‘ylagandi. Ammo unday bo‘lmadi. Bugun Trippyer «Nyukasl»da o‘ta muhim o‘yinchi sanaladi. Shu sababdan ham qanot himoyachisi Jahon chempionatida Angliya terma jamoasi sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

2. Joau Kanselu

Faqatgina bitta qanot himoyachisi APLda Trippyerdan yaxshiroq darajaga ega. U ham bo‘lsa «Manchester Siti» vakili Kanseludir. Portugaliyalik YECHL va APLda birdek foydali futbolchi sanaladi. Buni, uning Erling Xolandga ajoyib pas uzatgan «BVB»ga qarshi o‘yindan ham bilib olish mumkin.

1. Vilyam Saliba

Umuman olganda, «Arsenal»ning himoyasi o‘tgan mavsumda ham unchalik yomon emasdi. Biroq, Saliba kelgach, mudofaaning ham darajasi bir pog‘onaga yuqoriladi. «Marsel»dan qaytib kelgan futbolchi, londonliklar uchun o‘ta kerak figura ekanini isbotlay oldi. U hozirga qadar 2 ta gol urishga erishdi. Markaziy himoya esa hozirda Arteta istagandek ko‘rinishga keldi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 10:24, 22.09.2022. O'qildi: 2922 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик