Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yevropaning top-5 chempionatlaridan tushib ketmagan jamoalar

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘z tarixida 6 marta Fransiya chempioni bo‘lgan, qatorasiga 31 yil Liga 1da ishtirok etgan «Bordo» klubi avvalgi mavsum yakunlariga ko‘ra, elit divizion sarhadlaridan tushib qoldi.

Bu holat soccer.ru sayti ijodkorlarini Yevropaning kuchli 5ta milliy chempionati yuqori divizionida uzluksiz qatnashayotgan jamoalar haqida yaxlit ma’lumot to‘plashga undadi.


Angliya chempionati

Angliyada asrimizning ort­da qolgan yillari faqat elitada o‘ynash bor-yo‘g‘i 6ta jamoaga nasib etdi. Bular - «Liverpul», «MYU», «Chelsi», «Tottenxem», «Arsenal» va «Everton». Mabodo «Manchester Siti»ning qaysidir muxlisi jig‘iga tegishni istasangiz, unga ushbu ro‘yxatni ko‘rsatishingiz va APLda «Top-oltilik» aynan shunday ekanligini aytishingiz mumkin. «Shaharliklar» 2000|2001 yillar mavsumida elitadan tushib ketib, 1 yildan so‘ng Chempionshipda g‘olib chiqish asnosida APLga qaytganlar. Xullas, fakt shuki, ular «dinozavrlar» galasidan chetdalar. «Everton» esa yuksak natijalari bilan alohida maqtanolmasada, yangi asrda APLdagi o‘rnini biror marta boy bermadi. O‘tgan mavsum Frenk Lempard shogirdlari oxirgi turdan oldingi o‘yinda «Kristal Pelas»ga 0:2 hisobida yutqaza turib, yakunda g‘alaba qozonishdi - 3:2. Ular shu iroda evaziga 68 yillik muntazam ishtirok uzilib qolmasligini ta’minlashdi. Final hushtagidan keyin «Everton» muxlislarining sevimli jamoalari xuddi CHL yoki APLda zafar quchgandek quvongan holda maydonga yopirilganlari boisi ham shu. O‘sha kuni raqib jamoa ustozi Patrik Viyeyrani masxara qilishga uringan bezori yigit ablahona xatti-harakati uchun murabbiydan munosib javob olgandi. Darvoqe, «dinozavrlar» oltiligida faqat «Everton» va Tottenxem»ga yangi asrda shohsupaga ko‘tarilish nasib etmagan.


Ispaniya chempionati

Primeroning yangi asrdagi doimiy a’zolari 4ta: «Real», «Barselona», «Atletik» va «Valensiya». Umuman, atigi 3ta jamoa o‘z tarixida Ispaniya yuqori divizionidan hech qachon pastga tushgan emas. Gap albatta, «Real», «Barselona» va «Atletik» haqida ketmoqda. Aynan shu fakt o‘laroq, ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yin­lar «klassika» sifatida ta’riflanadi. Boshqacharoq ifoda etganda, «El-klasiko»! XXI asrning o‘ziga qarasak, trio kvartetga aylandi. Ya’ni bu guruhga «Valensiya» ham qo‘shildi. «Ko‘rshapalaklar» oxirgi marta o‘tgan asrning 80-yillari oxirida Segundaga tushib ketishgan va 1987|1988 yillar mavsumida elitaga qaytishgan. «Valensiya» shu-shu La Ligada uzluksiz qatnashmoqda va asrlar almashuvi davri hattoki, 2 marta CHL finaliga ham chiqdi. E’tibor bersak, nufuzli ro‘yxatda «Atletiko» yo‘q. Gap shundaki, «matraschilar» mavsum-1999|2000 yakunida kuchlilar qatorida qolish uddasidan chiqosholmadi va 1 yildan so‘ng ortga qaytishdi. Madrid klubi shundan keyin 2 marta CHL finaliga chiqib, har ikkisida mag‘lubiyatni tan oldi, lekin UYEFA kubogi|ELda 3 marta shohsupaga ko‘tarildi. Bundan tashqari, Diyego Simeonening jangovar jamoasi 2 marta chempionlik rutbasiga erishdi.


Italiya chempionati

«A» seriyada uchinchi ming yillik hisobi bo‘yicha «dinozavr» maqomiga ega klublar 5ta: «Milan», «Inter», «Lasio», «Roma» va «Udineze». Bular orasida birgina «Inter» Italiya chempionatining barcha mavsumlarini elitada o‘tkazgan yagona jamoadir. Hozirda ichki chempionat o‘zagini Rim va Milan jamoalari tashkil etmoqda. Shuningdek, ularga qo‘shilib olgan «Udineze» ham bor. Yangi asrning ilk 10 yilligi futbolga qiziqmagan muxlislarni «Yuventus»ning doimiy ishtirokchilar ro‘yxatida yo‘qligi ajablantirishi tayin. Buning sababini ijtimoiy tarmoqlardan bilib olish mumkin: «kalchopoli» nomini olgan korrupsiyaga oid mojaro! Turin grandi shu hodisot ortidan 2ta chempionlik unvonidan mahrum etilgan va «V» seriyaga badarg‘a qilingan edi. Oqibatda yulduzli jamoa tarkibida faqat Alessandro Del Pyero va Janluiji Buffon qolishdi. Shunga qaramay, murabbiylik tizginini o‘z qo‘liga olgan Didye Desham ilk mavsumdayoq «keksa sinyora»ni elitaga qaytargandi.


Germaniya chempionati

XXI asrda Bundesliganing biror mavsumini o‘tkazib yubormagan jamoalar 4ta: «Bavariya», «Borussiya» D., «Ba­yer» va «Volfsburg». Yangi 100 yillikda quyi divizionlarga tushib ketib, keyin o‘z chempionatida tengsiz bo‘lgan klublar ham yetarli - Angliyada «Manchester Siti» va «Lester», Italiyada «Yuventus», Ispaniyada «Atletiko». Germaniyada esa «Verder» va «Shtutgart» shunday jasorat ko‘rsatdi. «Musiqachilar» mavsum-2003|2004, «shvablar» esa mavsum-2006|2007da Bundesliga g‘olibiga aylanishdi. E’tiborli fakt: «Shtutgart» chempionlik mavsumidan buyon 2 marta quyiga sho‘ng‘ib, har safar 1 yildan keyin elitaga qaytdi. Endi bu tryukni «Verder» ham takrorladi: o‘tgan mavsum Bundesliga-2da o‘ynab, «Shalke» bilan birga elitaga chiqdi. 2018 yilga qadar nemis futbolida bosh «dinozavr» hisoblangan «Gamburg» esa hozircha bu yumush uddasidan chiqolmayapti.


Fransiya chempionati

Liga1ning XXI asrda quyi divizionlarni ko‘rmagan a’zolari 5ta: «PSJ», «Marsel», «Renn», «Lion» va «Lill». Sal avvalroq bu guruhda 6ta jamoa bor edi. Oxirgi mavsumni so‘nggi pog‘onada yakunlagan «Bordo» 31 yil badaliga ilk marta quyi ligaga tushib ketdi. Jamoaning bundan avvalgi omadsizligi sport natijalari bilan bog‘liq emasdi: o‘shanda 10-o‘rinni egallagan, lekin byudjetdagi tanqislik ortidan Liga 2ga tushirilgandi. «Bordo» o‘shanda elitaga qaytish missiyasini 1 yilda bajargandi. Muxlislar bu galgi «tozalov» ham tezkor bo‘lishidan umidvorlar. O‘tish o‘yinida «Oser»ga imkoniyatni boy bergan «Sent-Etyen» xususida ham alohida to‘xtalish joiz. Bu jamoa o‘tgan mavsum yakuniga qadar Fransiyaning eng sovrindor klubi edi - 10 karra chempion. Endi rekord natija «PSJ» tomonidan takrorlandi, boz ustiga, «Sent-Et’en» Liga 2ga yo‘l oldi. Fransiya rekordchisi 2003|2004 yillar mavsumini ham quyi divizionda o‘tkazganini eslatish o‘rinli.

Ravshan IBROHIM tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:00, 25.09.2022. O'qildi: 3993 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик