Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 22 55
2 Real Madrid 22 54
3 Atletiko 22 45
4 Vilyarreal 21 42
5 Betis 22 35
6 Espanyol 22 34
7 Selta 22 33
8 Real Sosyedad 22 28
9 Osasuna 22 26
10 Alaves 22 25
11 Atletik Bilbao 22 25
12 Jirona 22 25
13 Elche 22 24
14 Sevilya 21 24
15 Xetafe 22 23
16 Valensiya 22 23
17 Rayo Valyekano 22 22
18 Malyorka 21 21
19 Levante 21 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

22-тур Espanyol 1-2 Alaves
22-тур Real Ovyedo 1-0 Jirona
22-тур Osasuna 2-2 Vilyarreal
22-тур Levante 0-0 Atletiko
22-тур Elche 1-3 Barselona
22-тур Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
22-тур Betis 2-1 Valensiya
22-тур Xetafe 0-0 Selta
22-тур Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad

Navbatdagi o'yinlar.

19/02/26 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Real Madrid"ning eng tushunarsiz transferlari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Real Madrid" har doim birinchi darajali yulduzlarni qo‘lga kiritishi bilan mashhur bo‘lgan. Ammo nafaqat maqsadga muvofiqlik, balki oddiy dunyoviy mantiq nuqtai nazaridan tushuntirish juda qiyin bo‘lgan transferlar ham bor. Bugun esa "Real Madrid"ning eng g‘alati transferlarini eslab o‘tamiz.

Shuni aytish kerakki, «muvaffaqiyatsiz» va «g‘alati» transfer tushunchalari alohida-alohida narsalar. Birinchi holda, u yoki bu sababga ko‘ra, futbolchi o‘ziga bildirilgan umidlarni oqlamaydi (yorqin misol - Nuri Shahin) yoki umidli, ammo keyinchalik o‘ynamagan Royston Drente kabi.

Jonatan Vudgeyt

Yil: 2004 yil.

Qaysi jamoadan: "Nyukasl".

Transfer summasi: 18,3 million yevro.

Jonatan Vudgeytning o‘yiniga hech qanday shubha bo‘lmagan, lekin futbolchi juda travmatik edi. Boz ustiga, "Real" bilan shartnoma imzolash vaqtida ingliz futbolchisi yana bir jarohatini davolayotgani uchun formada emas edi.

Natija achinarli, ammo mantiqan to‘g‘ri - 2004-2005 yilgi mavsumda himoyachi maydonga tushmadi, keyingisida atigi 14 ta o‘yin o‘tkazdi, bir yildan so‘ng esa ijara asosida «Midlsbro»ga ketdi. U jamoadan ketgandan so‘ng madridliklar davolangan futbolchining maoshini hisobga olmaganda, taxminan 10 million yevro yo‘qotdi («Midlsbro» Vudgeytni 2007 yilning yozida sotib olgandi).

Tomas Gravesen

Yil: 2005 yil.

Qaysi jamoadan: "Everton".

Transfer summasi: 3,4 million yevro.

2005 yil yanvar oyida "Real Madrid" o‘z tarixidagi eng g‘alati (va ko‘pchilik buni eng g‘alati deb hisoblaydi) xaridlardan birini amalga oshirdi. O‘sha yillarda "qaymoqranglilar"ning tayanch zonasini kuchaytirish kerak edi, ammo Gravesen bilan emas!

Raqobat yo‘qligi tufayli to‘pdan ko‘ra ko‘proq raqiblarning oyog‘iga tepadigan, bir yarim mavsum Madridda o‘ynagan daniyalik yetakchilar bilan kelishmovchiligi tufayli yodda qoldi. 2004-2005 va 2005-2006 yilgi mavsumlarda «qaymoqranglilar» birorta sovrinni qo‘lga kiritmagan. Bunga Gravesen aybdor emas. Shunchaki uning o‘rnida kattaroq nom bo‘lganida Madrid mezeyida sovrin ko‘proq bo‘lardi. 

Karlos Diogo

Yil: 2005 yil.

Qaysi jamoadan: "River Pleyt".

Transfer summasi: 5 million yevro.

"Real Madrid" nima uchun Karlos Diogo bilan shartnoma imzolagani hozirgacha tushunarsiz. Urugvaylik "River Pleyt"da porlamadi, xuddi "Penyarol"da bo‘lgani kabi, u umidli futbolchi ham emasdi va Serxio Ramos «Sevilya»dan u bilan bir vaqtda 27 million evaziga o‘ng qanot himoyasiga olib kelindi.

Natija tabiiy ko‘rindi: Diogo "Real Madrid" safida 19 ta o‘yin o‘tkazdi, mavsum oxirida u «Saragosa»ga ijaraga berildi.

Antonio Kassano

Yil: 2006 yil.

Qaysi jamoadan: «Roma».

Transfer summasi: 5,5 million yevro.

Iste’dodli, ammo o‘jar hujumchi 2005-2006 yilgi mavsum o‘rtalarida jarohatlangan Ronaldoning o‘rniga olingandi. "Roma" bosh murabbiyi Fabio Kapello bilan munosabatlarni buzgan futbolchini bajonidil "Real"ga kelgandi.

Kassano goleador rolini bajara olmadi (2 ta gol), mavsum oralig‘ida esa klubga Kapello taklif etildi. Bundan tashqari, madridliklar jamoada bo‘lgan Kassano, Raul va Robinyolardan tashqari Rud van Nistelroy va yosh Gonsalo Iguainni sotib olishdi.

Kassano shunday vaziyatda o‘ynasa g‘alati bo‘lardi. U o‘ynamadi - mavsumda 11 ta o‘yin, 2 ta gol va «Sampdoriya»ga ijaraga berib yuborildi.

Kristof Metzelder

Yil: 2007 yil.

Qaysi jamoadan: "Borussiya Dortmund".

Erkin agent.

Vudgeyt bilan bir xil vaziyat: ajoyib markaziy himoyachi, jarohatlarga juda moyil. Angliyalik futbolchidan yagona farqi - Metzelder erkin agent sifatida kelgan edi, «Borussiya» aynan tez-tez olinadigan jarohati bo‘lgani uchun u bilan shartnomani uzaytirmagan.

Nemis futbolchisi «Real»da uch yil o‘ynadi va shu vaqt ichida 32 ta o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng u ham erkin agent sifatida «Shalke-04»ga yo‘l oldi.

Juliyen Fauber

Yil: 2009 yil.

Qaysi jamoadan: "Vest Xem Yunayted".

Ijara.

2009 yilning yanvarida «Real»ga 25 yoshli «Vest Xem» himoyachisi nima uchun kerak bo‘lgani hammaga tushunarsiz. Fransiyalik futbolchi jamoada 2 ta o‘yin o‘tkazdi va olti oydan so‘ng yana Londonga yo‘l oldi.

Darvoqe, Fauberning ijarasi uchun "Real" 1.5 million yevrodan voz kechgan.

Pedro Leon

Yil: 2010 yil.

Qaysi jamoadan: "Xetafe".

Transfer summasi: 10 million yevro.

"Real Madrid"ga o‘tish paytida Pedro Leon 23 yoshda edi, shuning uchun uni istiqbolli deb atab bo‘lmasdi. Yevropada bu yosh unchalik kichik emas. Yarim himoyachi «Xetafe»ga qadar «Mursiya», «Levante», «Valyadolid» klublarida to‘p surgan.

U qanday qilib «qirollik» klubi skautlari e’tiborini tortganini taxmin qilish mumkin. "Real Madrid" uchun yarim himoyachi 14 o‘yin o‘tkazdi (2 gol) va mavsum oxirida u xuddi shu «Xetafe»ga ijaraga berildi.

Jilermo Varela

Yil: 2014 yil.

Qaysi jamoadan: "Manchester Yunayted".

Ijara.

Jilermo Varela yoshligida katta iste’dod egasi hisoblangan. Shu qadar unga bo‘lgan umidlar katta ediki, 20 yoshida uni “Manchester Yunayted” o‘z safiga qo‘shib oldi.

Urugvaylik futbolchi u yerda o‘ynamadi, 2014 yilning yozida esa Madridga yo‘l oldi. Varela va "Real"ning ushbu transferdan maqsadi nima bo‘gani tushinarsiz? Natijada, Varela asosiy tarkibda birorta ham o‘yin o‘tkazmay, Manchesterga qaytdi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:49, 29.09.2022. O'qildi: 7274 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 22
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 10
5 Барселона Robert Levandovski 9
6 Барселона Lamin Yamal 9
7 Вильярреал Alberto Moleyro 8
8 Барселона Rafinya 8
9 Бетис Kucho Ernandes 8
10 Сельта Borxa Iglesias 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.