Bugun 15 may, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
  • La-liga
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Butun»likka intilgan «yarim jamoa»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Avgust oyi oxirida «MYU» «Bavariya»ni Bundesligadagi o‘ta ashaddiy raqibidan forig‘ qilishga juda yaqin turgandi - transfer darchasining so‘nggi kunlarida «qizil iblislar» «Borussiya M.» darvozaboni Yan Zommerga qiziqib qolishgan, lekin yakunda «Nyukasl» posboni Martin Dubravkani tanlashgandi.

Vaholanki, Yan bir necha kun avval Myunxenda «Bavariya»dan ochko tortib olgan (1:1), buning uchun 19ta (!) seyvni namoyish etib, Bundesliga rekordini o‘rnatgandi.

Futbolni deb maktabdan ketdi, Lixtenshteyn klubini Shveysariya chempionatiga olib chiqdi

Yan 1988 yilning 17 dekabrida, Shveysariyaning 15000 aholisi bo‘lgan Morj shaharchasida dunyoga keldi. Onasi moliya sohasida, otasi koordinator lavozimida ishlaydi. Lekin 5 yildan keyin uning oilasi Syurix yaqinidagi shaharchaga ko‘chib o‘tdi.

Aynan shu yerda 5 yoshli bolakay futbolga qiziqib qoldi. Ota-onasi uni mahalliy «Xerliberg» akademiyasiga olib borishdi. Yan ularga va murabbiyga darvozabon bo‘lmoqchi ekanligini aytdi. Ehtimol, bu irsiyat ta’siridir: yosh Zommerning amakisi va otasi darvozabon bo‘lishgan, ammo professional darajaga chiqa olmagandilar. Bir necha yildan keyin Yan Buffondan ilhom olishini aytgandi.

2003 yilda Zommer «Konkordiya» farm-klubi orqali «Bazel»dan joy oldi va dastlabki qiyinchiliklarga duch kela boshladi. Birinchidan, Yan dekabrda tug‘ilgani bois, barcha jamoalarning eng kichkintoyi bo‘lardi. Ikkinchidan, tabiat unga darvozabon uchun eng zarur jihat - baland bo‘yni bermagandi.

15ga chiqqanida Yan «Bazel» bilan ilk professional shartnomani imzoladi. Lekin asosiy jamoada u 3-raqamli darvozabon edi. Shu sababli uni ko‘pincha o‘rinbosarlar jamoasiga jalb etishardi. Yan esa 19ga chiqqanida ijarada o‘ynash istagini bildirdi. O‘shanda Yan ikki yo‘ldan birini tanlashi talab etilgandi. Ota-onasi uning har qanday qarorini ma’qullashlarini bildirdilar. Bir necha kundan keyin Zommer Lixtenshteynning «Vadus» jamoasi bilan Shveysariyaning 2-divizionida (Lixtenshteynning o‘z chempionati yo‘q) o‘ynaydigan bo‘ldi.

«Surgun»dagi sarguzashtlar Zommer uchun ancha muvaffaqiyatli kechdi. UYEFA Kubogi turnirida omadsizlikka uchragan «Vadus» (Gruziyaning «Dinamo»sidan yengilgan) ichki chempionatda oliy divizionga ko‘tarildi. Yan esa 3 yildan keyin «Grassxopper»ga yo‘l oldi. «Bazel»ga qaytgach, bir yildan keyin asosiy darvozabon Franko Kostanso o‘rnini to‘ldirdi. Shuningdek, U-21 toifasidagi Yevro turniri ham yosh darvozabon uchun mahorat maktabi bo‘ldi: Shveysariya Ispaniyadan kichik hisobda yengilgan final bahsida Yan o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqandi.

Ichki musobaqalarda Zommer «Bazel» safida chempion va Kubok sohibi bo‘ldi, YECHLda nimchorak finalgacha yetib bordi. Mavsum oxirida esa Yan terma jamoadagi debyutini nishonladi - Ruminiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin nazorat o‘yinlarida muntazam maydonga tushdi.

Gladbaxga Ter Shtegen o‘rinbosari bo‘lib kelgandi, endi u - klub ramzi

2013|2014 yillar mavsumiga qadar Yan Zommer qatorasiga 4 marta shohsupani zabt etdi, yevrokuboklarda o‘zini ko‘rsatdi. JCH-2014 arafasida Zommerning ish stolida Mark-Andre ter Shtegenni «Barselona»ga berishga tayyorlanayotgan «Borussiya M.»ning shartnomasi paydo bo‘ldi.

Mazkur «rokirovka» o‘ta muvaffaqiyatli chiqdi: Yanning bo‘yi germaniyalik kasbdoshinikidan 4 sm.ga pastroq (183 ga 187), jamoa hujumlarini qisqa uzatma yoki qo‘l bilan aniq uloqtirish evaziga ajoyib tarzda boshlaydi. Raqib zarbalarini qaytarishda ham chakki emas.

Tabiiyki, gladbaxlik muxlislar debyutantdan ko‘p narsalarni kutishgandi. Boz ustiga, u muxlislar yoqimtoyi va mahalliy tarbiyalanuvchi o‘rnini egallagandi. Asosiy tarkibdan joy olish uchun ayniqsa, so‘nggi chiziq pozisiyasi sohibi nemis maktabi tarbiyalanuvchilaridan ustun ekanligini isbotlashi talab etilardi.

Niyatiga yarasha deganlaridek, ter Shtegen kataloniyaliklar safida boshlang‘ich tarkibdan o‘rin olgunga qadar «Borussiya» qatorasiga 10ta o‘yinda mag‘lubiyatsiz seriyani qayd etdi, uning 5tasi Yanga tegishli edi. Omadli seriyaga Dortmundning nomdosh jamoasi nuqta qo‘ydi. Taajjubki, dortmundliklar Zommer darvozasini 15 marta nishonga olgan bo‘lsalarda, uni yenga olmadilar. G‘alabani esa Kristof Kramerning avtogoli sovg‘a qilgandi. Umuman, Zommerning o‘yinlari - chinakam shou.

Yevro-2020 turnirida Zommer millat qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi: ko‘chalarning biri uning nomini oldi

2019 yildagi YEMLda Yan Serxio Ramosning 2ta zarbasini qaytardi - aqldan ozish hech gapmas! Chunki Ramos bungacha qatorasiga 25ta penaltini golga aylantirgan futbolchi edi.

O‘tgan yili shveysariyalik «penaltilar kushandasi» Jorjinyoni «nuqta»dan gol urish imkoniyatidan, Italiyani esa JCH-2022 yo‘llanmasidan mahrum etdi.

Umuman, 2021 yil Yan Zommer faoliyatidagi eng yorqin davr bo‘ldi. Yevrodagi mukammal o‘yinlaridan keyin uni nafaqat doimiy muxlislar, hatto uy bekalari ham tanib olishdi. Turnirda Yan 21ta zarbani qaytarib, jamoasini chorak finalga olib chiqdi. Asosiy qahramonligi - 1|8 finalda fransuzlardan ustun kelganligi. O‘shanda u 5ta aniq zarbani bartaraf etgan, keyin penaltilar seriyasida Mbappening hal qiluvchi zarbasini qaytargandi.

Ispaniya terma jamoasi bilan bo‘lgan chorak final bahsida Yan 10ta seyvni namoyish etib, turnir rekordini o‘rnatdi. Ha, Shveysariya penaltilar seriyasiga ko‘ra, Yevro bilan xayrlashdi. Biroq bu masalada darvozabonga e’tiroz yo‘q. Har holda, u Rodrining zarbasini qaytargandi.

Uchrashuv yakunida jamoani tanqid qilish hech kimning xayoliga kelmadi. Aksincha, ajoyib o‘yinlar uchun minnatdorchilik bildirib, Zommer sharafiga ko‘chalar va hatto shahar darvozasi nomlarini uning ism-sharifi bilan o‘zgartirishni taklif etishdi.

Albatta, ko‘pchilik qatori Zommerning ham ushalmagan orzulari yo‘q emas. U hanuzgacha top-klubda o‘ynamagan. Ehtimol, «MYU» varianti u uchun so‘nggi poyezd bo‘lgandir. Lekin Yan bundan afsusda emas: «Men juda baxtiyorman. Boshqacharoq aytganda, o‘zimni hech qachon hozirgidek his etmagandim».

Qisqasi, Zommer endi 33ga chiqdi - u kabi mohir darvozabonlarning asl davri shu yoshda boshlanadi. Qolaversa, qahramonimiz futbolda «darvozabon - yarim jamoa» ekanligini isbotladi, hikmatdagi «yarim» iborasini «butun»ga almashtirishga juda yaqin keldi. Bo‘sh kelma, Yan!

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:33, 29.09.2022. O'qildi: 1104 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик