Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Savanyeni sotib olishga urinmang...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Teji Savanye - bu shunchaki, fransiyalik navbatdagi noyob iqtidor emas. Lo‘lilar mahallasida ulg‘aygan va mo‘’jiza tufayli yuqori darajaga ko‘tarilgan bu yigit faoliyati davomida quyi liga sinovlaridan ham o‘tdi

 Teji bugun Liga 1 yulduzi, ammo hanuzgacha suyukli go‘shasi - Langedok Russilyondan tashqariga chiqmagan. Deylik, 2018 yili hattoki, «Milan» chorloviga ham qiyo boqmadi. Hammasi oddiy: Savanye qadrdon «Monpelye»si, oila a’zolari, do‘stlari va odatiy turmush tarzidan voz kecholmadi. «Milan»dan qo‘ng‘iroq qilishganida, darhol rad javobi berdim. Shunda agentim meni jinniga chiqardi. Lekin tabiatim shunday: hamisha «Monpelye»da, yaqinlarim ko‘z o‘ngida o‘ynashni xohlayman. Bu yerda oilam a’zolari o‘yinimni tribunada tomosha qiladilar. Ha, italiyaliklar katta mablag‘ taklif etishdi. Biroq Milanda bu yerdagi baxtni tuymasdim. To‘g‘ri, ba’zan «Milan» va «San Siro»ni o‘ylab, ozgina ho‘rsinib qo‘yaman. Ammo o‘sha zahoti o‘rnim aynan Monpelyeda ekanligini tushunaman» - Tejining falsafasi shu.

Lo‘lilar mahallasi 

Jeli (Monpelye shahridagi lo‘lilar tumani) aholisi Teji Savanye saviyasini allaqachon tan olgan, albatta. Lekin ayrimlar yoshlik payti «Monpelye» yulduzidan yaxshiroq to‘p surishganini aytishdan tap tortmaydilar. Tejining otasi esa oilalaridan bobosiga tenglashadigan futbolchi chiqmaganini ta’kidlaydi: «Lo‘lilar tabiatan barcha sohada qobiliyatli bo‘lishadi. O‘g‘lim nima bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar, barchasini tezda o‘zlashtirib olardi - futbol, bilyard, tennis... To‘g‘ri, amakivachchasi Seb Savanye futbolda undan 10 baravar kuchliroq. Bobom Jonni Ruizga yetadigani esa hali chiqmagan». Jeli aholisining 95  foizi - lo‘lilar. Ulardan 40 foizi nochorlik chegarasidan pastda. Muhimi, juda ahil yashaydilar, doimo bir-birlarini qo‘llab-quvvatlaydilar. Bolalarning kechki soat 10gacha ko‘chada o‘ynab yurishlari ham hech kimni tashvishlantirmaydi. Chunki Tejining otasi doimo ularga ko‘z-quloq bo‘lib yuradi. Yaqindagina o‘g‘li ham ular qatorida edi. Teji shuningdek, katta bolalar jamoasidan joy olgan yagona futbolchi edi. «Har doim asfaltga chiqib, jamoa a’zolariga baqirardim: «Menga qarshi bor kuchingiz bilan o‘ynang, yosh bola o‘rnida ko‘rmang. Kechqurun uyga qaytib, oyoqlarim qontalash bo‘lib ketganini ko‘rardim. Futbol sirlarini shu asnoda o‘zlashtirdim», - deyli Teji. U 21 yoshga to‘lganida «Monpelye» ko‘rigiga bordi, ammo sinovdan o‘tolmadi. Chunki professional o‘quvi past edi. Yigitcha bu kamchilikni bartaraf etish uchun mashg‘ulotlarga jiddiyroq e’tibor qaratdi, boshqalarga nisbatan ko‘proq ter to‘kdi, biroq do‘stlari bilan lo‘lilar tumanida muallaq qolib ketdi. Teji keyinchalik uyidan 80 kilometr uzoqlashib, Liga 2 ishtirokchisi - «Arl-Avinyon»ga yo‘l oldi. Boz ustiga, hujumchi bu oraliqda markaziy yarim himoyachi sifatida o‘ynashga majbur bo‘ldi: «Uydan 2 soatli masofa uzoqlikda, yana shamol, sovuq ob-havo... Bular yetmaganidek, o‘ynash imkoniyati ham deyarli yo‘q edi. Orada hattoki, futboldan ketishga chog‘landim. Pul ishlash uchun biror ish topib, uyim yonida to‘p suraverishni o‘yladim. Chunki shunda baxtiyorlikni sezardim».

Uydan uzoqda o‘zini qo‘yib yuborish

Teji qadrdon go‘shasidan uzoqda chindan ham qiynaldi. «Qisqa vaqtda 5 kilogramm ortiqcha vazn to‘pladim. Chunki fast-fudni yaxshi ko‘rardim. Boz ustiga, o‘zim taom tayyorlashni bilmayman. Shu bois kafe yoki pisseriyaga borardim. Hozir ham ba’zan shunday. «Monpelye» o‘yinidan keyin odatda «Makdonalds»ga kiraman, faqat tamaddi qilgach, uyga yo‘l olaman», -  deydi Teji. Arlda unga munosib laqab qo‘yishdi - «Tangi». Bu - 28 yoshida ham ota-onasi bilan yashagan Fransiya komediyasi qahramoni. Chunonchi, Teji Arlda onasi bilan yashadi. To‘g‘ri, futbolchi chamasi 2 yildan keyin mutlaqo o‘zgardi. Xususan, gazli suv va fast-fuddan butunlay voz kechdi, pozisiyasini ham o‘zgartirib, hujum guruhiga qo‘shildi. «Arl»dagi 2 yil ichida markaziy yarim himoyachi rolini bajarib, ajoyib zarba sohibiga aylangan Savanye shu tariqa 3-mavsumda binoyidek natijaga erishdi: Liga 2da 3ta gol va 4ta samarali uzatma. Qolaversa, Liga kubogidan o‘rin olgan «Reyms»ga qarshi o‘yinning 43 daqiqasida gol urishdan tashqari, assistentlikni ham qoyillatdi. Cho‘kib borayotgan «Arl»ning eng yaxshi to‘p­urari o‘sha mavsum 5ta gol urganini hisobga olsak, Teji undan samaraliroq o‘ynagan. 

Agar «Arl-Avinyon» 2015 yili so‘nggi pog‘onani band etib, inqirozga uchramaganida, Teji jamoada qolardi. Biroq omadsizlikdan keyin u Liga 2ning boshqa vakili - «Nim» safida to‘p sura boshladi. Muhimi, Savanye yangi jamoada darhol yetakchi futbolchi maqomiga ko‘tarildi: jarima zarbalarini amalga oshirish, maydon markazida ustunlikni ta’minlash aynan uning zimmasida edi. Shuningdek, Teji 3 yil davomida olis masofadan kuchli zarbalar yo‘llashi bilan «Nim»ni elitaga chiqishida katta rol bajardi. Liga1dagi debyut mavsumida esa mahsuldorlikni davom ettirib (6ta gol va 14ta samarali uzatma), «Nim»ni 7-o‘ringa ko‘tardi. Shu tariqa futbolchi grand­lar e’tiboriga tushdi. U «Milan» taklifini aynan o‘sha pallada rad etgandi. Keyin Tejiga uning qadrdon «Monpelye»sidan «sovchi» keldi. Aslida bu jamoaning ashaddiy raqibi hisoblangan «Nim» transferga qarshi chiqdi, lekin masalani xaridorning yirik mablag‘i hal qildi. Ya’ni «Nim» 10 mln. yevrodan ko‘z yumolmadi - bu klub tarixidagi rekord kelishuv. Qolaversa, bozorda 5 milliondan ortiq sarflamaydigan «Monpelye» ham Teji transferida o‘z rekordini o‘rnatdi: «Nim» prezidentiga ketmoqchiligimni aytganimda, uning yuzi qizarib ketdi va qo‘yib yubormasligini bot-bot ta’kidladi. Keyin «Monpelye» prezidenti Nikollen 10 mln. yevro taklif qildi va oldimga yaxshi o‘ynash shartini qo‘ydi. Men esa jonajon shahrim sharafini himoya qilish uchun hammasiga tayyor edim».

Savanye - «Monpelye» afsonasi

Teji transferiga sarflangan 10 mln. yevroni oqlamoqda, u doimo Liga1ning eng sara futbolchilari qatorida. Xususan, 2021|2022 yillar mavsumida chempionatning ramziy terma jamoadan joy oldi. Hozirda sardorlik bog‘ichi ham shu sermahsul yarim himoyachi qo‘lida. Teji Fransiya milliy jamoasining nishonida bo‘lsada, hozircha chorlov olmadi. Lekin olimpiya termasi bilan Tokioga bordi, to‘g‘ri, uning jamoasi guruhdan chiqolmadi. Futbolchi uchun eng muhimi - endi o‘z uyida, lo‘lilar mahallasida. Teji bir necha yil avval shaharning bir chetida villa bunyod etgandi. Biroq qasr hozircha bo‘sh - turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandi ham ko‘chib o‘tishga qarshi. Narkodilerlar, qotillik, lo‘licha musiqa va Teji Savanye tufayli tuman nomi yangiliklarda tez-tez zikr etiladi. Shaharda futbolchi sharafiga ulkan panno yaratilgan: «O‘zimga surat ostidagi ibora yoqadi: «Ilojsiz ishning o‘zi yo‘q, faqat bunga ishonish kerak». Albatta, bolakaylarga ibrat bo‘lish, ularni ilhomlantirish - o‘ta yoqimli. Sa­vanyening fikricha, Mon­pelyedan ko‘chib ketishi uchun butun tumanni o‘zi bilan ergashtirishi talab etiladi. Buning esa iloji yo‘q...

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:06, 30.09.2022. O'qildi: 1549 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик