Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Selta 0-0 Malyorka
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Vilyarreal 0-0 Valensiya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kasilyasning hayotini o‘zgartirgan infarkt

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2019 yilning may oyida «Portu» sharafini himoya qilayotgan Iker Kasilyasni «tez yordam» mashinasida mashg‘ulot maydonidan shifoxonaga olib ketishgandi.

 O‘shanda 38 yoshli darvozabon miokard infarkti xastaligiga yo‘liqqandi.

Tez orada salomatligi tiklangan Iker avgust oyida mashg‘ulotlarga qaytdi, ammo uning turmush tarzi butunlay o‘zgarib ketdi. Ya’ni, birorta rasmiy uchrashuvda maydonga tushmagan holda, 2020 yilning avgustida yashil maydon bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi. Shu tariqa afsonaviy posbon jamoatchilik e’tiboridan chetda qoldi, ahyon-ahyonda uning Sara Karbonero bilan ajrashgani va «Real» elchisi maqomida biror yerda akademiya ochishi xususidagi yangiliklar yoritib turildi. Ana shu qisqa xabarlar uning muxlislariga oz bo‘lsada, taskin berib turdi.


Kasilyas o‘z kompaniyasini ochib, La Liga bilan ishlamoqchi

Atigi bir yil ishsiz yurgan futbolchi o‘zining SportBoost kompaniyasini ochib, sheriklari bilan sport yo‘nalishida ish boshladi. U o‘zi kabi faoliyatini yakunlagan kasbdoshlariga yangi sohada ish boshlashlari uchun ko‘maklashishni maqsad qilgandi.

Kasilyasning biznesi shiddat bilan rivojlanmoqda. Kompaniya Wayra (texnologik innovasiyalar markazi) va ESIC biznes maktabi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Shu yilning martida La Liga Tech shu’ba korxonasi ham safga qo‘shildi. Ularning asosiy maqsadi - La Ligani yanada sifatli va zamonaviy maqomga ko‘tarish. Kompaniya 5ta yo‘nalishda ish olib boradi: murabbiylik, hamkorlik, tadbirkorlik, ishga joylash va investisiyalar.

Kompaniya Michel Salgadoni, «Real» afsonasi Michel Gonsales, Fernando Moryentes, «Barselona» ayollar jamoasi futbolchisi Iren Paredes, tennischi Ale Galan va yengil atletikachi Xose Martineslarni safiga jalb etdi.

Ularda sarmoya bobida tajriba yo‘q, lekin yorqin faoliyatlari bor. Boz ustiga, Sport Boost ham o‘ziga yarasha nufuz va qudrat sohibi.


Kasilyas sarmoya kiritgan kompaniyalar

*** Fly Fut. Ijaraga dron olish va o‘zining futbol uchrashuvini tasvirga tushirish imkoniyatini beradigan servis korxonasi. Uning xizmati havaskor va yarim professional jamoalarga mo‘ljallangan:

«Biz o‘zingizni «kumiringiz» rolida his etishingizga yordam beramiz. O‘zingizning eng zo‘r golingiz, dribling yoki seyvingizni qayta qo‘rishni istaysizmi?» To‘liq uchrashuvni yoki muayyan futbolchining o‘yin aks etgan lavhaga buyurtma berish mumkin. Baholar ommabop: 11X11 o‘yin uchun 79,99 dollar, 7X7 uchun - 10 dollarga arzonroq.

*** Kognia. Taktik tahlil uchun platforma. Videolavhalarni tayyorlashda qo‘l mehnatidan foydalangan murabbiylar va tahlilchilar mehnatini osonlashtiradi. Unga tahlil qilinishi lozim bo‘lgan parametrlarni (futbolchining follari yoki driblingi sonlarini) kiritish kifoya, u yog‘ini platforma bajaradi. U professional va havaskor futbolchilarga mo‘ljallangan.

*** Clupik. Kasilyas portfelidagi eng so‘nggi loyiha. O‘tgan yil oxirida BAA FF va Dubay Kelajagi Jamg‘armasi barcha sport ob’ektlari - klublar, federasiyalar va stadionlar o‘rtasida raqamli infratuzilmani yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilgandi. Dunyoning 100ta kompaniyasi ishtirok etgan tadbirda SportBoost Clupik bilan hamkorlik o‘rnatdi. Ular sovrindorlar safida bo‘lib, ayrim loyihalarni, masalan, Dubaydagi 13 yoshlilar Xalqaro turniri uchun mobil ilovani yaratdilar.


Kasilyasning markaziy loyihasi - tibbiyot biznesi

U sun’iy intellekt ko‘magida yurak muammolari diagnostikasini osonlashtiradi. Afsonaviy darvozabonning biznesdan ko‘zlagan asosiy maqsadi boylik emas. U yangi texnologiyalardan foydalangan holda turmush farovonligini yanada oshirishga intilishini qayta-qayta ta’kidlaydi. Infarkt - Iker hayotidagi hal qiluvchi voqea. Shu xastalikdan keyin u salomatlik uchun kurashish kerakligini teran his etdi. Endi u boshqalarni ham shunga o‘rgatish uchun tibbiyot biznesiga sarmoya kiritmoqda. Ularning asosiysi - Idoven.   

Startap g‘oyasi 2018 yilda, doktor Manuel Breyss va muhandis Xose Kastellano bilan tanishganidan keyin paydo bo‘lgandi. Ular hamkorlikda yaratishgan Willem dasturi EKG natijalarini rasshifrovka qilib beradi. Villem - elektrokardiogrammani kashf etgan olim, Nobel mukofoti sohibining nomi.

Willemning ustunligi tezkorligi (bitta kardiogrammaga 30-120 soniya sarflaydi) va yuqori aniqligida (professional vrach darajasida) va universalligidadir (har qanday EKGni «o‘qiy oladi»). Bunga erishish uchun sun’iy intellektni 40 000 mijozning kardiogrammalarida «o‘qitishdi».

Idoven - kelajagi porloq kompaniya. U Google dasturidan o‘tgan, AQSH Milliy tibbiyot akademiyasining mukofotiga sazovor bo‘lgan. Idoven turli jamg‘armalar, akseleratorlar va xususiy homiylarning 19,8 mln. dollarlik sarmoyalarini o‘ziga jalb etgan.

Kasilyas bu kompaniya haqida 2019 yilda, uning ishga tushishi arafasida xabar topgandi. Yurak xurujidan keyin startapga duch keldi va tekshiruvdan o‘tdi. Natija kuchli taassurot qoldirgach, Iker ikki yildan keyin muayyan taklif bilan murojaat qildi.

O‘zining 40 yillik yubileyi arafasida FIFA.som saytiga bergan intervyusida Iker jumladan, shunday degandi: «Yurak xastaligini aniqlash va oldini olish mumkinligini kishilar bilishlari shart. Shuningdek, xastalik har qanday kishiga chang solishi mumkinligi, hatto sport ham salomatlikka kafil bo‘la olmasligini ham unutmasliklari lozim. Vaqti,vaqti bilan tekshiruvdan o‘tib turish kerak. Men hammasidan ko‘ra Idoven bilan hamkorligim bilan ko‘proq faxrlanaman».

Aftidan, Kasilyasning hayoti sog‘lom izga qaytgan ko‘rinadi. O‘zi hali yosh, yuragida xavotir yo‘q, oldinda esa - izzattalab yumushlar kutmoqda: «Hozir o‘zimni a’lo darajada sezyapman. SportBoost bilan pul topishni maqsad qilmaganmiz. Pul ham muhim, ammo avvalo biz dunyoni yaxshiroq qilish niyatidamiz. Biz kasalliklar tashhisini soddalashtirish orqali kishilarga ko‘maklashyapmiz, sobiq sportchilarga ish topib beryapmiz. Bu faqat boshlanishi, oldinda rejalar bisyor».

Ha, Iker Kasilyas - futbolda ham, biznesda ham afsona!

A.Ahmedov tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:38, 07.10.2022. O'qildi: 3361 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.