Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Valensiya 24 26
15 Jirona 23 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"So‘g‘diyona"dan 2 nafar, "Qizilqum"ning 1 nafar futbolchisi diskvalifikasiya qilindi - Tartib-intizom qo‘mitasining qarorlari

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Diskvalifikasiyalar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Superliga

“So‘g‘diyona” — “Neftchi”

O‘zbekiston Superligasining qoldirilgan 16-tur o‘yini — “So‘g‘diyona” va “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi bahsning 13-daqiqasida mezbonlar vakili Daniel Nasriddinov oyog‘ining tag qismi bilan raqibining oyoq qismiga kuchli zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Daniel Nasriddinovga (“So‘g‘diyona”) nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor lochinlari” — “Qizilqum”

O‘zbekiston Superligasining 19-turidan o‘rin olgan “Navbahor lochinlari” — “Qizilqum” bahsi yakunlanganidan so‘ng mezbon jamoa ma’muri Abror Karimov raqib o‘yinchilarining oldiga yugurib kelib, o‘zini agressiv tutgan va ommaviy tartibsizlik vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Abror Karimovga (“Navbahor lochinlari”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Metallurg” — “So‘g‘diyona”

Superliganing 19-turidan o‘rin olgan “Metallurg” — “So‘g‘diyona” bahsining 90+8 daqiqasida “So‘g‘diyona” futbolchisi Iskandar Shaykulov raqib o‘yinchisining oyoq qismiga butsasining tag qismi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Iskandar Shaykulovga (“So‘g‘diyona”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qizilqum” — “Metallurg”

O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” — “Metallurg” bahsining 90+6 daqiqasida mezbonlar vakili Temurxo‘ja Abduxoliqov to‘p uchun kurashda raqib darvozabonining yuz qismiga zarba berganiligi uchun maydondan chetlatilgan. Uchrashuv yakunlanganidan keyin mezbon jamoa muxlislari hakamlar sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatishgan hamda maydonga har xil buyumlar uloqtirishgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Temurxo‘ja Abduxoliqovga (“Qizilqum”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, “Qizilqum” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi belgilandi. Yuqoridagi holat takrorlansa, kelgusi uy uchrashuvlarini muxlislarsiz o‘tkazilishi yuzasidan ogohlantirish berildi.

Birinchi liga

“Andijon-2” — “Qizilqum farm”

Birinchi liga 16-turidan o‘rin olgan “Andijon-2” — “Qizilqum farm” uchrashuvining 36-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Fayzullo Nurmuhammadov uchrashuv to‘xtatilgan paytda butsasining tag qismi bilan raqib futbolchisining oyog‘ini bosganligi uchun maydondan chetlashtirilgan. Shuningdek, “Qizilqum farm” futbolchisi Shahzod Soibnazarov raqibiga oyog‘i bilan zarba bergani uchun va qizil kartochka bilan jazolangan. Uchrashuvning 42-daqiqasiga kelib esa “Andijon-2” jamoasi futbolchisi Abubakr Rejabboyev raqib futbolchisi oyog‘ining himoyalanmagan qismiga zarba bergan va u ham maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Fayzulla Nurmuhammadov (“Andijon-2”) va Shahzod Soibnazarovga (“Qizilqum farm”) nisbatan 3 ta, Abubakr Rejabboyevga (“Andijon-2”) nisbatan esa 4 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qumqo‘rg‘on-1977” — “Shahrixonchi”

Birinchi liga 20-turidan o‘rin olgan “Qumqo‘rg‘on-1977” — “Shahrixonchi” uchrashuvining 84-daqiqasida mezbonlar vakili Ma’murbek Nasriyev butsasining tag qismi bilan raqibining son qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ma’murbek Nasriyevga (“Qumqo‘rg‘on-1977”) nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor farm” — “Aral”

Birinchi liga 21-turidan o‘rin olgan “Navbahor farm” — “Aral” uchrashuvining 89-daqiqasida “Aral” jamoasi direktori Azamat Allaniyazov texnik zonani tark etib, bosh hakamga o‘z e’tirozlarini bildirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Azamat Allaniyazovga (“Aral”) nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Yunired” — “Andijon-2”

Birinchi ligadan o‘rin olgan “Yunired” — “Andijon-2” uchrashuvining 72-daqiqasida “Andijon-2” jamoasi futbolchisi Aziz Usmonov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Aziz Usmonovga (“Andijon-2”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Chig‘atoy” — “Yunired”

Birinchi liga 21-turidan o‘rin olgan “Chig‘atoy” — “Yunired” uchrashuvining 14-daqiqasida Jamshid Zaripboyev va Firdavs Pardaboyevlar o‘zaro agressiv harakat qilib, bir biriga zarba berishgan. Bosh hakam ularning har ikkisini maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Jamshid Zaripboyev (“Chig‘atoy”) va Firdavs Pardaboyevga (“Yunired”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor farm” — “Aral”

Birinchi liga 21-turidan o‘rin olgan “Navbahor farm” — “Aral” uchrashuvi yakunlanganidan so‘ng mezbonlar shifokori Alisher Yuldashev bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Alisher Yuldashevga (“Navbahor farm”) nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U-19 chempionati

“Yangiyer” — “Qo‘qon-1912”

U-19 chempionati doirasidagi “Surxon” — “Lokomotiv” bahsining 45-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Farruh Qurbonov raqib futbolchisini urganligi uchun maydondan chetlashtirilgan. Shuningdek, jamoa bosh murabbiyi Sadriddin Abdullayev 89-daqiqada texnik zonani tark etib, bosh hakamga e’tirozlarini bildirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Farruh Qurbonovga (“Lokomotiv”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, jamoa bosh murabbiyi Sadriddin Abdullayevga nisbatan esa 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Metallurg” — “Nasaf”

U-19 chempionatining 16-turi doirasidagi “Metallurg” — “Nasaf” bahsida mehmonlar futbolchisi Samandar Sodiqov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Samandar Sodiqovga (“Nasaf”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon” — “Lokomotiv”

U-19 chempionatining 14-turi doirasidagi “Surxon” — “Lokomotiv” bahsida mezbonlar futbolchisi Botir Ro‘ziyev raqib jamoa bosh murabbiyi sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Botir Ro‘ziyevga (“Surxon”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon” — “Olimpik”

U-19 chempionatining 16-turi doirasidagi “Surxon” — “Olimpik” bahsining 38-daqiasida mehmonlar futbolchisi Usmon Ikromov oyog‘ining tag qismi bilan raqib futbolchisi oyog‘ining himoyalanmagan qismiga zarba berganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Usmon Ikromovga (“Olimpik”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Turon” — “Paxtakor”

U-19 chempionatining 17-turi doirasidagi “Turon” — “Paxtakor” bahsida mehmonlar futbolchisi Saidumarxon Saidnurullayev bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Saidumarxon Saidnurullayevga (“Paxtakor”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon” — “So‘g‘diyona”

U-19 chempionatining 18-turi doirasidagi “Surxon” — “So‘g‘diyona” bahsida mehmonlar futbolchisi Asadbek Boliyev bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Asadbek Boliyevga (“So‘g‘diyona”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

AGMK — “Mash’al”

U-19 chempionatining 20-turi doirasidagi AGMK — “Mash’al” bahsining 73-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Behruz Ismoilov raqib darvozaboni Davronbek Rahmonovga nisbatan qo‘pollik ishlatgan. Darvozabon esa bunga javoban Ismoilovning oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. Shundan keyin Behruz Ismoilov raqibining yuz qismiga zarba bergan va qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Behruz Ismoilov (AGMK) va Davronbek Rahmonov (“Mash’al”)ga nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf” — “Turon”

U-19 chempionatining 20-turi doirasidagi “Nasaf” — “Turon” bahsining 70-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Javohir Utamurodov raqibiga qarata ataylab to‘p otgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Javohir Utamurodovga (“Nasaf”) nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qizilqum” — “Andijon”

U-19 chempionatining doirasidagi “Qizilqum” — “Andijon” bahsining 52-daqiqasida mezbonlar vakili Mirziyo Atakulov raqibini qasddan tepganligi uchun maydondan chetlashtirilgan. Shuningdek, o‘yinning 90+5 daqiqasida mehmonlar futbolchisi Asilbek Aysarov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Mirziyo Atakulov (“Qizilqum”) va Asilbek Aysarovning (“Andijon”) har ikkisiga nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Zomin” — “Dinamo”

U-19 chempionatining 18-turi doirasidagi “Zomin” — “Dinamo” bahsining 73-daqiqasida “Dinamo” futbolchisi Fayozjon Mavlonov to‘p uchun kurashda raqib o‘yinchisining oyoq qismiga kuch bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. Shuningdek, 90-daqiqada mezbonlar futbolchisi Akramjon Saparboyev uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda raqib futbolchisiga zarba berganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Fayozjon Mavlonovga (“Dinamo”) nisbatan 2 ta, Akramjon Saparboyevga (“Zomin”) nisbatan esa 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf” — “Bunyodkor”

U-19 chempionatining 18-turi doirasidagi “Nasaf” — “Bunyodkor” bahsida poytaxt jamoasi futbolchisi Sardorbek Rahimov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Sardorbek Rahimovga (“Bunyodkor”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Yangiyer” — “Qo‘qon-1912”

U-19 chempionatining 20-turi doirasidagi “Yangiyer” — “Qo‘qon-1912” bahsida mehmonlar futbolchisi Islomjon Matfazilov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Islomjon Matfazilovga (“Qo‘qon-1912”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

Ayollar Oliy ligasi

“Bunyodkor-W” — “So‘g‘diyona-W”

O‘zbekiston ayollar Oliy ligasining 15-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor-W” — “So‘g‘diyona-W” uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Dilrabo Asadova bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Dilrabo Asadovaga (“Bunyodkor-W”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

U-16 ayollar chempionati

Birinchi liga musobaqasida “Andijon W” jamoasi tarkibida ro‘yxatdan o‘tkazilgan futbolchilar O‘FA qoshidagi Ayollar U-16 chempionatida “Turon U-16” jamoasi tarkibida ro‘yxatdan o‘tkazilib, Ayollar U-16 chempionatida 3 ta uchrashuv o‘tkazgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Andijon” va “Turon” klublariga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, “Andijon W” jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Abdullayev va “Turon U-16” jamoasi bosh murabbiyi Xurshid To‘ychibiyevga nisbatan 2022-yilgi mavsum oxirigacha futbol faoliyatidan diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

Qarorga ko‘ra, “Turon U-16” jamoasi o‘tkazgan uchrashuvlar natijalari bekor qilinib, raqib jamoalariga texnik g‘alabalar yozilishi belgilandi.

Manba: UFA.UZ
Kiritildi: 18:08, 12.10.2022. O'qildi: 2078 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.