Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba.

  • APL
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Nottingem Forest
  • La-liga
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
      • 24.04.2026 00:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Real Madrid
  • Superliga
      • 22.04.2026 18:00
      • Surxon
      • 2:1
      • Mash’al
      • 22.04.2026 20:15
      • Buxoro
      • 0:1
      • Paxtakor
      • 23.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 23.04.2026 19:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 23.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • OKMK
      • 24.04.2026 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Neftchi
      • 24.04.2026 19:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 24.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Andijon
  • «A» Seriya
      • 24.04.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 9 24
2 Neftchi 8 21
3 Navbahor 8 18
4 Bunyodkor 8 16
5 Buxoro 9 14
6 Nasaf 8 12
7 Xorazm 8 12
8 Lokomotiv 8 11
9 OKMK 8 11
10 Surxon 9 11
11 Qizilqum 8 9
12 Qo‘qon-1912 8 8
13 Andijon 8 7
14 Dinamo 8 7
15 So‘g‘diyona 8 5
16 Mash’al 9 0

O'tgan o'yinlar.

9-тур Surxon 2-1 Mash’al
9-тур Buxoro 0-1 Paxtakor

Navbatdagi o'yinlar.

23/04/26 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04/26 Nasaf - Lokomotiv
23/04/26 Dinamo - OKMK
24/04/26 Xorazm - Neftchi
24/04/26 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04/26 Bunyodkor - Andijon

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Deyarli milliard yevrolik tarkib

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Rossiyalik hamkasblarimiz transfermarkt portalining yangi baho daftarchasini ochib, yevrofutboldagi eng qimmatbaho yulduzlar ramziy terma jamoasini shakl­lantirishdi.

Sir emas, transferlar bo‘yicha rekordlar yildan-yilga yangilanmoqda va hozirda 100 million yevro atrofidagi summa hech kimni ortiqcha hayratlantirmayapti.


990 million yevrolik jamoa 

Yevrofutbol-2022ning eng qimmatbaho o‘yin­chilari ramziy jamoasiga qarasak, u 9ta klub vakillaridan tuzildi. Jamoaning umumiy summasi esa 990 million yevroga teng. 

Darvozabon: Tibo Kurtua («Real») - 60 mln. yevro

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold («Liverpul») - 80 mln. yevro; Ruben Diash («Manchester Siti») - 75 mln. yevro; Markinyos («PSJ») - 70 mln. yevro; Alfonso Devis («Bavariya») - 70 mln. yevro

Yarim himoyachilar: Jud Bellingem («Borussiya» D.) - 90 mln. yevro; Pedri («Barselona») - 90 mln. yevro; Brunu Fernandesh («MYU») - 85 mln. yevro

Hujumchilar: Kilian Mbappe («PSJ») - 150 mln. yevro; Vinisius Junior («Real») - 120 mln. yevro; Muhammad Saloh («Liverpul») - 90 mln. yevro


APL: 905 «limon» va 3ta klub

Endi har bir liganing eng qimmatbaho ramziy jamoasiga ham birrov nazar solamiz. Angliya klublari transferlarga hammadan ko‘p sarflashi - bugungi kunning yozilmagan qonuni. Har holda, APLning qaysidir kuchli klubi muayyan futbolchiga jiddiy qiziqsa, uning transferiga muammosiz pul topadi. 99 foiz holatda shunday. APLning hozirgi qimmatbaho «ramz»-jamoasiga kelsak, u atigi 3ta klub vakillaridan tashkil topdi. Umumiy summa - 905 million yevro. Ha, APL va yevrofutbolning eng qimmatbaho «ramz»lari bahosi o‘rtasida katta farq yo‘q. «MYU» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh nega yo‘q? Portugaliyalik futbolchi o‘rniga universal chizma bo‘yicha u bilan bitta pozisiyada o‘ynaydigan Kevin de Bryuyne olindi. Chunki ikkisining narxi teng, statistika bo‘yicha esa belgiyalik oldinda. 

Darvozabon: Alisson («Liverpul») - 50 mln. yevro

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold («Liverpul») - 80 mln. yevro; Ruben Diash («Manchester Siti») - 75 mln. yevro; Uesli Fofana («Chelsi») - 65 mln. yevro; Endryu Robertson («Liverpul») - 65 mln. yevro

Yarim himoyachilar: Fil Foden («Manchester Siti») - 90 mln. yevro; Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»») - 85 mln. yevro; Rodri («Manchester Siti») - 80 mln. yevro

Hujumchilar: Erling Xoland («Manchester Siti») - 150 mln. yevro; Muhammad Saloh («Liverpul») - 90 mln. yevro; Dias («Liverpul») - 75 mln. yevro


La Liga: 735 «limon» va 4ta klub

Ispaniyada transfer rekordlari tez-tez yangilanadi. Biroq hozirda chempionatning eng qimmatbaho futbolchilari ramziy jamoa­si nisbatan arzonroq - 735 million yevro. Qolaversa, «ramz»ga 4ta jamoa vakillari kirishdi.

Darvozabon: Tibo Kurtua («Real») - 60 mln. yevro

Himoyachilar: Jyul Kunde («Barselona») - 60 mln. yevro; Eder Militao («Real») - 60 mln. yevro; Ferlan Mendi («Real») - 40 mln. yevro; Xuan Foyt («Vilyarreal») - 25 mln. yevro

Yarim himoyachilar: Pedri («Barselona») - 90 mln. yevro; Federiko Valverde («Real») - 80 mln. yevro; Joau Felish («Atletiko») - 70 mln. yevro

Hujumchilar: Vinisius Junior («Real») - 120 mln. yevro; Rodrigo («Real») - 75 mln. yevro; Arno Danjuma («Vilyarreal») - 50 mln. yevro


Bundesliga: 677 «limon» va 4ta klub

Bundesliganing eng qimmatbaho jamoasida ham aynan 4ta klubdan vakil bor. Summa esa La Liganikidan biroz past - 677 million yevro. Bunga avvalo, Germaniyada darvozabonlar bahosining kamligi sababdir.

Darvozabon: Gregor Kobel («Borussiya» D.) - 22 mln. yevro

Himoyachilar: Alfonso Devis («Bavariya») - 70 mln. yevro; Mattiys de Ligt («Bavariya») - 70 mln. yevro; Yoshko Gvardiol («RB Leypsig») - 60 mln. yevro; Benjamin Pavar («Bavariya») - 30 mln. yevro

Yarim himoyachilar: Jud Bellingem («Borussiya» D.) - 90 mln. yevro; Joshua Kimmix («Bavariya») - 80 mln. yevro; Kristofer N~Kunku («RB Leypsig») - 80 mln. yevro

Hujumchilar: Serj Gnabri («Bavariya») - 65 mln. yevro; Leroy Sane («Bavariya») - 60 mln. yevro; Patrik Shik («Bayer») - 50 mln. yevro


Liga 1: 660 «limon» va 2ta klub

Fransiya chempionati «shoh» jamoasiga shunchaki, «PSJ» yorlig‘ini yopishtirish kerak. Faqat «Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovin «begona» xolos. To‘g‘ri, Liga1 ramziy jamoaning umumiy qiymati bo‘yicha Bundesligadan ham orqada - 660 million yevro.

Darvozabon: Janluiji Donnarumma («PSJ») - 50 mln. yevro

Himoyachilar: Markinyos («PSJ») - 70 mln. yevro; Ashraf Hakimi («PSJ») - 65 mln. yevro; Nunu Mendesh («PSJ») - 50 mln. yevro; Pres­nel Kimpembe («PSJ») - 40 mln. yevro;

Yarim himoyachilar: Marko Verratti («PSJ») - 50 mln. yevro; Fabian Ruis («PSJ») - 45 mln. yevro; Aleksandr Golovin («Monako») - 25 mln. yevro

Hujumchilar: Kilian Mbappe («PSJ») - 150 mln. yevro; Neymar («PSJ») - 75 mln. yevro; Lionel Messi («PSJ») - 50 mln. yevro


«A» seriya: 635 «limon» va 5ta klub

Eng internasional va arzon tarkib Italiya­da. «A» seriyaning amplualar bo‘yicha eng qimmatbaho futbolchilari hozirda 5ta klubda o‘ynashmoqda va ularning umumiy summasi 635 million yevroga teng. 

Darvozabon: Mayk Menyan («Milan») - 35 mln. yevro

Himoyachilar: Milan Shkrinyar («Inter») - 65 mln. yevro; Alessandro Bastoni («Inter») - 60 mln. yevro; Teo Ernandes («Milan») - 55 mln. yevro; Davide Kalabriya («Milan») - 25 mln. yevro

Yarim himoyachilar: Nikola Barella («Inter») - 70 mln. yevro; Sergey Milinkovich-Savich («Lasio») - 60 mln. yevro; Lorenso Pellegrini («Roma») - 45 mln. yevro

Hujumchilar: Dushan Vlaxovich («Yuventus») - 85 mln. yevro; Rafael Leau («Milan») - 70 mln. yevro; Federiko Kyeza («Yuventus») - 65 mln. yevro

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:49, 18.10.2022. O'qildi: 2449 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 6
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 5
3 Сурхон Chinedu Stefan 5
4 Нефтчи Stipe Perisa 4
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 3
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 3
8 Нефтчи Alisher Odilov 3
9 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
10 Нефтчи Zoran Marushich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик