Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba.

  • Superliga
      • 01.08.2025 20:00
      • Mash’al
      • 0:1
      • Paxtakor
      • 01.08.2025 20:00
      • Buxoro
      • 0:2
      • OKMK
      • 02.08.2025 19:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 02.08.2025 20:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Nasaf
      • 02.08.2025 21:15
      • Dinamo
      • -:-
      • Navbahor
      • 03.08.2025 19:00
      • Andijon
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 03.08.2025 20:00
      • Sho‘rtan
      • -:-
      • Xorazm
      • 03.08.2025 21:15
      • Surxon
      • -:-
      • Qizilqum
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Neftchi 15 30
3 OKMK 16 30
4 Paxtakor 16 29
5 Dinamo 15 29
6 Bunyodkor 15 27
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 16 15
13 Xorazm 15 14
14 Buxoro 16 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

16-тур Mash’al 0-1 Paxtakor
16-тур Buxoro 0-2 OKMK

Navbatdagi o'yinlar.

02/08/25 Neftchi - Bunyodkor
02/08/25 So‘g‘diyona - Nasaf
02/08/25 Dinamo - Navbahor
03/08/25 Andijon - Qo‘qon-1912
03/08/25 Sho‘rtan - Xorazm
03/08/25 Surxon - Qizilqum

So'rovnoma

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Murabbiylar: Eng tezkor iste’folar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Iste’folar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

APLda mavsumning dastlabki iste’fosi amalga oshirildi. Uni hayratlanarli qarorlar sirasiga kiritib bo‘lmaydi.

«Bornmut» bosh murabbiyi Skott Parkerning o‘z lavozimidan chetlatilishiga «Liverpul»dan qabul qilingan 0:9 hisobidagi sharmandali mag‘lubiyat sabab bo‘ldi. Ustiga-ustak, mazkur muvaffaqiyatsizlik bosh murabbiy klub rahbariyatini tanqid qilganidan keyin yuz bergandi: Parker klub mutasaddilarini yozgi transfer darchasidagi sust ishtirokidan xafa bo‘lgandi. Nima ham derdik, endi murabbiy bir tashvishdan forig‘ bo‘ldi, ammo o‘zi ishsiz qoldi. Parker 2004 yildan beri avgust oyida o‘z lavozimidan chetlatilgan dastlabki murabbiy bo‘ldi. Biroq bu Angliya chempionati tarixidagi eng tezkor iste’fo emas. Keling, yaxshisi mavsum startidan keyin yuz bergan eng tezkor iste’folar reytingi bilan tanishaylik.

1998|1999. Kenni Dalglish («Nyukasl» - avgust, 2ta o‘yindan keyin)

«Qirol» Kenni mavsumni qirollarga xos ishonch bilan boshlay olmadi» - klub boshqaruvi raisi Freddi Sheferd iste’foga shunday izoh bergandi. Vaholanki, dastlabki 2ta o‘yinda «Hakkalar» mag‘lubiyatga uchrashmagan, «Charlton» va «Chelsi» bilan durang o‘ynagandilar. To‘g‘ri, jamoa undan avvalgi mavsumni 13-o‘rinda yakunlagandi. Qiziq, mavsumoldi tayyorgarligini Dalglish bilan o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad nima edi?

1993|1994. Piter Rid («Manchester Siti» - avgust 4ta)

Startdagi 4ta o‘yinda Rid shogirdlari atigi bitta gol urib, 1 ochkoga ega bo‘lishgandi. Lekin iste’foga nafaqat qoniqarsiz natijalar, balki rahbariyat tarkibidagi o‘zgarishlar ham sabab bo‘lgandi.

2004|2005. Bobbi Robson («Nyukasl» - avgust, 4ta)

Mazkur iste’foda «Nyukasl» qaroridagi mantiqni tushunish qiyin. Albatta, mavsum starti «hakkalar» uchun omadsiz o‘tdi, jamoa qatorasiga 4 bellashuvni g‘alabasiz yakunladi. Lekin nima bo‘lganda ham, afsonaviy murabbiyga bor-yo‘g‘i 4 uchrashuvdan keyin chiqish eshiklarini ko‘rsatish insofdan emas. Bundan tashqari, ser Robson avvalgi mavsumda «hakkalar»ni 5-o‘ringa olib chiqqan, shuningdek, UYEFA Kubogi turnirida yarim finalga qadar yetib borgandi.

2022|2023. Skott Parker («Bornmut» - avgust, 4ta)

Bu esa joriy yildagi «qahramonimiz». Parkerning «Bornmut»dagi debyut mavsumi muvaffaqiyatli bo‘lgandi: u yangi jamoa bilan Chempionshipda 2-o‘rinni egallagan, faqat «Fulxem»dan ortda qolgandi. Jamoaning APLdagi debyuti ham muvaffaqiyatli boshlandi - «Aston Villa» 2:0 hisobida mahv etildi. Keyin omadsizliklar boshlandi. Avvaliga «Man.Siti»dan yirik (0:4) hisobdagi mag‘lubiyat, uning ortidan «Arsenal»ning 2ta javobsiz goli va nihoyat, «Liverpul»ning gollar «yomg‘iri».

2019|2020. Xavi Grasiya («Uotford» - sentyabr, 4ta)

Grasiya ichki kelishmovchiliklar qurboni bo‘ldi. Tez orada mavsum startidagi omadsizlik - «Uotford»ning dastlabki 4 uchrashuvda atigi 1 ochkoga ega bo‘lgani « dard ustiga chipqon» bo‘ldi. Murabbiyning rekord mablag‘ evaziga xarid qilingan Ismoil Sarrni tarkibga kiritmagani rahbariyatni so‘nggi chorani qo‘llashga majbur etdi.

2017|2018. Frank de Bur («Kristal Pelas» - sentyabr, 4ta)

Niderlandiyalik mutaxassis APLdagi eng yomon start bobida antirekord sohibidir. Uning jamoasi dastlabki 4 uchrashuvning barchasida mag‘lubiyatga uchrab, birorta ham gol ura olmagandi. Frank be Bur esa omadsizlikni asosli dalillar bilan izohlay olmasdan, klubni tark etishga majbur bo‘lgandi.

2000|2001. Janluka Vialli («Chelsi» - sentyabr, 5ta)

Vialli jamoa boshqaruviga kelganidan keyin 1,5 yil ichida 5ta sovrinni qo‘lga kiritgandi. Biroq yangi mavsum starti negadir mutasaddilarni qoniqtirmadi. Vaholanki, uni o‘ta omadsiz deyish qiyin. Dastlabki 5 bellashuvda «Chelsi» 6 ochko to‘pladi, rahbariyat esa ishning izga tushib ketishini kutib o‘tirmadi.

2013|2014. Paolo Di Kanio («Sanderlend» - sentyabr, 5ta)

Di Kanio avvalgi mavsumda «Sanderlend»ni quyi ligaga tushib ketish xavfidan xalos etgandi. Lekin yangi mavsumda ijobiy siljishlar kuzatilmadi. Aksincha, jamoa dastlabki 15 imkoniyatdan atigi 1 ochkoga ega bo‘ldi. Shu tariqa murabbiy iste’foga chiqarildi.

1996|1997. Xovard Uilkinson («Lids» - sentyabr, 5ta)

Chempionatning 5-turiga «Lids» 7 ochkolik natija bilan 9-pog‘onada yetib kelgandi. Keyin «MYU»ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ana shu mag‘lubiyat rahbariyatga og‘irlik qildi.

2003|2004. Glen Xoddl («Tottenxem» - sentyabr, 6ta)

«Taqachilar» afsonasi 2,5 yil jamoani bosh murabbiy sifatida boshqargan bo‘lsada, 2003 yildagi omadsiz startga klub rahbariyati ko‘nika olmadi. Startdagi 6 uchrashuvda qo‘lga kiritilgan 4 ochko londonliklarga autsayderlar safidan joy berdi.

2016|2017. Franchesko Gvidolin («Suonsi» - oktyabr, 7ta)

Uels klubi mutasaddilari tajribali mutaxassisga kutilmagan sovg‘ani taqdim etishdi. Gvidolin o‘zining 62-tug‘ilgan kunini nishonlashi arafasida iste’fo bilan «taqdirlandi» 7 uchrashuvda atigi 4 ochko jamg‘argan «Suonsi»ning omadsizligi bunga sabab bo‘lgandi.

2021|2022. Xisko Munyos («Uotford» - oktyabr, 7ta)

Munyosning «Uotford»i mavsumni «Aston Villa»ni mahv etish bilan boshlagan, falokatdan nishon yo‘q edi. Biroq 7ta tur ortda qolganida ham o‘sha g‘alaba yagonaligicha qolaverdi. Shu sababli murabbiy o‘z o‘rnini APLda shohsupani zabt etish tajribasiga ega bo‘lgan Klaudio Ranyeriga bo‘shatishga majbur bo‘ldi.

2001|2002. Piter Teylor («Lester» - sentyabr, 8ta)

Aslida, «tulkilar» avvalgi mavsum yakunidagi 10 uchrashuvning 9tasida mag‘lubiyatga uchrashganidayoq bosh murabbiyning kursisi qimirlab qolgandi. Omadsizlik yangi mavsumda davom etdi - startda «Bolton»dan 5ta javobsiz gol qabul qilgan «Lester» dastlabki 8ta bahsda 5 ochko jamg‘ardi, Teylorga chiqish eshiklari ko‘rsatildi.

2015|2016. Brendan Rojers («Liverpul» - oktyabr, 8ta)

3 g‘alaba, 3 durang va 2 mag‘lubiyat - tarkibni kuchaytirishga 290 mln. funt sarflagan rahbariyat «qizillar»dan bunday natijani kutmagandi. Rojersning Kloppga almashtirilishi keyinchalik o‘z samarasini berdi.

2008|2009. Xuande Ramos («Tottenxem» - oktyabr, 8ta)

Jamoa muammolarga duch kelgan pallada «taqachilar» mutasaddilari hech kimni ayab o‘tirmaydilar. Demak, 8-turdan keyin bor-yo‘g‘i 2 ochko bilan so‘nggi pog‘onani band etgan jamoa murabbiyi ishsiz qolganiga xafa bo‘lmasa ham bo‘laveradi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:45, 20.10.2022. O'qildi: 1998 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Бунёдкор Luis Kachorri 8
4 Насаф Husayn Norchayev 8
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Нефтчи Zoran Marushich 5
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.