Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 48
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 40
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Sanderlend 26 37
11 Nyukasl 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Brayton 26 32
14 Kristal Pelas 26 32
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Aston Villa - Brayton
01/01/70 Kristal Pelas - Byornli
01/01/70 Manchester Siti - Fulhem
01/01/70 Nottingem Forest - Vulverhempton
01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mojaro: Eh, Eto`O, Eto`O...

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘tgan yil oxirida Kamerun FF rahbarligini o‘z zimmasiga olgan taniqli sobiq hujumchi Samyuel Eto'Oning yangi lavozimdagi faoliyati keskin mojarolar bilan o‘tmoqda.

 Buning asosiy sababi - terma jamoani ekipirovka bilan ta’minlaydigan kompaniyaning o‘zgarganligi. Shu oyning o‘rtalarida FF keyingi 3 yil davomida jamoani AQSH kompaniyasi kiyintirishini e’lon qilgandi. Yo‘q, Nike yoki New Balance emas, balki futbolda umuman tajribasi bo‘lmagan One All Sports distribyutori bajarar ekan.

Instagramda kompaniyaning 3500 obunachisi bo‘lsada, akkaunti 2019 yil yanvaridan beri yangilanmagan, tvitterdagi sahifasi ijtimoiy tarmoqlar qoidasini buzgani sababli bloklangan, feysbuki esa faqat Kamerun bilan shartnoma imzolangani sharofati bilan jonlangandi.

JCH starti arafasida bunday mashmashaning nima keragi bor? Hammasiga Samyuel Eto'O sababchi. Yangi lavozimga u Trampga xos shior bilan kelgandi:

«Kamerun futboliga avvalgi nufuzini qaytaramiz!» Biroq yangi prezident 8 oy ichida bir qator keskin qarorlari bilan tanildi.

Ularning biri iyul oyida yuz berdi - Eto'O Le Coq Sportif kompaniyasi bilan imzolangan shartnomani muddatidan 1,5 yil avval bekor qildi. Go‘yoki, ta’minotchi o‘z majburiyatini bajarmagan ekan. Brend ayblovni tan olmadi va FF hamda yangi ekipirovkachi bilan sudlashishini bayon etdi.

Kamerun va kompaniya 2019 yildan beri hamkorlikda ishlashgan, terma jamoa JCH-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritganida, fransuz brendi Qatar mundialida ishtirok etishiga shubha qilmagandi. Boz ustiga, Kamerun uning JCHdagi yagona mijozi edi. Biroq Eto'O ayollar o‘rtasidagi AMK turniri startidan keyin (2 iyul kuni) noxush xabarni e’lon qildi: «FF prezidenti imkon qadar tezroq yangi va samarali hamkorlikni ta’minlay oladigan, o‘z majburiyatlarini hurmat qiladigan va Kamerun terma jamoasi emblemasi bilan faxrlanadigan ekipirovkachi masalasini hal qilishga harakat qiladi».

Fransiyaliklar darhol javob qaytarishdi: «Shartnomaning muddatidan avval bir tomonlama bekor qilinishi bizni hayron qoldirdi. Chunki biz 3 yil davomida barcha majburiyatlarni to‘liq ado etib keldik, ayollar terma jamoasini JCH-2019 turnirida, erkaklar jamoasini AMK-2022da qo‘llab turdik. Bundan tashqari, Kamerun FF bizning Qatar mundiali uchun tayyorlagan mahsulotlarimizni tasdiqlagan, ularni FIFA ham ma’qullagandi. Biz FF va uning prezidenti bilan bog‘lanib, barcha masalalarni muhokama qilishga tayyor ekanligimizni bildirdik. Hamkorligimiz davom etishidan umidvormiz».

Biroq Eto'O bir to‘xtamga kelib bo‘lgandi - kamerunliklar yangi kompaniyalardan arizalar qabul qilishni boshlab yubordilar. Fransiyaliklar esa FFni, shuningdek, kompaniya o‘rnini egallashga uringan brendni sudga berishlarini aytishdi. Bunday mazmundagi xatlar FFga, Kamerun sport vazirligi AFK va FIFAga ham jo‘natildi. Avgustning ilk kunlarida kompaniya prezidenti Mark-Anri Bozir sudga murojaat qilganligini bildirdi.

Fransuzlar aybdor emasliklarini prezident orqali isbotlashga urinishdi, ammo Eto'O hammani lol qoldirdi.

Yaqinda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning tavsiyasi bilan Mbappe Liga1dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘lgandi. Kompaniya ham Makronning iyul oyidagi safaridan unumli foydalanishga urinib ko‘rishdi. Bu ishga fransiyalik tennischi va qo‘shiqchi Yannik Noa brend aksioneri sifatida bosh-qosh bo‘ldi.

Aytishlaricha, Yannik Fransiyada, kamerunlik sobiq futbolchi Zakari Noa oilasida tug‘ilgan, 3 yoshdan 12 yoshgacha Kamerunda yashagan, keyin Fransiyaga ko‘chib o‘tgan. Kamerunni fransuz kompaniyasi bilan aynan kichik Noa tanishtirgan. Hozir Yannik Yaundeda o‘z rezidensiyasiga ega, Kamerunga borgan fransuzlar albatta, Noaning qarorgohida bo‘ladilar. Makron ham o‘zining Kamerun prezidenti bilan uchrashuvini aynan o‘sha yerda o‘tkazdi.

Ikki davlat rahbarlari fransuz brendi masalasini hal etishlari taxmin qilingandi. Biroq Eto'Oning qarori o‘zgarmadi.

Kamerunlik taniqli jurnalist Boris Bertoltning fikricha, Eto'O kompaniya hamkorligidan Biyyaning roziligi bilan voz kechgan: «Agar u prezidentning ishonchli vakili bo‘lmaganida, bu ishga hech qachon qo‘l urmasdi. Shu sababli Makronning tashrifi qarorni o‘zgartira olmadi. Kamerun rahbari fransuz kompaniyasidan voz kechish qarorini tasdiqlagan».

Boshqa bir taxminga ko‘ra, kamerunliklar Pumani qaytarish istagida bo‘lishgan. Eto'O o‘z davrida aynan shu brend libosida maydonga tushgan, Afrikaning mundialdagi 5 vakilidan 3tasi - Senegal, Gana va Marokash aynan Puma liboslarida to‘p suradilar. Kamerun futboli ham unga begona emas.

Biroq FF kutilmaganda One All Sportsni tanladi: «Yangi ta’minotchimiz boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq yillik to‘lovga va’da berdi, zamonaviy avtobus, muxlislar uchun turli mahsulotlarni arzon baholarda yetkazib berishni ham o‘z zimmasiga oldi».

«Biz ovsar emasmiz». Kamerundagilar kelishuvning mavhumligi, ta’minotchining notanishligidan norozilar

Le Coq Sportif bilan mojaroli ajrimdan keyin Kamerun FF quyidagi rejani taqdim etdi:

v Hamkorlikka qiziqqan kompaniyalar 19 iyulga qadar o‘z takliflarini elektron tarzda FF shtabiga taqdim etishlari kerak;

v 25 iyulga qadar maxsus komissiya takliflarni ko‘rib chiqishi va 30 iyulgacha eng yaxshi 3ta taklifni federasiya ijroqo‘miga taqdim etishi va yangi ta’minotchini tanlashi kerak;

Biroq amalda hammasi butunlay o‘zgacha bo‘lib chiqdi.

Men sizlarni bilmayman. Lekin meni qandaydir laqma sifatida qabul qilishlariga toqat qila olmayman, - dedi jurnalist Boris Bertolt Eto'Oga yuzlanib. - Biz yana 1 yil sabr qilib, fransiyaliklar bilan xotirjam xayrlashishimiz mumkinligini boshdayoq aytgandim. Oxir-oqibat, nimaga ega bo‘ldik:

1)  Eto'Oning federasiyasi to‘satdan shartnoma bekor qilinganini bildirdi. Sabablar haqida ma’lumot yo‘q.

2)  Kompaniya muzokaraga chorladi.

3)  Federasiya huquqshunosi kompaniya to‘lovlarni kechiktirish bilan shartnomani buzganligini tushuntirdi.

4)  1 avgustda federasiya bosh kotibi oshkor etilmagan tender natijalariga ko‘ra, 3ta ishlab chiqaruvchi tanlab olinganini ma’lum qildi. Lekin nomlari zikr etilmadi. Keyin yangi ekipirovkachi nomi ijroqo‘m kengashidan keyin e’lon qilinishini aytdi.

5)  10 avgust sanasida federasiya ijroqo‘m kengashi va umumiy majlis 26, 27 avgustda o‘tkazilishini e’lon qildi.

6) Biroq 12 avgustda federasiya shu paytgacha birorta jamoani kiyintirmagan One All Sportsni yangi ta’minotchi sifatida e’tirof etdi. Bu esa kompaniya ijroqo‘m tomonidan ma’qullanganligini anglatadi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:39, 21.10.2022. O'qildi: 2786 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Челси Joao Pedro 10
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.