Bugun 1 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 01.05.2026 23:45
      • Piza
      • -:-
      • Lechche
      • 02.05.2026 18:00
      • Udineze
      • -:-
      • Torino
      • 02.05.2026 21:00
      • Komo
      • -:-
      • Napoli
      • 02.05.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 02.05.2026 00:00
      • Lids
      • -:-
      • Byornli
      • 02.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 02.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Vest Xem
      • 02.05.2026 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Brayton
      • 02.05.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Fulhem
  • La-liga
      • 02.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Malyorka
      • 02.05.2026 17:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Levante
      • 02.05.2026 19:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Atletiko
      • 02.05.2026 21:30
      • Alaves
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.05.2026 00:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Barselona
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oleg Korniyenko: «Andijon» muxlislariga yomg‘irli ob-havoda bizni tinimsiz qo‘llab-quvvatlashgani uchun tashakkurimni aytmoqchiman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Birinchi liga / Umumiy
Rukn: Intervyular
A A A

“Andijon” – “Turon” (1:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar murabbiyi Oleg Korniyenko jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

— Avvalambor, barcha muxlislarimizga o‘zimizning chuqur minnatdorchiligimizni bildiraman. Mana shunday noqulay ob-havoda stadionga kelib bizni tinim bilmasdan qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun “Andijon” muxlislariga tashakkurimni aytmoqchiman. Albatta, bugun g‘alaba qozonishni juda xohlagandik. Lekin o‘ylaganlarimiz o‘xshamadi. Buning uchun barcha ishqibozlarimizdan uzr so‘rayman. Biz g‘alaba uchun oxirigacha kurashdik. Yomg‘irli ob-havodan keyin maydonning holati ham ko‘ngildagidek emasdi. Lekin shunga qaramay, ko‘plab imkoniyatlarni yaratgan bo‘lsak-da, afsuski, g‘alabaga erisha olmadik. Vaziyatlarimizdan foydalanishda oxirgi pallaga kelganda xatoga yo‘l qo‘ydik. Darvozabonimiz ham xatoga yo‘l qo‘ydi. Nima ham derdim, hayotda har qanday inson xato qilishi mumkin. Futbolni xatosiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu futbolning ajralmas qismi hisoblanadi. Bu hayot va bu futbol. Hayot davom etadi. O‘ylaymanki, hammasi oldinda. Oldimizga qo‘yilgan vazifani 100 foiz oshig‘i bilan bajaramiz, deb umid qilaman.

— G‘alaba uchun nima to‘sqinlik qildi?
— Qanotlardan oshirilgan to‘plar o‘z vaqtida bo‘lmagani va qiyin ob-havo sharoitidagi holat g‘alaba qozonishimizga to‘sqinlik qildi, deb o‘ylayman. Shunda ham yomg‘irli havoda yaxshi o‘ynashga harakat qildik. Standart vaziyatlar ham yetarlicha bo‘ldi. Lekin oxirgi lahzalarda jamoaga nimadir yetishmadi. Standartlarni yaratdik, ammo g‘alaba golini urish qiyin bo‘ldi, deb o‘ylayman. Raqib ham bunga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani bilinib turdi. Ammo raqib jarima maydoni ichida yanada tajovuzkor harakat qilishimiz kerak edi, deb o‘ylayman. Biz barchasini o‘ylagandik va tayyorgarligimiz ham belgilangan darajada bo‘lgandi. Biroq jarima maydoni ichida o‘ylagan rejalarimiz amalga oshmay qoldi. Qanotdan ajoyib uzatmadan so‘ng jarima maydoni ichida yaxshi vaziyat yaratdik va shundan foydalandik. Baribir barcha rejalarimiz o‘xshamadi-da.

— Natijadan qoniqmadingiz, ammo o‘yindan-chi?
— Nima deyishim mumkin? Agar g‘alaba qozonganimizda to‘liq qoniqish hosil qildim, deyishim mumkin edi. Albatta, u qadar yomon o‘ynaganimiz yo‘q. Garchi birinchi bo‘lib gol o‘tkazgan bo‘lsak-da, rejamiz bo‘yicha harakat qilishda davom etdik va hisobni tenglashtirdik. Raqib ham hujumlar qildi.

— Darvozabonning yo‘l qo‘ygan xatosiga munosabatingiz qanday?
— Menimcha, o‘sha vaziyatda to‘pni urib yuborish kerak edi. Hozir hammasini tushunib turibdi, deb o‘ylayman. Xato hammada bo‘ladi. Bu mavzuga alohida to‘xtalmoqchi emasman. Lekin shuni ham qo‘shimcha qilmoqchimanki, hamma adashadi. Bu yerda faqatgina Adhamovni to‘liq aybdor deb bo‘lmaydi. Ertaga qiyin vaziyatlarda bizni qutqarsa, uni qarsaklar bilan tabriklaymiz. Bugun xato qildi va buni ham to‘g‘ri qabul qilishimiz kerak, atayin qilgani yo‘q. Menimcha, o‘shanda maydonda qiyin holat edi va unga to‘pni saqlab qolish imkoni bo‘lmadi.

— Yechinish xonasida u bilan o‘sha vaziyat haqida gaplashdingizmi? Hozir ruhiy holati qanday?
— Undan o‘sha paytda nima qilmoqchiligi haqida so‘radim. To‘pni ushlamoqchi bo‘lgani xususida aytdi. Uning holatini tushunaman va bundan fojea yasab bo‘lmaydi. Bunday o‘yinlar har bir futbolchining hayotida bo‘lib turadi. Hali barchasi yaxshi bo‘ladi. Bizda ajoyib jamoa bor, yaxshi kollektiv shakllangan. Barchasini ko‘rib, bilib turibmiz. Bugun xato qilasiz, ammo ertaga yana barchasi o‘z o‘rniga tushib ketadi. Bugungi muxlislik uchun hamma-hammaga minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Ushbu bahsda ham yigitlarimizda jangovar xarakter bor edi. Ular qo‘ldan kelganicha harakat qilishdi. Hamma kurashdi. Eng asosiysi, barcha o‘z vazifasini a’lo darajada bajarishga harakat qildi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 21:28, 24.10.2022. O'qildi: 1171 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик