Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 03.05.2026 00:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Barselona
      • 03.05.2026 17:00
      • Selta
      • 3:1
      • Elche
      • 03.05.2026 19:15
      • Xetafe
      • 0:2
      • Rayo Valyekano
      • 03.05.2026 21:30
      • Betis
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 04.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 0:2
      • Real Madrid
      • 05.05.2026 00:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • «A» Seriya
      • 03.05.2026 15:30
      • Bolonya
      • 0:0
      • Kalyari
      • 03.05.2026 18:00
      • Sassuolo
      • 2:0
      • Milan
      • 03.05.2026 21:00
      • Yuventus
      • 1:1
      • Verona
      • 03.05.2026 23:45
      • Inter
      • 2:0
      • Parma
      • 04.05.2026 21:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Lasio
      • 04.05.2026 23:45
      • Roma
      • -:-
      • Fiorentina
  • Superliga
      • 03.05.2026 17:00
      • OKMK
      • 0:0
      • Neftchi
      • 03.05.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • 1:0
      • Bunyodkor
      • 03.05.2026 19:15
      • Surxon
      • 1:1
      • Paxtakor
      • 04.05.2026 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Andijon
      • 04.05.2026 19:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Qizilqum
      • 04.05.2026 20:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Navbahor
  • APL
      • 03.05.2026 18:00
      • Bornmut
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 03.05.2026 19:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Liverpul
      • 03.05.2026 23:00
      • Aston Villa
      • 1:2
      • Tottenhem
      • 04.05.2026 19:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 05.05.2026 00:00
      • Everton
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 34 88
2 Real Madrid 34 77
3 Vilyarreal 34 68
4 Atletiko 34 63
5 Betis 34 53
6 Selta 34 47
7 Xetafe 34 44
8 Atletik Bilbao 34 44
9 Real Sosyedad 33 43
10 Osasuna 34 42
11 Rayo Valyekano 34 42
12 Valensiya 34 39
13 Espanyol 34 39
14 Elche 34 38
15 Malyorka 34 38
16 Jirona 34 38
17 Alaves 34 36
18 Sevilya 33 34
19 Levante 34 33
20 Real Ovyedo 34 28

O'tgan o'yinlar.

34-тур Jirona 0-1 Malyorka
34-тур Vilyarreal 5-1 Levante
34-тур Valensiya 0-2 Atletiko
34-тур Alaves 2-4 Atletik Bilbao
34-тур Osasuna 1-2 Barselona
34-тур Selta 3-1 Elche
34-тур Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
34-тур Betis 3-0 Real Ovyedo
34-тур Espanyol 0-2 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

05/05/26 Sevilya - Real Sosyedad

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sardor Sekoga hurmat

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Fransiya 1-Divizioni
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Lans» yozning so‘nggi oqshomi o‘z maydonida «Lor­yan»ni 5:2 hisobida mahv etdi.

Biroq final hushtagi yangraganidan keyin ham muxlislar o‘z o‘rinlaridan qo‘zg‘alishmadi. Chunonchi, ularni oldinda klub hayotidagi yana bir muhim voqea kutayotgandi - chin sardor Seko Fofana bilan yangi shartnoma tuzish marosimi. Tadbir o‘ta dabdabali tarzda tashkil etildi: futbolchi nomini jo‘r bo‘lib olqishlayotgan 37000 muxlis, jamoadoshlar tomonidan tizilgan hurmat yo‘lakchasi, markaziy doira ichiga qo‘yilgan stol va andakkina feyerverk...

Seko Fofananing o‘zi jarohat tufayli o‘sha o‘yinda ishtirok etolmadi, maydonga esa ko‘zlarida yosh bilan tushdi. U shartnoma qog‘oziga tezda imzo chekdi va klub rahbariyatidan «Sardor Seko-2025» yozuvi tushirilgan futbolkani qabul qilib oldi. «Bu yerga kelganimda, asosiy maqsadim bosqichma-bosqich rivojlanish edi. O‘ylaymanki, joriy mavsum ancha uzoqqa borishga qodirmiz», - dedi sardor muxlislarga yuzlanib. «Lans» bosh direktori Arno Puil ham quvonchini yashirib o‘tirmadi: «Seko bilan shartnoma muddatining uzaytirilgani - klub barqarorlik yo‘lini tutgani belgisi. Fofana safimizga qo‘shilgan kundan e’tiboran loyihani amalga oshirish yo‘lida maydonda ham, uning tashqarisida ham bor kuch-mahoratini sarflamoqda. Ana shu fidoyiligi evaziga chin sardor rolida muxlislar mehrini qozondi va yosh futbolchilar uchun asl professionallik namunasiga aylandi». Darhaqiqat, hozir «Lans»da hammasi risoladagidek ketmoqda: jamoa Liga 1ning dastlabki 11ta turida atigi bir marta mag‘lubiyatga uchradi va 7ta g‘alaba hamda 3ta durang evaziga 24 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining yetakchi uchligida bormoqda.

Sardor Seko - hujumkor yarim himoyachi. Yozda uni «PSJ» o‘z tomoniga og‘dirmoqchi bo‘ldi. Fofana - «Parij» («PSJ» emas) klubi tarbiyalanuvchisi. U «Manchester Siti» yoshlar jamoasida ham ma’lum muddat shug‘ullangan. «Lans»ga esa 2020 yili «Udineze»dan o‘tdi. O‘shanda klub transfer uchun 8,5 mln. yevro ajratishdan ti­yilmadi. To‘g‘risi, bu Liga 1ga qaytgan klub uchun jiddiy xarajat edi. E’tiborli tomoni, Fofana o‘sha vaqt Angliya jamoalari va «Atalanta»dek hujumkor klub taklifini rad etdi: «Tanlovimni hamma birdek tushungani yo‘q. O‘zi anchadan buyon «Lans» o‘yinlarini kuzatib yurardim - do‘stim Arsen Elogo «Grenobl» safida shu jamoaga qarshi maydonga tushganida, uning stadio­­nidagi muhitdan lol qolgandim. Italiyada esa oilasiz yashab, ancha zerikdim. Boz ustiga, koronavirus pandemiyasi umumiy vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Qisqasi, hammasi bir bo‘lib, Fransiyaga qaytishni istadim. Aslida «Atalanta» mendan rozilik olgandi, «Udineze» bilan ham kelishuvga erishgandi. Biroq so‘nggi lahzada hammasi birdan o‘zgarib ketdi. Mana, endi futboldan chinakam zavq olish imkonini beradigan jamoa bilan birgaman».

Fofana chindan ham, o‘ta qisqa vaqt ichida jamoa yetakchilari safidan joy oldi. Xususan, ikkinchi mavsumdayoq sardorlik bog‘ichiga loyiq topilgach, hayratlanarli darajada o‘yin ko‘rsata boshladi. Debyut mavsumini 8ta gol bilan yakunlagan yarim himoyachi zarbalar soni bo‘yicha faqat dahshatli Kilian Mbappedan ortda qoldi. Shu joyda alohida eslatib o‘tamiz, Seko hujum vakili emas, markaziy yarim himoyachidir. Muhimi, u kutilmagan reydlari bilan raqib jarima maydoniga yorib kirishni o‘rniga qo‘yadi. Muvaffaqiyatli mavsum yakunida Fofanani Fransiya chempionati ramziy terma jamoasiga kiritishdi. Albatta, markaziy chiziqqa. U bunda Orelyen Tchuameni, Dimitri Payet va Kilian Mbappe bilan birga to‘rtlik hosil qildi. Shuningdek, Sekoni Liga1ning afrikalik eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etishdi va unga marhum Mark-Vivyen Foe nomidagi sovrinni topshirishdi. Aytish joiz, Fransiya futbolida bu mukofotning nufuzi ancha baland. Bundan tash­qari, Liga 1ni ingliz tilida yoritib boruvchi mahalliy Get French Football nashri Sekoni «PSJ»ning barcha yulduzlaridan ustun qo‘yib, 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida tanladi. Seko shuningdek, L`Equipe nashri elit ro‘yxatida ham top-10da qayd etildi.

Fofana joriy mavsumni ham o‘ta shiddatli boshladi - startdagi 4ta o‘yinda 2ta gol va 2ta samarali uzatma. Lekin «Lans»da xavotir ham yo‘q emas. Zero, Sekoning shiddati oshgan sari kuchli va boy klublarning unga e’tibori tobora ortmoqda. Xususan, «Sevilya», «Renn», «Arsenal», «Nyukasl», hattoki, «PSJ»ning futbolchiga qiziqayotgani haqida gap-so‘zlar bor. Nafaqat gap-so‘zlar, balki amaliy harakatlar ham. Misol uchun, Parij superklubi sport direktori Luish Kampush «Lans» yetakchisini Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe kabi megayulduzlar qatorida ko‘rish niyati borligini yashirmadi. Fofana esa chalg‘imaslik uchun turli gap-so‘zlardan yiroq yurishni istamoqda va shu maqsadda shaxsiy agentini ham o‘zgartirdi, biroq bundan naf chiqqani yo‘q. Qo‘shimchasiga, «Lans» bir necha yetakchilaridan ayrilgan. Masalan, Jonatan Kloss «Marsel»ga o‘tib ketdi, tayanch yarim himoyachisi Sheyk Dukure «Kristal Pe­las»da o‘ynashni ixtiyor etdi. Aynan shu futbolchi hujumga otlangan Fofana o‘rnini to‘ldirib turardi. To‘g‘ri, yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldira oladigan yigitlar ham yo‘q emas. Masalan, «Bordo»dan taklif etilgan Jan Onana darhol o‘zini ko‘rsata boshladi. Hozirda unga ham top-klublar tomonidan qiziqish katta. Ayniqsa, «Milan»dan...

«Lans» qatorasiga ikki mavsumni Liga 1 turnir jadvalining 7-pog‘onasida yakunladi. Endi esa jamoa yuksak sport formasidagi Seko yetakchiligida nihoyat, yevrokuboklarga chiqsa, ajabmas. Agar omadi chopib qolsa, «Lans»ni YECHLda ko‘rishimiz ham mumkin.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:22, 29.10.2022. O'qildi: 1235 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 15
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 14
8 Барселона Robert Levandovski 13
9 Сельта Borxa Iglesias 13
10 Атлетико Aleksandr Serlot 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик