Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 17 43
2 Real Madrid 17 39
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 17 34
5 Espanyol 16 30
6 Betis 16 25
7 Atletik Bilbao 17 23
8 Selta 16 22
9 Sevilya 16 20
10 Xetafe 16 20
11 Elche 16 19
12 Alaves 16 18
13 Rayo Valyekano 16 18
14 Malyorka 16 17
15 Real Sosyedad 16 16
16 Osasuna 16 15
17 Valensiya 16 15
18 Jirona 16 15
19 Real Ovyedo 16 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Eden Azar: «Endi marrani balandroq qo‘yishim shart»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Start marrasi tobora yaqinlashayotgan Qatar-2022 mundiali Belgiya milliy jamoasi uchun umumiy hisob bo‘yicha 14-jahon forumi bo‘ladi.

 «Real»da ishlari uncha yurishmayotgan pleymeyker Eden Azar bo‘lajak turnirda «qizil iblislar» o‘yinida katta rol bajarishdan umidvor. Har qanday holatda ham, Belgiyada unga jamoa yetakchilaridan biri sifatida qarashadi, baribir. Eden ham bunday yondashuvga munosib javob berish harakatida. U jumladan, FIFA rasmiy saytiga bergan eksklyuziv intervyusida Qatarda marrani balandroq olishga majbur ekanligini alohida ta’kidladi.

- Belgiya termasining bugungi tarkibida jamoa uchun 100tadan ko‘p o‘yin o‘tkazishga ulgurgan Dris Mertens, Yan Vertongen, Aksel Vitsel kabi bir qator tajribali ijrochilar bor. Umuman, bu zamonaviy futbol uchun o‘ziga xos noyob holat...

- Bilmadim, lekin boshqa jamoalarda ham 100ta o‘yin marrasidan oshgan futbolchilar topiladi, albatta. Bizda necha yillardan buyon bir-birini yaxshi tushunadigan va biladigan futbolchilar guruhi borligidan baxtiyormiz, albatta. Futbolda ko‘pincha «oltin avlod» haqida gapirishadi va bunda qandaydir haqiqat ham bor. Mana, deyarli 10 yildan buyon milliy jamoada birga o‘ynayapmiz. Shuning barobarida hozir tarkibda yosh iqtidorlar ham bor. Jamoa sifatida to‘plangan tajribaning muhimligi avvalgi turnirlarda yaqqol sezildi. Umidvormanki, barchasi yana ma’lum vaqt xuddi shunday davom etadi.

- Sizningcha, hozirgi jamoa «oltin avlod» ta’rifiga munosibmi?

- Yo‘q, o‘ylaymanki, qandaydir sovrin yutsakkina «oltin avlod» atamasini baralla qo‘llash uchun asos topiladi. Ha, bizda aql bovar qilmas darajada saviyali futbolchilar avlodi bor, ammo haqiqatdan ko‘z yumishning iloji yo‘q - haligacha hech narsa yutmadik. Agar haqiqatan ham, «oltin avlod» laqabini olishni istasak, Qatarda barchasini amalda isbotlashimiz kerak. Hozirgi yagona maqsadimiz ham shu.

- Roberto Martines sizlarni ikkinchi mundialga olib boradi. Uning murabbiy sifatidagi asosiy fazilati nima?

- Faqat bittasini tanlash qiyin-ov... Chunonchi, Roberto ko‘plab ajoyib fazilatlarga ega va buni yillar davomida, ya’ni milliy jamoa boshqaruvini qo‘lga olishidan oldin ham ko‘rsatgan. U avvalo, futbolni juda yaxshi ko‘radi va sportga chinakamiga ishtiyoqi baland. Roberto hamisha yangi usullarni o‘rganadi, futbolchilar bilan ko‘p muloqotga kirishadi. Menimcha, murabbiy rolidagi eng yaxshi fazilati aynan shu - shogirdlariga ijobiy munosabati. Shaxsan men futbolchilar bilan yaxshi muomalada bo‘lmaydigan murabbiylarga toqat qilolmayman, garchi ular juda zo‘r ishlashsa ham. Ayniqsa, milliy jamoada o‘zaro munosabatlar muhim o‘rin tutadi, chunki vaqt tig‘iz va tez-tez ko‘rishishning iloji yo‘q.

- Rossiya-2018da Yaponiya termasiga 0:2 hisobida yutqaza turib, yakunda g‘alabani o‘z tomoningizga og‘dirdinglar - 3:2. O‘sha o‘yin Belgiya termasi uchun turnirdagi eng yaxshisi bo‘lganini aytish mumkinmi?

- Aslida barcha uchrashuvlar juda muhim edi. Qolaversa, har bir o‘yinda voqea­lar zanjiri hayajonga soldi. Masalan Panama termasiga qarshi kechgan dastlabki o‘yinning birinchi bo‘limida biroz qiynaldik, yakunda 3:0 hisobida g‘alaba qozondik. Yaponlar bilan o‘yin esa haqiqiy sinovga aylandi, albatta. Axir 0:2 hisobi, mag‘lubiyatning yaqqol xavfi va umidsizlikni g‘alabaga almashtirish yo‘lini topdik. Bu kabi his-tuyg‘ularni to‘liq tasvirlab berish mushkul. Barchasini teran tushunish uchun shunday o‘yin ichiga tushish kerak. Menimcha, o‘sha kuni belgiyalik barcha muxlislar ham xuddi biz kabi takrorlanmas holatga tushishgandi.

- Umuman, Rossiyada shohsupaga juda yaqin bordinglar...

- Juda yaqin, shuning barobarida juda uzoq ham... Lekin chempionat yarim finaliga chiqqanimiz va bo‘lajak chempionga yutqazganimizdan faxr­landik. O‘ylaymanki, o‘sha o‘yin haqida hammasi aytilgan. Jahon chempionatida chiroyli futbol ko‘rsatgandirmiz, ammo g‘alaba qozonolmadik. Ehtimol, yorqin o‘ynamay, sovrin yutish ma’qulroqdir. Futbolning ajoyib jihati shundaki, har 4 yilda jahon chempionati keladi va unda yana porlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Qisqasi, bu safar bor kuchimizni ishlatishimiz shart.

- So‘nggi bir necha oy davomida jarohatlardan rosa qiynaldingiz...

- Biroz og‘ir bo‘ldi, baribir. Buning bir necha murakkablik tomoni bor: tinimsiz jarohatlar shubhalarni oshiradi, ruhiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Muhimi, hozir hammasi odatiy maromga qaytdi. Men intiqlik bilan kutayotgan yagona narsa - bu maydonda hamon zo‘r ekanligimni isbotlash imkoniyati. Bu masalada aytadigan boshqa gap yo‘q.

- Jahonning eng kuchli hujumchilari ro‘yxatida Romelu Lukakuga nechanchi o‘rinni berardingiz?

- Uning yoshida xalqaro miq­yosda yaxshi o‘ynash oson emas, buni kam sonli futbolchilar uddalashgan - Ronaldu, Messi, Neymar. Romelu hamon gol urishda bardavom. O‘ylaymanki, u terma jamoaga hali ko‘p naf keltirishga qodir. Hozirga qadar erishganlari esa shunchaki, fantastika. Endi faoliyati uchun bonus tayyorlamoqchi.

- Belgiya termasi guruhdoshlari haqida qanday fikrdasiz?

- Jiddiy jamoalar bilan o‘ynaymiz: Xorvatiya, Marokash va Kanada termalari. Xorvatlar haqida gapirish ortiqcha - ajoyib ijrochilar, kuchli xarakter... Jamoa sardori Luka Modrich bilan har kuni birga ishlash va o‘ynash imkoniyatiga egaman, uning qanday ijrochi ekanligini yaxshi bilaman. Umuman, Xorvatiya termasi - iqtidorlar jamlanmasi, axir 4 yil oldin bejiz finalga chiqmadi. Kanada va Marokash termalariga kelsak, ularni uncha yaxshi bilmaymiz, lekin JCH startiga qadar yetarli ma’lumot to‘plashga vaqt bor. Har ikkisi yaxshi futbolchilarga egaligi tayin. Deylik, Marokash termasida Hakimi bor, shuning o‘zi jamoa salohiyati chakki emasligini ko‘rsatmoqda. Kanada termasi esa Jonatan Deviddek goleadorga ega. To‘g‘ri, uni shaxsan tanimayman, lekin o‘yinlarini kuzatib boraman, chunki sobiq klubim - «Lill» sharafini himoya qilmoqda. Boshqa qit’a vakillariga qarshi o‘ynash, ularning uslublari va ruhiy yondashuvlarini o‘rganish har doim qiziqarli. Jahon chempionatining go‘zalligi ham shunda.

- Nihoyat, oxirgi savol: muxlislar Qatarda Eden Azardan nimalar kutishlari mumkin?

- Marrani balandroq qo‘­yishim shart. 2018 yildagidan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishga harakat qilaman, albatta. Bu qiyin, zero, Rossiyada shunchaki, zo‘r o‘ynagandik. Buyuk futbol mamlakatining buyuk jamoasi sardoriman. Shuning o‘zi nihoyatda kuchli o‘ynashimni taqozo etadi. 

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:40, 04.11.2022. O'qildi: 2607 marta. Fikrlar: 9 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 17
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Эльче Rafa Mir 6
8 Барселона Rafinya 6
9 Леванте Karl Etta-Eyong 6
10 Бетис Kucho Ernandes 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.