Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Zayniddin Zidan: «Benzemani doimo yaxshiroq bo‘lish istagi boshqaradi»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Real Madrid»ning sobiq futbolchisi va murabbiyi L~Equipe nashriga bergan intervyusida dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan shogirdini maqtadi.

Zayniddin Zidan va Karim Benzema birgalikda uchta Chempionlar Ligasi va ikki marta La Liga chempionligini qo‘lga kiritishgan. Ular bir-birlarini aka-uka deb bilishadi va munosabatlari futbol maydonidagidan ancha uzoqda.

Birodarlik haqida

- Karim uchun deyarli akadekman. Ikkalamiz bir-birimizni shunday aka va uka, deb chaqirishni yaxshi ko‘ramiz. Tug‘ilib-o‘sgan joyimiz ozmi-ko‘pmi bir-biriga o‘xshash: u Liondan, men esa Marseldanman... Ikkalamiz ham shu hududda o‘sganmiz va dastlab oson bo‘lmagan. Biz shahar chetidagi oddiy, professional futbolchi bo‘lishni orzu qilgan yoshlar edik va buni o‘z mehnatimiz bilan amalga oshirdik. Kelib chiqishimizdan boshlab, umumiy tomonlarimiz haqiqatdan ham ko‘p: oilalarimiz Jazoirdagi qo‘shni qishloqlardan bo‘ladi va bu haqda biz bir necha bor gaplashganmiz.

O‘zaro munosabatlari haqida

- Turli avlodlarga mansubligimizga qaramay, bizni deyarli hamma narsa birlashtiradi va shuning uchun bo‘lsa kerak, munosabatlarimiz ancha mustahkam. Men uni murabbiy bo‘lgunimga qadar, «Real» klubi sport direktori bo‘lganimda va klubni Joze Mourinyo boshqargan paytlarda bilardim. Biz bir tilda gaplashganimiz sababli yaqin bo‘lib qoldik va ko‘p muloqot qila boshladik.

O‘xshashliklari haqida

- Bolaligida braziliyalik Ronaldo uning mutlaq kumiri edi, haqiqatan ham unga o‘xshashni xohlardi, lekin men ham uni hayratda qoldirgan va ilhomlantirgan futbolchi ekanligimni bilaman. Bizda mukammal texnik fazilatlar bor, lekin doimo ishlashimiz kerakligini ham bilganmiz. Futbolchilik faoliyati davomida men kabi u ham ayniqsa, darvoza tomon zarbalarni yaxshilash uchun doimo mashg‘ulotlardan so‘ng maydonda qolardi. Mashg‘ulotga har kuni 45 daqiqa oldin kelar va tugatganimizdan bir soat o‘tib ketardi, bitta ham mashg‘ulotni o‘tkazib yuborishni xohlamaydi - uni doimo yaxshiroq bo‘lish istagi boshqaradi.

Karim bilan shug‘ullanish haqida

- Unga murabbiy bo‘lganimda, u bilan birga maydonda bo‘lish, u bilan yuzma-yuz bo‘lish ajoyib edi. Menga murabbiylikda yoqadigan narsa aynan shu. Unga maslahatlar berardim, lekin o‘zi shundoq ham hammasini juda yaxshi bajarardi. Maslahatlarim, shunchaki kichik tuzatishlar, tafsilotlar edi. Uning to‘pga tegishi meni doim hayratda qoldirgan, juda zo‘r... To‘pni ajoyib tarzda boshqaradi. Uning harakatini nazorat qilishi juda yaxshi. Bularni undan atigi uch metr uzoqlikda tomosha qilish yoqimli.

Afsuslanish haqida

- Ba’zida birga o‘ynashni xohlashimizni aytardik. Bu esa unga yanada ko‘proq gollar urishiga yordam berardi. Afsuski, bu sodir bo‘lmadi, lekin biz murabbiy va futbolchi sifatida buning o‘rnini bosdik.

Minnatdorchilik haqida

- Murabbiylik faoliyatimda Karim muhimroq rol o‘ynadi. Bosh murabbiy bo‘lganingizda Toni Kroos yoki Luka Modrich kabi o‘yinchilar borligidan xursand bo‘lasiz. Ular bir soatlik mashg‘ulotda biror marta ham to‘p yo‘qotishmaydi va o‘yin davomida istalgan vaqtda vaziyatni o‘zgartirishga qodir. Karim 10 yoki 15 daqiqada unchalik yaxshi harakat qilmasligi mumkin, lekin bir soniyada gol urishga va aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirishga qodir.

Madriddagi qiyin damlarda

- Uning «Real»dagi tarixi menikiga o‘xshamaydi. Men 29 yoshimda shartnoma imzoladim, o‘z o‘rnimga ega bo‘lgan futbolchi edim, jahon chempioni edim... U Madridga juda yosh kelgan. Hatto muammolarga duch kelganida va odamlar uni taslim bo‘ladi, deb o‘ylashganda ham, u o‘ziga: «Men bu yerda g‘alaba qozonishni xohlayman va eng zo‘ri bo‘laman», dedi. Va u muvaffaqiyatga erishdi. «Real» kabi klubdagi tanqidlar va ulkan bosimlarga qaramay, u hech qachon ko‘nglini yo‘qotmagan, u juda kuchli. Uning hech qachon taslim bo‘lmagani, odamlarga gapirishga imkon bergani menga juda yoqadi va bugun uning tajribasi-yu, statistikasi qanday darajada ekanligini aytib turibdi.

Benzemaning buyukligi haqida

- U «qirollik klubi» afsonasiga aylandi, aql bovar qilmas yutuqlarga erishdi va odamlarning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Men u uchun xursandman, chunki u bugungi yutug‘iga loyiq edi. Ba’zilar «Karim 9-raqamli bo‘lishga yetarlicha gol urmaydi» deyishsa ham u doimo o‘ziga ishongan. Bu esa adolatsizlik edi, chunki u gol ura olmasa, boshqalarni hamisha yaxshi o‘yinga majbur qiladi. Va men uchun bu muhim emas. Karim o‘yinni yaxshi ko‘radigan va his qiladigan, boshqalarni kuchaytira oladigan jamoaviy o‘yinchi. Men esa o‘yinchi sifatida unga o‘xshaganman, faqat kamroq gol urdim.

Yetukligi haqida

- Bugun u hamma narsada doimiy, to‘laqonli yetakchi. Hamma Krishtianu Ronalduning ketishi «Real»da hammasini o‘zgartirganini aytadi, lekin men buni o‘ylamayman. Karim Krishtianu jamoada bo‘lganida ham yaxshi edi, gollar urardi, Krishtianuga golli uzatma berardi... Menimcha, u bugunga kelibgina rivojlanib, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirdi.

Yetakchiligi haqida

- U ko‘p gapirmaydigan, bizni ham birlashtirgan lider, lekin doimo to‘g‘ri so‘zlarni aytadi. U futbol haqida gapirsa, nima haqida gapirayotganini biladi. O‘yin haqidagi munozaralarimiz har doim juda qiziqarli bo‘lgan. Futbol haqidagi fikrlarimiz bir xil edi.

«Oltin to‘p» haqida

- Unga ustozlik qilgan paytimda, bir kun kelib «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishini ayt­gandim. U hech qachon bu mukofotga havas qilmagan, lekin men unga agar taslim bo‘lmasa, oxir-oqibat uni qo‘lga kiritishini aytdim. U «Oltin to‘p»ga mutlaqo loyiq edi va bu g‘alaba meni to‘lqinlantirdi, men u uchun juda xursand­man.

Fransiya tarixidagi eng yaxshi hujumchi haqida

- Fransuz futboli tarixidagi eng yaxshi hujumchi? «U eng zo‘r» deyishni yoqtirmayman, har kimning o‘z sevimli futbolchisi bor. Ba’zilar Papenni, boshqalari esa Platinini aytishadi... Men uchun bu Karim, ha, chunki men u bilan ishlaganman va uning qadrini bilaman. Har holda, u juda yuqori bo‘lishga loyiq va u yanada yuqoriga ko‘tarila oladi.

 

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:00, 04.11.2022. O'qildi: 1417 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик