Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Zamonaviy futboldagi eng yaxshi faxriylaridan biri

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Barselona»ga qarshi bahsga o‘zining asosiy hujumchisi - Romelu Lukakusiz tayyorgarlik ko‘rgan «Inter» kichik hisob (1:0) bilan bo‘lsada, o‘z foydasiga hal qildi.

«Chelsi»dan qaytgan belgiyalik to‘purar avgust oyida jarohat olgach, «neradzurri»ning oldingi chiziqdagi yumushlari argentinalik Lautaro Martines va bosniyalik Edin Jekolar zimmasiga yuklandi. Ana shu juftlik hozirda o‘z vazifasini risoladagidek ado etmoqda.

36 yoshli Jeko - zamonaviy futboldagi eng yaxshi faxriylaridan biri. O‘tgan mavsumda Lukaku ketganidan keyin, u «Inter»ning asosiy hujumchisi bo‘lib qolgandi. Milanliklar uning belgiyalik monstr o‘rnini munosib to‘ldira olishiga shubhalanishdi. Biroq Edin ajoyib sermahsullikni namoyish etib, mavsumni 17ta gol va 10ta samarali uzatmani o‘z hisobiga rasmiylashtirish bilan nihoyasiga yetkazdi. Bundan tashqari, YECHLning guruh bos-qichi doirasidagi «Viktoriya»ga qarshi bahsda bittadan gol va assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Ayrimlar Jekoni allaqachon hisobdan chiqarib qo‘yishgan, faxriy o‘z faoliyatini Yaqin Sharq yoki MLSda yakunlashi taxmin qilingandi. Lekin Edin «A» seriyasidagi toplarga xos saviyani saqlagan va xalqaro arenada nufuzli turnirning keyingi bosqichlaridan umid uzmagan holda to‘p surmoqda. Faxriydagi metin iroda bolalik yillarida toblangan - u Bolqondagi urush dahshatlariga guvoh sifatida ulg‘aydi.

Serblar, bosniyaliklar va xorvatlar, pravoslavlar, musulmonlar va katoliklar yurti ulkan doshqozonga aylangan paytda Edin 6 yoshli bolakay edi. 1992 yilda Bosniya va Gersegovinada fuqarolar urushi boshlandi. Jekoning qadrdon shahri bo‘lgan Sarayevo ayniqsa, ko‘proq jabr ko‘rdi, uzoq vaqt davomida gazetalar sahifalaridan joy oldi. Urush tufayli shahar 25000 nafar fuqarolaridan bevaqt judo bo‘ldi, 35000 oila boshpanasiz qoldi. tabiiyki, Jekolar oilasi ham ana shu jabrdiydalar orasida edi.

«Bizning uyimizni vayron qilishdi. Shu sababli bobom va buvim bilan yashashga majbur bo‘lgandik. Jajjigina xonada 15 kishi yotardik. Buning ustiga, har kuni halok bo‘lgan tanishlarimiz haqida olingan xabarlar biz uchun kuchli ruhiy zarba bo‘lardi. Urushning azobi juda og‘ir. Ustimizga bombalar tushib turar, o‘q ovozlari tinmasdi. O‘sha kunlarda ko‘p yig‘laganman», - deya xotirlaydi Edin.

Jeko va uning oshna-og‘aynilari uchun futbol - urush davridagi yagona ovunchoq edi. Edinning otasi - Midxat professional futbolchi bo‘lib, o‘g‘lida keyinchalik o‘zining baxtli hayot kechirishiga sababchi bo‘ladigan futbolga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otgandi. Ammo turmush o‘rtog‘i Belmaning onalarga xos sezgirligi bo‘lmaganida, Midxatning orzusi ro‘yobga chiqmagan bo‘lardi. Taqdir taqozosi bilan, nimadandir xavotirga tushgan Belma o‘rtoqlari bilan to‘p tepib yurgan Edinga barvaqtroq uyga qaytishini tayinlagan, o‘g‘li onaning maslahatini yerda qoldirmagandi. Oradan yarim soat vaqt o‘tar-o‘tmas, maydonchaga bomba tushdi - u yerdagi bolakaylarning birortasi ham tirik qolmadi.

«Yaratganning menga bergan onalik his,tuyg‘usi o‘g‘lim hayotini saqlab qoldi. Ko‘nglim falokatni avvaldan sezgandi», - deydi Belma dahshatli voqeani tilga olganida.

«Egulik qolmagan, doimo qo‘rqinch bilan yurardim. Shaharni bombardimon qilishgani sababli, har qadamimiz o‘lim bilan yonma-yon edi. Otam o‘shanda frontda, men esa har gal sirena tovushlarini titroq bilan eshitardim. Bu dahshatni, o‘sha urushni unuta olmayapman. Ko‘rgan-kechirganlarim butun hayotimga ta’sir etmoqda. Ko‘pchilik boshqa bolalar kabi, mening ham bolaligimni o‘g‘irlashdi», - deydi Edin.

Xayriyatki, Jekoning yaqin qarindoshlaridan hech kim o‘sha fojiali 3 yil ichida halok bo‘lmadi. Urush tugagach, otasi uni «Jeleznichar» klubining bolalar maktabiga olib bordi. Edinni mashg‘ulotlarga olib boradigan taksi haydovchisi shu jamoaning muxlisi edi va Jekodan yo‘lkira olmasdi. Bunga javoban bo‘lajak futbolchi yulduz maqomiga erishganida unga mashina sovg‘a qilishga va’da bergandi. Bir necha yildan keyin, u va’dani bajardi.

Oldinda esa Jekoni qiziqarli va yorqin faoliyat kutayotgandi - Feliks Magatning shafqatsiz mashg‘ulotlari va «Volfsburg» bilan Germaniya chempioni bo‘lishi, Serxio Aguero va Mario Balotelli bilan «Manchester Siti»dagi keskin raqobat, «Roma»dagi renessans va Joze Mourinyo bilan kelishmovchiliklar va «Inter»ga tashrif. Bolalik yillarida boshdan kechirgan dahshatli voqealar Jekoning tabiatiga kuchli ta’sir o‘tkazdi - u metin irodali jangchiga aylandi.

«Ayrim lahzalar bizni yanada kuchliroq bo‘lishga va hayotni chinakamiga qadrlashga o‘rgatdi. Biz oiladagi o‘zaro muloqotlar chog‘ida uni eslamaymiz. Doimo o‘tmishga nazar tashlashda ma’no ko‘rmaganman. Urush bizni o‘zgartirdi, o‘zgacha tarbiyaladi. O‘z hayoting, oila a’zolaring hayoti uchun qo‘rquvda yashash oldida, futboldagi muammolar fil qarshisidagi pashshachalik emas».

Ravshan IBROHIM tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:00, 09.11.2022. O'qildi: 1502 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.