Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 02.03.2026 00:45
      • Roma
      • 3:3
      • Yuventus
      • 02.03.2026 22:30
      • Piza
      • 0:1
      • Bolonya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • 3:0
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 02.03.2026 01:00
      • Jirona
      • 1:2
      • Selta
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 0:1
      • Xetafe
      • 04.03.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 04.03.2026 00:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Brentford
      • 04.03.2026 00:30
      • Everton
      • -:-
      • Byornli
      • 04.03.2026 00:30
      • Lids
      • -:-
      • Sanderlend
      • 04.03.2026 01:15
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 26 64
2 Real Madrid 26 60
3 Atletiko 26 51
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 26 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 26 35
9 Atletik Bilbao 26 35
10 Osasuna 26 33
11 Xetafe 26 32
12 Sevilya 26 30
13 Jirona 26 30
14 Valensiya 26 29
15 Rayo Valyekano 25 27
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 26 24
19 Levante 26 21
20 Real Ovyedo 25 17

O'tgan o'yinlar.

26-тур Levante 2-0 Alaves
26-тур Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
26-тур Barselona 4-1 Vilyarreal
26-тур Malyorka 0-1 Real Sosyedad
26-тур Real Ovyedo 0-1 Atletiko
26-тур Elche 2-2 Espanyol
26-тур Valensiya 1-0 Osasuna
26-тур Betis 2-2 Sevilya
26-тур Jirona 1-2 Selta
26-тур Real Madrid 0-1 Xetafe

Navbatdagi o'yinlar.

04/03/26 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zPFL legionerlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibini e’lon qildi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston Professional futbol ligasi milliy chempionatimizda faoliyat olib boradigan xorijlik futbolchilar darajasini oshirish, klublarimizda sifatli va chindan mahoratli legionerlar to‘p surishiga erishish maqsadida futbol klublari uchun xorijlik futbolchi va mutaxassisni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha alohida shartlar belgilash arafasida turibdi.

Shu sababli Musobaqalar Reglamentining xorijlik futbolchi hamda mutaxassislarni ro‘yxatdan o‘tkazish qismiga ayrim qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda.

Xususan, xorijlik futbolchi yoki mutaxassis bilan shartnoma tuzish jarayonida futbol klubi quyidagilarni hisobga olishi talab etiladi:

futbol klubi 2023/24-yilgi mavsum uchun OFK lisenziyasini qo‘lga kiritgan bo‘lishi shart (2023-yilgi mavsumning qishki transfer oynasi hamda legioner futbolchi bilan amaldagi mehnat shartnomasi mavjud bo‘lgan klub bundan mustasno);
legioner yoki xorijlik mutaxassis bilan shartnoma imzolashdan avval futbol klubi mazkur shartnoma loyihasini O‘FA bilan kelishishi va shundan keyingina uni imzolashi lozim.
Qolaversa, ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan legioner futbolchi O‘zPFL tomonidan to‘rt toifaga ajratib olinadi.

Oliy toifa. Quyidagi mezonlarga mos keluvchi legioner futbolchi:

Yevropa yoki jahon chempionatining final bosqichi doirasida maydonga tushgan futbolchi;
UYEFA koyeffisiyentlar jadvalida dastlabki yetti o‘rinda borayotgan mamlakatlar oliy divizionining yakuniga yetgan so‘nggi mavsumida yoki davom etayotgan mavsumida kamida 10 ta o‘yinda maydonga tushgan futbolchi.
Birinchi toifa. 2003-yil va undan keyin tug‘ilgan, so‘nggi ikki mavsum davomida o‘z mamlakati terma jamoasining rasmiy musobaqalar doirasidagi o‘yinlarida eng kamida ikki marta maydonga tushgan futbolchi.

Ikkinchi toifa. Quyidagi mezonlarga mos keluvchi legioner futbolchi:

FIFA reytingida dastlabki 15 pog‘onada borayotgan terma jamoa safida hech bo‘lmaganda 1 ta rasmiy musobaqa doirasidagi o‘yinda maydonga tushgan hamda 31 yoshga to‘lmagan futbolchi;
o‘z mamlakati milliy terma jamoasining rasmiy musobaqalar doirasidagi o‘yinlarida so‘nggi ikki yil davomida kamida 2 marta maydonga tushgan futbolchi.
Uchinchi toifa. Yuqoridagi me’zonlarga mos kelmaydigan legioner futbolchi.

Bunda, jahon amaliyotida bo‘lgani singari, legioner futbolchi yoki xorijlik mutaxassis xizmatidan foydalanuvchi klub odatdagidek, ularni O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bir martalik pullik to‘lovni amalga oshiradi. Ammo to‘lov qilish endilikda legionerning toifasidan kelib chiqqan holda bajariladi:

Oliy toifaga kiruvchi legioner uchun to‘lov tasdiqlangan miqdorning teng yarmini tashkil qiladi;
birinchi toifali legioner uchun to‘lov amalga oshirilmaydi;
ikkinchi toifaga kiruvchi legioner uchun to‘lov tasdiqlangan miqdorda amalga oshiriladi;
uchinchi toifaga kiruvchi legioner uchun to‘lov tasdiqlangan miqdordan ikkiga ko‘paytirib amalga oshiriladi;
Pro liga klubi har qanday legioner uchun bir xilda — tasdiqlangan miqdor ko‘rinishining teng yarmida to‘lov amalga oshiradi.
Futbol klubiga 6 nafargacha legioner futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ruxsat etiladi. Bunda ulardan biri (yoki hammasi) OFKga a’zo mamlakat fuqarosi bo‘lishi shart (5+1).

Tizimida farm jamoasi mavjud klub mazkur farm jamoa uchun legioner futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishda ham yuqoridagi cheklovdan chiqmasligi kerak.

Bundan tashqari, futbol klubi legioner futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishda quyidagi imtiyozlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi:

agar legioner futbolchi uzluksiz ketma-ket to‘rt mavsumni O‘zbekiston klublarida o‘tkazgan bo‘lsa va 2023-yilgi mavsum tartib bo‘yicha uning ketma-ket beshinchi mavsumi bo‘lsa, mazkur legioner uchun umuman to‘lov amalga oshirilmaydi;
agar legioner futbolchi bir klub safida ketma-ket ikkinchi mavsum uchun ham ro‘yxatdan o‘tkazilsa, mazkur futbolchi uchun belgilangan to‘lov 50 foizga qisqartiriladi;
agar legioner futbolchi birinchi toifaga mansub bo‘lsa, klubga uni qayd etilgan cheklov miqdoriga qo‘shimcha ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ruxsat etiladi.
Maqsad – chempionatimizga tashrif buyuradigan xorijlik futbolchilar darajasini oshirish, klublarning seleksiya ishlarini jadal olib borishiga erishish.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 19:08, 01.12.2022. O'qildi: 3224 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Lamin Yamal 13
4 Барселона Ferran Torres 12
5 Осасуна Ante Budimir 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.