Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekiston chempionati: medallar taqsimoti

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Statistika
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston chempionati elit ligasining hisob bo‘yicha 31-mavsumi ham «Paxtakor»ga ataldi. Masofa davomida o‘z mavqeini nisbatan yo‘qotgandek tasavvur uyg‘otgan poytaxt jamoasi finish marrasiga yaqin «Nasaf» va «Navbahor»ning ochko yo‘qotishlari hisobiga yana «oltin»ga burkandi. Xo‘sh, O‘zbekiston chempionati tarixidagi medallar taqsimoti qanday ko‘rinishga keldi?

OLTIN MEDAL

Hamma biladi, milliy chempionatimiz hisobotida oltin medallar miqdori  mavsumlar soniga mutanosib emas. Zero, 1992 yili o‘tkazilgan birinchi mavsum yakunida «Neftchi» va «Paxtakor» teng miqdorda ochko to‘plagach, futbolimizning o‘sha vaqtdagi rahbariyati qarori bo‘yicha har ikki klub chempion sifatida tan olingan. Shuning hisobiga kumush medal egasiz qolgan. Umuman olganda, 31 yilda atigi 7ta jamoaga liga shohsupasining eng yuqorisiga chiqish nasib etdi. Bu borada «Paxtakor» rekordi mutlaqo daxlsiz. Har holda, «sherlar» bu yil 15-marta «oltin»ga ega chiqishdi. «Neftchi» va «Bunyodkor»da 5tadan oliy probali medal bor - ikkinchi yaxshi natija. «Lokomotiv» qatorasiga 3 marta chempionlikka erishgan bo‘lsa, yo‘qlik sari yuz tutgan «Do‘stlik» bu ishni 2 bora amalga oshirgan. Yana bir sobiq jamoa - MHSKda 1ta chempionlik rutbasi bor, «Navbahor»da ham.

Fakt. Chempionlik seriyasi bo‘yicha rekord natija ham «Paxtakor»ga tegishli. «Sherlar» 2002-2007 yillar oralig‘ida qatorasiga 6 mavsum taxtdan tushishmagan. Shuningdek, yana uch holatda muayyan klub ketma-ket 4 marta chempion bo‘lgan - «Neftchi (1992-1995 yillar), «Bunyodkor» (2008-2011 yillar) va «Paxtakor» (2019-2022 yillar). 

 

KUMUSH MEDAL

«Kumush poyga»da «Neftchi» yaqqol peshqadam. Farg‘ona jamoasi 5 marta chempionlik sharobini ichishdan tashqari, 9 mavsum yakunida turnir jadvalining 2-pog‘onasidan joy olgan. «Paxtakor» kolleksiyasida esa 6ta ikkinchi probali medal bor. Bu borada chempionatning 3-yaxshi natijasi «Lokomotiv»ga tegishli - «temiryo‘lchilar» 4 karra vise-chempion hisoblanishadi. «Bunyodkor» va «Nasaf» esa 3 martadan mavsumni 2-o‘rinda yakunlagan. Shuningdek, «Buxoro» («Nurafshon»), MHSK, «Mash’al», «So‘g‘diyona» va «Navbahor»ning sovrinlar kolleksiyasida 1tadan «kumush» yarqirab turibdi. Demak, chempionat tarixida ikkinchi probali medalga ega chiqqan klublar soni roppa-rosa 10ta. 

Fakt. «Neftchi» 1996-2000 yillar oralig‘ida qatorasiga 5 marta chempionatning 2-raqamli jamoa­si bo‘lgan - bu eng uzun «kumush seriya»dir. Farg‘onaliklar yana bir marta (2002-2004 yillar) 3 mavsum davomida 2-o‘rinni band etishgan. Keyinchalik «Paxtakor» (2008-2010 yillar) va «Lokomotiv» (2013-2015 yillar) ham kumush medal olish borasida shunday seriya qayd etdi. Oxirgi ikki mavsum esa bizga «kumush»ning yangi sohiblarini taqdim etdi - «So‘g‘diyona» va «Navbahor».

BRONZA MEDALI

«Nasaf» O‘zbekiston chempionatining chinakam «bronza» jamoasi. Qarshiliklar bu yil 3-probali medalga 11-marta ega chiqishdi. To‘g‘ri, bu borada «Navbahor» natijasi ham uncha kam emas - 9 karra 3-o‘rin sohibi! Oddiy aytganda, mavjud 31ta «bronza»dan 20tasi (deyarli 65 foizi) 2ta jamoa hisobida. Qolgan 11ta medal 9ta klubga tegishli. Jumladan, «Paxtakor» va AGMK muzeyida 2tadan «bronza» bor. MHSK, «Neft­chi», «Bunyodkor», «Lokomotiv», «Mash’al»«So‘g‘diyona» va «Qizilqum» bu klublar O‘zbekiston chempionati elit ligasida 1 martadan 3-o‘rinni egallagan. 

Fakt. 3-o‘rin bo‘yicha eng uzun seriya tabiiyki, «Nasaf» tomonidan qayd etilgan - 2013-2016 yillar qatorasiga 4 mavsum. «Navbahor»da esa bu boradagi seriya ikki marta 3 mavsumga cho‘zilgan. 2020-2021 yillar mavsumlarini 3-o‘rinda yakunlagan AGMK O‘zbekiston chempionatining 11-«bronza» jamoasidir.

O‘ZBEKISTON CHEMPIONATI ELIT LIGASINING BARCHA SOVRINDORLARI

1992 yil. Oltin: «Paxtakor», «Neftchi»; kumush: -; bronza: «So‘g‘diyona»       

1993 yil. Oltin: «Neftchi»;  kumush: «Paxtakor»; bronza: «Navbahor»

1994 yil. Oltin: «Neftchi»; kumush: «Nurafshon» («Buxoro»); bronza: «Navbahor»

1995     yil. Oltin: «Neftchi»; kumush: MHSK; bronza: «Navbahor»

1996 yil. Oltin: «Navbahor»; kumush: «Neftchi»; bronza: MHSK

1997 yil. Oltin: MHSK; kumush: «Neftchi»; bronza: «Navbahor»

1998 yil. Oltin: «Paxtakor»; kumush: «Neftchi»; bronza: «Navbahor»

1999 yil. Oltin: «Do‘stlik»; kumush: «Neftchi»; bronza: «Navbahor»

2000 yil. Oltin: «Do‘stlik»; kumush: «Neftchi»; bronza: «Nasaf»

2001 yil. Oltin: «Neftchi»; kumush: «Paxtakor»; bronza: «Nasaf»

2002     yil. Oltin: «Paxtakor»; kumush: «Neftchi»; bronza: «Qizilqum»

2003 yil. Oltin: «Paxtakor»; kumush: «Neftchi»; bronza: «Navbahor»

2004 yil. Oltin: «Paxtakor»; kumush: «Neftchi»; bronza: «Navbahor»

2005     yil. Oltin: «Paxtakor»; kumush: «Mash’al»; bronza: «Nasaf»

2006     yil. Oltin: «Paxtakor»; kumush: «Neftchi»; bronza: «Nasaf»

2007 yil. Oltin: «Paxtakor»; kumush: «Quruvchi» («Bunyodkor»); bronza: «Mash’al»

2008     yil. Oltin: «Bunyodkor»; kumush: «Paxtakor»; bronza: «Neftchi» 

2009     yil. Oltin: «Bunyodkor»: kumush: «Paxtakor»; bronza: «Nasaf»

2010     yil. Oltin: «Bunyodkor»; kumush: «Paxtakor»; bronza: «Nasaf»

2011     yil. Oltin: «Bunyodkor»; kumush: «Nasaf»; bronza: «Paxtakor»

2012     yil. Oltin: «Paxtakor»; kumush: «Bunyodkor»; bronza: «Lokomotiv»

2013     yil. Oltin: «Bunyodkor»; kumush: «Lokomotiv»; bronza: «Nasaf»

2014     yil. Oltin: «Paxtakor»; kumush: «Lokomotiv»; bronza: «Nasaf»

2015     yil. Oltin: «Paxtakor»; kumush: «Lokomotiv»; bronza: «Nasaf»

2016     yil. Oltin: «Lokomotiv»; kumush: «Bunyodkor»; bronza: «Nasaf»

2017     yil. Oltin: «Lokomotiv»; kumush: «Nasaf»; bronza: «Paxtakor»

2018     yil. Oltin: «Lokomotiv»; kumush: «Paxtakor»; bronza: «Navbahor»

2019     yil. Oltin: «Paxtakor»; kumush: «Lokomotiv»; bronza: «Bunyodkor»

2020 yil. Oltin: «Paxtakor»; kumush: «Nasaf»; bronza: AGMK

2021     yil. Oltin: «Paxtakor»; kumush: «So‘g‘diyona»; bronza: AGMK

2022     yil. Oltin: «Paxtakor»; kumush: «Navbahor»; bronza: «Nasaf»

UMUMIY HISOB-KITOB

Medallarni turlarga ajratmay tahlil qilganda, eng ko‘pi «Paxtakor»da. Diqqat qiling, jami 93ta medaldan 23tasi aynan «sherlar»ga tegishli. Demakki, amaldagi chempion atigi 8 mavsum yakunida medalsiz qolgan, xolos. «Neftchi» esa avvalgi natijalari evaziga hamon 2-yaxshi natijaga ega - 15ta medal. «Nasaf» bundan 1ta kam medal yutgan, ammo qarshiliklarda oliy probalisi yo‘q hozircha. Umuman olganda, O‘zbekiston chempionati elit ligasi tarixida jami 13ta klub o‘z hisobiga medal yozib qo‘ygan.

Fakt. 13ta sovrindor jamoadan 6tasi («Paxtakor», «Neftchi», «Bunyodkor», «Lokomotiv», «Navbahor» va MHSK) hisobida har 3 turdagi medal bor. «Do‘stlik» boshqa medal yutmagan yagona chempion jamoadir.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:10, 03.12.2022. O'qildi: 3122 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик