Bugun 2 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 01.05.2026 23:45
      • Piza
      • 1:2
      • Lechche
      • 02.05.2026 18:00
      • Udineze
      • -:-
      • Torino
      • 02.05.2026 21:00
      • Komo
      • -:-
      • Napoli
      • 02.05.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Jenoa
      • 03.05.2026 15:30
      • Bolonya
      • -:-
      • Kalyari
      • 03.05.2026 18:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Milan
      • 03.05.2026 21:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Verona
      • 03.05.2026 23:45
      • Inter
      • -:-
      • Parma
  • APL
      • 02.05.2026 00:00
      • Lids
      • 3:1
      • Byornli
      • 02.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 02.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Vest Xem
      • 02.05.2026 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Brayton
      • 02.05.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Fulhem
      • 03.05.2026 18:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 03.05.2026 19:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Liverpul
      • 03.05.2026 23:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Tottenhem
  • La-liga
      • 02.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 0:1
      • Malyorka
      • 02.05.2026 17:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Levante
      • 02.05.2026 19:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Atletiko
      • 02.05.2026 21:30
      • Alaves
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.05.2026 00:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Barselona
      • 03.05.2026 17:00
      • Selta
      • -:-
      • Elche
      • 03.05.2026 19:15
      • Xetafe
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 03.05.2026 21:30
      • Betis
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 04.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Madrid
  • Superliga
      • 02.05.2026 19:00
      • Dinamo
      • -:-
      • Mash’al
      • 02.05.2026 19:00
      • Buxoro
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 03.05.2026 17:00
      • OKMK
      • -:-
      • Neftchi
      • 03.05.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 03.05.2026 19:15
      • Surxon
      • -:-
      • Paxtakor
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

Navbatdagi o'yinlar.

02/05/26 Dinamo - Mash’al
02/05/26 Buxoro - So‘g‘diyona
03/05/26 OKMK - Neftchi
03/05/26 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05/26 Surxon - Paxtakor
04/05/26 Xorazm - Andijon
04/05/26 Lokomotiv - Qizilqum
04/05/26 Nasaf - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sisse - Senegal superqahramoni

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Qatar-2022
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

JCH-2002da sehrli jamoadek taassurot qoldirgan va ko‘pchilik mehrini qozongan Senegal termasi yodingizdami?

J.Koreya va Yaponiya maydonlarida mo‘’jizali futbol namoyish etgan o‘sha jamoa sardori Aliu Sisse oradan 20 yil o‘tib, «Teranga sherlari»ni yana pley-off» bosqichiga olib chiqdi. Voqea joyi - yana Osiyo, faqat Sisse roli boshqa - bosh murabbiy. U shu asnoda Senegal superqahramoni maqomini oldi.

SISSE - MEGAQATTIQQO‘L MURABBIY 

Senegal milliy jamoasi bosh murabbiyi JCH-2022 birinchi qismida asosiy memlardan biri bosh qahramoni sifatida gavdalandi. «Senegalliklarni nega endi Snup Dogg shug‘ullantirmoqda?» - Afrika vakilining Niderlandiya termasiga qarshi o‘yini vaqti shu mazmundagi «tvit» nihoyat keng tarqaldiki, asti qo‘yaverasiz. Bu hattoki, Snup Doggning o‘ziga ham yetib bordi va u memga futbol to‘pi emodzisi qo‘shib, hazilni shunchaki, quvvatlantirdi. Aslida Sisse jahon chempionatidagi eng qattiqqo‘l murabbiylardan biridir. Har holda, ismlarini oshkor qilishni istamagan ayrim futbolchilar uni diktator sifatida ta’riflashdi. Senegallik muxlislar va jurnalistlar aksincha, Aliuni chinakamiga yaxshi ko‘rishadi. Axir aynan Sisse bemajol Senegal termasini JCH «pley-off» bosqichiga chiqishga qodir kuchli jamoaga aylantirdi. Senegallik «sherlar» o‘zlari uchun sehrli JCH-2002dan 20 yil o‘tib, yana guruhdan chiqishdi. Sisse esa har ikki holatda bosh qahramonlardan biri - J.Koreya|YAponiyada jamoa yulduzi edi, endi murabbiy. 

 

SISSE - SENEGAL  FUTBOLI AFSONASI

Ha, Aliu Sisse mamlakat futbolining haqiqiy afsonasidir. 2002 yilgi JCHda «sherlar»ni sardor sifatida olg‘a boshlagan sobiq futbolchi Rossiya munidialidayoq jamoa­ni «pley-off» bosqichiga ancha yaqinlashtirgandi. 4 yil oldin JCH-2018 guruh raundidan so‘ng kurashdan chetga chiqqan ishtirokchilar orasida aynan Senegal termasi ko‘proq alamga botgani tayin. Zero, afrikaliklar faqat sariq kartochkalar hisobi tufayli kvartetda 3-o‘rinda qolishdi, vaholanki, ular asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Yaponiya termasi bilan teng natija qayd etishgandi. Xullas, Senegal termasi mundial tarixida qo‘shimcha hisob-kitoblar tufayli chetga chiqqan birinchi jamoa bo‘ldi. Sisse bundan o‘zini qo‘yarga joy topolmadi, ammo FIFAdan nolimadi va JCH reglamentini qoralamadi. «Afsus, «Feyr-pley» reytingi tufayli guruhdan chiqolmadik, ammo jamoam bilan chinakamiga faxrlanaman, baribir, - degandi Sisse. - Albatta, kurashni davom ettirishni xohlardik, biroq sariq kartochkalar soni tufayli chetga chiqishga majburmiz. Futbol qoidalari shunday ekan, ularni qabul qilishdan boshqa choramiz yo‘q. Qoidalarga hurmat bilan qarash kerak, albatta». Ha, Sisse hech qachon reglament yoki qoidalarga yopishmaydi. Chunki uning o‘zi tartib-intizomga imkon qadar jiddiy yondashadi. Hozirgi Senegal milliy jamoasini ham aniq tartib va kuchli intizom asosida shakllantirdi. «Aliu Sisse - o‘ta sinchkov va e’tiborli murabbiy. Deylik, eng kichik jihatlarni ham nazardan qochirmaydi, - deydi teranganeews.com sayti xodimi, senegallik jurnalist Mamadu Nyang. - Muhimi, unda g‘olib xarakteri bor, mag‘lubiyatni sira tan olmaydi, futbolchilar bilan hazillashmaydi, ko‘ngilxushlik haqida gapirish ham ortiqcha».

Sisse nafaqat Senegal futboli afsonasi, balki uning tarixidagi eng muhim shaxsdir. O‘tgan asrning 90-yillari oxirida «Lill» va «PSJ»da o‘ynagan futbolchi JCH-2002 chorak finaliga chiqqan o‘sha maftunkor Senegal termasining chin yetakchisi rolini bajargandi. Mana, oradan 20 yil o‘tib, Aliu yana e’tibor markaziga tushdi. Bu safar maydon chetida futbolchilarning har bir harakatini boshqaradigan dirijyor-murabbiy maqomida. Tinim bilmas murabbiy butun o‘yin davomida ko‘rsatma berishdan aslo charchamaydi. «Jamoam yengilsa, na uxlay olaman, na tomog‘imdan biror ovqat o‘tadi, - degandi Aliu Les Echos nashriga bergan intervyusida. - Bunday payt hayotim shunchaki, do‘zaxga aylanadi. Haqiqatan ham, mag‘lubiyatga toqat qilolmayman».

 

BOSH OMIL - TARTIB-INTIZOM

Murabbiy Sissening asosiy kuchi motivasiya berish (garchi JCH-2018 muhimligi haqida gapirib, yig‘lagan va shu tariqa jamoasini shaylantirgan bo‘lsada)da ham, taktika tanlash (garchi jamoa bosh yulduzi Sadio Mane safdan chiqqach, o‘yin­ni qayta tuzgan bo‘lsada)da ham emas, balki intizomda. Ha, Aliu ko‘pincha Afrika jamoalariga yetishmaydigan jihatga alohida yondashib, o‘z drujinasida yuqori intizom o‘rnatdi. Sisse jumladan, jamoa ichida ma’lum qonun-qoidalarni joriy qilgan. Deylik, futbolchilarning kalyan chekishlari va kechasi sayrga chiqishlari taqiqlangan. «Bilaman, meni qattiqqo‘lligi bilan tanilgan Yaya Jamme (1996-2017 yillardagi Gambiya prezidenti)ga, hattoki, Gitlerga o‘xshatishgan, aslida oddiy insonman, -  deydi Aliu Sisse bu borada. - Agar biror ish noto‘g‘ri ketsa, buni ro‘y-rost aytaman. Ya’ni hammasi yaxshidek soxta tabassum qilmayman, niqob taqmayman. Meni Jamme va Gitlerga chiqarishgan, ammo hech kim amalda futbolchilar bilan qanday gaplashishimni ko‘rmagan».

Aynan tartib-intizomga qattiq turishi tufayli barcha futbolchilar ham Sisse bilan ishlashdan mamnun emaslar. Axir ko‘ngilxushlikni yoqtiruvchi senegallik futbolchilar terma jamoada na kalyan cheka olishadi, na tunda sayrga chiqishadi. «Sisse kelishidan oldin futbolchilar kechasi bemalol ko‘chada izg‘ib yurishardi. Ularda erkinlik bor edi, - deydi jurnalist Nyang. - Endi bunday erkinlik yo‘q. Terma jamoada hamma faqat futbol haqida o‘ylaydi. Mashg‘ulot, tiklanish, hech qanday ko‘cha yo‘q. Faqat ish».

Sissening prinsipial qoidalari tufayli yulduzlik maqomiga o‘rganib qolgan Demba Ba, Papiss Sisse, Papi Jiloboji kabi ba’zi yorqin futbolchilar Senegal termasidan chetga chiqishdi. «Sisse boshidayoq bor gapni dangal aytdi: «Shunday ishlayman. Bunga ko‘nmaydiganlar ketishlari mumkin, hech qanday qarshiligim yo‘q», - bu ismini oshkor qilishni istamagan terma jamoa futbolchilaridan birining anonim e’tirofi. Muhimi, endi jamoada Sisse bilan oxirigacha borishga tayyor turgan yigitlar yetarli. Senegal termasining asosiy fan-klubi - Le 12eme Gaind raisi Mussa Geye gaplariga e’tibor qarating: «Aliu Sisse - chin g‘olib. Ba’zan gaplashib turamiz, juda xushmuomala inson. Yoqimtoy, sodda, samimiy, katta qalb egasi. Lekin shuning barobarida ish masalasida o‘ta qattiqqo‘l. Uning qanday o‘ynaganini bir eslang! Hattoki, al Hoji Diufga ham baqirardi. Murabbiy sifatida ham xuddi shunday! Talabchanlikni to‘g‘ri qabul qilish kerak, chunki u natija keltiradi. Yo‘q, Sisse diktator emas, bu aniq. Shunchaki Senegalda har qanday qattiqqo‘l murabbiyga diktator sifati yopishtiriladi. Sisse esa shunchaki, e’tiborli». Aynan shu e’tiborga yo‘g‘rilgan talabchanlik va qattiqqo‘llik Senegalga futbolcha bayram taqdim etdi. Oradan 20 yil o‘tib... Angliya termasiga qarshi ilk «pley-off» o‘yini natijasidan qat’iy nazar, bu bayram o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.

P.S.: mazkur maqola JCH-2022 1|8 finalidan o‘rin olgan Angliya - Senegal o‘yinidan oldin yozildi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 17:00, 10.12.2022. O'qildi: 1529 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик