JCH-2022 chorak finalida Niderlandiyaga qarshi o‘yindan so‘ng Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messidan intervyu olgan ESPN jurnalisti Esteban Edul niderlandiyalik futbolchi Vut Vegxorst bilan mojarosi tafsilotlarini oshkor qildi.
"Uchrashuvdan keyin faqat Messi emas, hamma zaxira o‘rindig‘idagilar bahslashdi. Van Deyk Otamendi bilan nimadir haqida bahslashayotgan edi. Messining g‘azabiga asosan niderlandliklarning penaltilar seriyasida argentinaliklarga bosim o‘tkazmoqchi bo‘lgani sabab bo‘lgan.
Vegxorst tunnelda Messini kutayotgan edi, unga yaqinlashib, uning futbolkasini so‘radi. Leo jahli chiqdi. Vegxorst tushunmadi, to‘xtadi va Messi intervyu boshlanishidan oldin uni haqoratlay boshladi.
Messi intervyu davomida menga deyarli e’tibor bermadi: u shunchalik jahli chiqdiki, menga qaramadi va savollarimga quloq solmadi. Men undan Molinaning assistentligi, van Gal bilan uchrashuv haqida so‘radim, lekin u bu haqda hech narsa demadi. Men uni javob berishga majbur qila olmadim.
Qaysidir payt, efirga chiqqanimizda, men unga: “Tinchlan, Leo, FIFAda odamlar ko‘p, nima bo‘lishi mumkinligini hech qachon bilmaysan” - dedim" - dedi Edul.
Argentina terma jamoasi Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, JCH-2022 yarim finaliga yo‘l oldi.