Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Modrichning Xorvatiya termasidagi butun faoliyati: o‘yinlar, gollar, murabbiylar va turnirlar...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Qarimas» Luka Modrich balki Qatarda Xorvatiya milliy jamoa­si libosidagi oxirgi turnirida qatnashayotgandir. Har holda, 37 yoshli yarim himoyachi JCH-2022 starti arafasida FIFA nashriga bergan intervyusida shu mazmunda gapirgandi: «Futbol uchun ma’lum yoshga yetganimni yaxshi tushunib turibman. Katta ehtimolki, mundial men uchun Xorvatiya terma jamoasi safidagi so‘nggi turnir bo‘ladi». Qarang, «qariya» oxirgi musobaqada xorvatlarni qanday olg‘a boshlamoqda... Hozir Modrichning mamlakat bosh jamoasidagi 16 yillik tarixiga qisqacha to‘xtalishning ayni mavridi. Bunda esa sports.ru sayti taqdim etgan tasvirli maqola ayni muddao.

*** 

Luka Modrich Xorvatiya milliy jamoasidagi debyutini 2006 yilning mart oyida nishonlagandi. Mitti jussali va charchoq bilmas futbolchi shundan buyon shaxmat doskasini eslatuvchi formada jami 160ta marta maydonga tushdi. Luka bu borada Xorvatiya bosh jamoasining mutlaq rekordchisidir. Modrich shuningdek, gollar bo‘yicha ham munosib ko‘rsatkichga ega. Aniqroq aytsak, yarim himoyachi milliy jamoa to‘purarlari ro‘yxatining kuchli 5taligida bormoqda. To‘g‘ri, Lukada yanada yuqoriga ko‘tarilish imkoniyati yo‘q, hisobi. 

*** 

Modrich milliy jamoadagi faoliyati davomida faqat Malta (3ta), Andorra, Ozarbayjon va Avstriya (2tadan) termalariga 1tadan ko‘p gol «tortiq» etdi. Uning o‘zi esa Yevro-2020da Shotlandiya jamoasi darvozasiga yo‘llanganini eng chiroyli goli sifatida tilga olsa, ajabmas.

*** 

Luka Modrich termadagi 16 yillik faoliyati davomida 6 nafar bosh murabbiy bilan ishladi. Ya’ni debyutini Zlatko Kranchar qo‘l ostida nishonlagan yarim himoyachi eng samarali davrini Zlatko Dalich bilan o‘tkazdi. Har holda, Modrich termadagi eng yaxshi natijasini aynan Dalich rahbarligida qayd etdi.

*** 

Ha, Modrich JCH-2022 startidan oldin terma jamoa bilan xayrlashish onlari yaqinlashayotganini ma’lum qilgandi. Lekin dekabr oyi boshida boshqacha xabar ham chiqdi. To‘g‘rirog‘i, «mitti» futbolchi bu boradagi fikrini o‘zgartirdi: «Yo‘q, hali terma jamoadan ketmoqchi emasman. Zero, o‘zimni yaxshi his qilyapman, jismoniy holatim ham yuksak darajali o‘yinlarga javob berishini bilaman. Shunday ekan, jamoada imkon qadar uzoqroq qolishni xohlayman. Chunki bugungi kun voqeligi oddiy: menda ketish uchun hech qanday sabab yo‘q. Bu shaxsiy tanlovim, albatta».  Xo‘sh, Luka «bobo» yana qancha vaqt qolmoqchi? Bunisini yashab tursak, ko‘ramiz. Ha, bir qarashda, Modrich Yevro-2024da ham terma jamoadagi statistikasi aks ettirilgan postni yangilash imkoniyatiga ega bo‘ladi, chog‘i.

To‘rttagina ibora bilan...

Luka Modrich Braziliya termasi ustidan qozonilgan sensasion g‘alabadan keyin «Tvitter» tarmog‘idagi sahifasiga qisqa izoh qoldirdi: «Hech qachon. Taslim bo‘lma».  Shuning o‘zi Luka mentalitetini bilish uchun yetarli. Umuman, bu 4ta ibora xorvatning o‘ziga xos shioriga aylangan. Deylik, «Real» CHL-2021|2022da «Chelsi»ni aqlga sig‘mas «kambek» orqali mahv etganida ham deyarli shunday izoh yozgandi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:40, 16.12.2022. O'qildi: 1802 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик