Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Marokashliklar yarim finalga chiqqan Afrikaning yagona futbolchilari emas. Ko‘pmillatli Fransiya bunga imkon bermaydi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Qatar-2022
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Marokashliklar jahon chempionatining yarim finaliga chiqqan birinchi afrikalik jamoa sifatida tarixga kirdi, to‘g‘ri. Biroq ko‘pmillatli Fransiyada ham qora qit’a vakillari yetarlicha topiladi. Fransiya deyarli butun tarixi davomida immigrasiya uchun ochiqlik siyosatini davom ettirdi va ko‘plab sobiq mustamlakalar bilan birgalikda dunyodagi eng ko‘p madaniyatli davlatlardan biriga aylandi.

Fransiya Evropaning deyarli markazida joylashgan, ammo terma jamoa tarkibidagi o‘yinchilarning aksariyati dunyoning turli burchaklaridan kelgan futbolchilardir. Bunga Shimoliy va Janubiy Amerika, shimoli-g‘arbiy Afrika va hatto Yevropaning qo‘shni mamlakatlariga borib taqaluvchi turli nasab egalari ham kiradi. Fransuz jamiyatida bu boradagi fikr juda noaniq shakllangan. 2018 yilda jamoa jahon chempioni bo‘lganida Milliy front vakili Jan-Mari Le Pen terma jamoani «sun’iy» o‘yinchilardan tarkib topgan deb atadi va futbolchilarni madhiyani bilmaslikda va uni hissiyotlarsiz kuylashda aybladi. 2011 yilda esa milliy terma jamoa bosh murabbiyi Loran Blan atrofida janjal kelib chiqdi. Murabbiy jamoadagi qora tanli futbolchilar sonini cheklab qo‘ygani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Ammo hozir bunday narsa yuz bermayapti, chunki 26 futbolchidan 22 nafari migrant yoki ularning avlodlari hisoblanadi. Fransiya g‘olib bo‘lgan so‘nggi jahon chempionati vaqtida muhojirlar ishtirokida tartibsizliklar sodir bo‘lgandi. Jahon chempionati eyforiyasi tufayli ko‘plab muammolar tag tubi bilan yo‘q bo‘lib ketmadi. Endi bu haqda yana gapirilmoqda.

«Umumiy xursandchilik tufayli haqiqiy muammolarni ko‘rish qiyin», dedi Pol Pogbaning birinchi murabbiylaridan biri bo‘lgan Mamadu Diuf. U Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati vaqtida yuz bergan tartibsizliklarni nazarda tutgandi, uning so‘zlariga isbot sifatida marokashlik muxlislarni keltirish mumkin. Ular o‘z jamoasining JCH pley-off bosqichidagi har bir o‘yinidan keyin tartibsizliklarni uyushtirdi. Bularning barchasi, albatta, fransiyaliklarning noroziligiga sabab bo‘ldi, ammo g‘alaba qozonilgan paytda mamlakat bu jamoani o‘ziniki deb hisoblaydi va natija umumiy yutuqqa aylanadi. Chunki marokashliklar chet elda eng ko‘p yashaydigan davlat ham aynan Fransiyadir. Fransiya terma jamoasida eng qadimgi davrlardan beri ko‘plab xorijlik futbolchilar mavjud. Rasmiy ravishda Fransiyaning eng qadimgi futbol klubi 1872 yilda La-Mansh bo‘ylab inglizlar tomonidan asos solingan «Le Gavr» klubi hisoblanadi. Birinchi jahon urushigacha Fransiyaning eng yaxshi jamoalarida xorijliklarning bo‘lishi faqat o‘yin sifatini oshirishga yordam berdi. O‘tgan asrning 30 yillarida Fransiyada ishchi kuchi tanqisligi tufayli mamlakatga italiyaliklar va polyaklar kela boshladi - turli manbalarga ko‘ra, jami bir yarim millionga yaqin. O‘sha muhojirlarning avlodlari orasida Platini, Kandela, Jinola, Jiru (Italiya), Kurzava va Kosyelni (Polsha) bor. Chet ellik o‘yinchilarning bunday katta oqimi munosabati bilan, 30 yillarning boshlarida Fransiya chempionati chet elliklarning uchdan bir qismini tashkil qildi. Yuqori doiralarda ommaviy fuqarolikka qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 1938 yilda Fransiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida jamoaning yarmi muhojirlar va ularning avlodlaridan iborat edi. Ular orasida senegallik, polyak, jazoirlik, italyan, shveysariyalik va avstriyaliklar bor edi. 1958 yildan Fransiya muvaffaqiyatga erisha boshladi va bu yutuqlarning asoschilari Raymon Kopa va Jyust Fonten edi. Jyust o‘sha jahon chempionatida 13 ta gol urdi - bu rekord hali ham saqlanib qolmoqda va uni kimdir buzishi dargumon.

1998 yilgi jamoa tarkibida bir nechta fransuzlar - Desham, Blan va Lizarazyu, janubiy Yevropadan kelgan muhojirlar - Pires va Kandela, Trezege bo‘lgan, ular garchi Fransiyada tug‘ilgan bo‘lsalar ham, asli argentinalik bo‘lib, 17 yoshigacha fransuz tilini umuman bilmas edi. Anri va Tyuram ham Amerikadan. Djorkayeff arman bo‘lib, uning bobosi 20-asr boshidagi fuqarolar urushidan keyin Astraxanni tark etgan. Zidan jazoirlik, Viyeyra va Desayi esa markaziy Afrikadan. Bugun fransuz jamoasi muhojirlar bilan to‘lib-toshgan. Faqatgina 3 nafar futbolchi hech qanday yo‘l bilan boshqa millatga aloqador emasman deb aytishi mumkin - bular Pavar, Veretu va Rabyo. Fransiyada immigrasiya muammosi futbolchilar bilan unchalik keskin emas. Buni jamoa ko‘rsatayotgan natijalar ham isbotlaydi, agar boshqa millat vakillarini shunchaki olib tashlasak, hozirgi jamoa bunchalik muvaffaqiyat qozonmagan bo‘lardi, deb taxmin qilish mumkin. Hatto haqiqiy fransuz ko‘rinadigan futbolchilarning ham boshqa mamlakatlardan ajdodlari bor - Ugo Lyorisning otasi kataloniyalik, Grizmanning otasi nemis, Jiruning ikkala buvisi ham italiyalik. Haqiqatan ham shunday manzara paydo bo‘lmoqdaki, Fransiya terma jamoasining legionerlari bo‘lmaganida, yirik musobaqalarda ularga qiyin bo‘lardi. Ulardan tashqari ko‘plab muhojirlarga ega bo‘lgan boshqa terma jamoalar ham mavjud - Belgiya, Angliya va Shveysariya jamoalari foiz bo‘yicha Fransiyaga juda yaqin keladi.

Kiritildi: 13:03, 16.12.2022. O'qildi: 2590 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик