Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • 2:2
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • 1:0
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • 5:1
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • 0:0
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • -:-
      • Misr
      • 16.06.2026 03:00
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Urugvay
      • 16.06.2026 06:00
      • Eron
      • -:-
      • Yangi Zelandiya
      • 16.06.2026 23:59
      • Fransiya
      • -:-
      • Senegal
      • 17.06.2026 03:00
      • Iroq
      • -:-
      • Norvegiya
      • 17.06.2026 06:00
      • Argentina
      • -:-
      • Jazoir
      • 17.06.2026 09:00
      • Avstriya
      • -:-
      • Iordaniya
      • 17.06.2026 22:00
      • Portugaliya
      • -:-
      • Kongo DR
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 1 1
4 Shveysariya 1 1

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Shotlandiya 1 3
2 Braziliya 1 1
3 Marokash 1 1
4 Gaiti 1 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 1 3
3 Turkiya 1 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Germaniya 1 3
2 Kot-d'Ivuar 1 3
3 Ekvador 1 0
4 Kyurasao 1 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Shvesiya 1 3
2 Niderlandiya 1 1
3 Yaponiya 1 1
4 Tunis 1 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 1 1
2 Kabo-Verde 1 1
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay
1-тур Qatar 1-1 Shveysariya
1-тур Braziliya 1-1 Marokash
1-тур Gaiti 0-1 Shotlandiya
1-тур Avstraliya 2-0 Turkiya
1-тур Germaniya 7-1 Kyurasao
1-тур Niderlandiya 2-2 Yaponiya
1-тур Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
1-тур Shvesiya 5-1 Tunis
1-тур Ispaniya 0-0 Kabo-Verde

Navbatdagi o'yinlar.

15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 16.06.2026

      06:00 Чемпионат Испании. Сегунда. Плей-офф. Финал. "Малага" - "Альмерия". 1-й матч.
      08:00 Д/ф "Двенадцатый игрок".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Витория".
      12:00 Чемпионат Испании. Сегунда. Плей-офф. Финал. "Малага" - "Альмерия". 1-й матч.
      14:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Фатих Карагюмрюк".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Шапекоэнсе" - "Коринтианс".
      18:00 Чемпионат Турции. "Коньяспор" - "Бешикташ".
      20:00 Чемпионат Испании. Сегунда. Плей-офф. Финал. "Малага" - "Альмерия". 1-й матч.
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Ботафого".
      00:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Эюпспор".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Атлетико Минейро".
      04:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Гёзтепе".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 16.06.2026

      05:20 Художественная гимнастика. "Evgeniya Cup" в Омске, Россия. Юниорки.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Плавание. Чемпионат России в Казани.
      10:35 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 3 в Анталье, Турция. Блочный лук. Индивидуальное первенство.
      12:50 "Формула-1. Гаснут огни".
      13:15 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP TCR.
      13:45 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP GT4. Гонка 2.
      15:00 "Непобедимый".
      15:30 Художественная гимнастика. "Evgeniya Cup" в Омске, Россия.
      17:45 Плавание. Чемпионат России в Казани.
      20:25 "Вопреки всему".
      20:55 LIVE Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Ostrava Golden Spike в Остраве, Чехия. Прямая трансляция.
      23:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 3 в Анталье, Турция. Блочный лук. Индивидуальное первенство.
      01:10 "Непобедимый".
      01:35 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP TCR.
      02:05 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP GT4. Гонка 2.
      03:15 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Ostrava Golden Spike в Остраве, Чехия.
  • MATCH-TV
    • Sana: 16.06.2026

      05:40 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Иран - Новая Зеландия. Прямая трансляция.
      08:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:30 Футбол. Чемпионат мира 2026. Испания - Кабо-Верде.
      13:40 LIVE Улётный футбол. Прямой эфир.
      14:30 Футбол. Чемпионат мира 2026. Обзор.
      15:00 Новости.
      15:05 Футбол. Чемпионат мира 2026. Саудовская Аравия - Уругвай.
      17:15 Футбол. Чемпионат мира 2026. Бельгия - Египет.
      19:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. Обзор.
      19:55 Новости.
      20:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:50 Футбол. Чемпионат мира 2026. Иран - Новая Зеландия.
      23:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:40 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Франция - Сенегал. Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:40 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Ирак - Норвегия. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 16.06.2026

      05:15 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Даунхилл.
      06:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 5 в Праге, Чехия. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      07:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      08:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      09:30 Снукер. German Masters в Берлине. Финал. Сессия 2.
      11:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Даунхилл.
      12:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Даунхилл.
      13:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      14:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      15:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      18:30 Велоспорт. Женщины. Гонка "Копенгаген Спринт" в Дании.
      19:30 Велоспорт. Гонка "Копенгаген Спринт" в Дании.
      20:30 Велоспорт. "Велошоу".
      21:00 LIVE Пауэрлифтинг. Чемпионат мира по классическому троеборью в Друскининкае, Литва. День 1. Прямая трансляция.
      00:00 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Обзор.
      01:00 Автоспорт. Ралли-рейд. Чемпионат мира. Этап 3. "Desafio Ruta 40 YPF" в Аргентине. Обзор.
      02:00 Фехтование. Чемпионат Европы в Антони, Франция. Рапира. Женщины. Финал; Сабля. Мужчины. Финал.
      04:00 Велоспорт. "Велошоу".
      04:30 Велоспорт. Тур Овернь-Рона-Альпы во Франции. Этап 8.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Andijon" futbolchilari mundial finalida kimga muxlislik qilishadi?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Qatar-2022
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun Qatardagi jahon chempionatining hal qiluvchi final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Shak-shubhasiz butun dunyo nigohi Dohaga qaratiladi. Endi shuni aniq ayta olamiz: yo Argentina, yo Fransiya jahon chempioni bo‘ladi.

2018 yilgi mundialda fransuzlar finalda xorvatlarni 4:2 hisobida mag‘lub etib, mundial Kubogini boshi uzra ko‘tarishgani hamon yodimizda va bu safar ham ularning yana shunday imkoniyatga ega bo‘lib turgani qoyilmaqom. Bu tomonda esa Argentina! Messi – bu hozir yana trendga chiqqan mavzuga aylandi. Uning personal muxlislari Messini vanihoyat jahon chempioni bo‘lishini ich-ichidan xohlab turganlari aniq. Chunki mazkur mundial uning uchun katta ehtimol oxirgisi bo‘lib qoladi. Shu bois Messi va argentinaliklar buni juda yaxshi his qilishyapti.

Qisqasi, final o‘z nomi bilan final. Bu hammani o‘zgacha hayajonda ushlab turadi. Dunyo e’tibori qaratilgan uchrashuv oldidan “Andijon” matbuot xizmati qiziq jarayonni tashkil qildi.

Ya’ni, jamoa a’zolari Argentina – Fransiya qarama-qarshiligi oldidan o‘zlarining munosabatlarini bildirishdi. Aytaylik, finalga ikkala termani yetib kelishini kutishganmidi, kim chempion bo‘ladi, hamma masala asosiy vaqtda hal bo‘ladimi yoki penaltilar seriyasigacha cho‘ziladimi, futbolchilar shu kabi umumlashtirilgan savollarga javob berdilar.

Eldor Adhamov
-  Jahon chempionatida shaxsan Portugaliya terma jamoasiga muxlislik qilgandim. Lekin Argentinani finalgacha yetib kelishini kutmagandim. Albatta, Fransiyani hal qiluvchi bahsda qatnashishini o‘ylagandim. Tabiiyki, finalda Fransiya terma jamoasiga muxlislik qilaman.

Baribir Argentinadan barqarorroq o‘ynayapti. Fransiya yutib qo‘ysa kerak, deb o‘ylayman. U yerda tezkorroq futbolchilar bor. Finalda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Menimcha, minimal hisob qayd etiladi. Balki o‘yin taqdirini birgina gol hal qilishi mumkin. Ikkala jamoa ham natijadan kelib chiqib, yopiqroq o‘yin ko‘rsatishsa kerak, deb o‘ylayman.
 
Farhod Sohibjonov
-  Jahon chempionati boshlanmasidan oldin ham anchadan beri Argentinaning muxlisi edim. Bu safar Argentina har qachongidan ko‘ra ancha kuchli jamoa sifatida shakllandi. Messi terma jamoada hali bunday o‘yin ko‘rsatmagandi.

Mening fikrimcha, Fransiya bilan bo‘ladigan uchrashuv juda qiziqarli ruhda o‘tadi. Qolaversa, keskin kurashlarga boy bo‘ladi, degan fikrdaman. O‘yin taqdiri 90 daqiqa ichida hal etiladi, menimcha. Natijani taxmin qiladigan bo‘lsam, 2:1 hisobida Argentinaning foydasiga hal bo‘lsa kerak.

Shahboz Erkinov
-  Argentina, Braziliya, Fransiya va men yoqtirgan Niderlandiya asosiy da’vogarlar deb hisoblagandim. Ularni finalga chiqishini o‘ylagandim. Germaniya bilan Ispaniya nafaqat jahon chempionatidagi o‘yinlari bilan, balki oldingi saralash bosqichidagi bahslari bilan ham yaxshi taassurot qoldirishmagandi. Bu qiyin masala edi. Angliya finalga urinib ko‘rayotgandi. Finalga Argentina bilan Fransiya chiqdi. Men shaxsan Leonel Messiga muxlislik qilaman. Aynan Messini deb Argentinani chempion bo‘lishini istayman. Fransiyada Mbappeni hali jahon chempioni bo‘lishiga vaqti bor. U oltin to‘plarni hali ko‘p oladi. Messini esa vaqti qolmadi-da! Bundan keyingi mundialda Messi o‘ynay oladimi-yo‘qmi, bu juda qiyin masala. Menimcha, o‘ynay olmaydi ham. Shuning uchun Messiga bu oxirgi imkoniyati. U faoliyatida hamma narsani yutgan-da. Jahon chempionatini yutsa yanada zo‘r bo‘ladi. Shuning uchun ham Messiga muxlislik qilamiz. Ushbu o‘yinchida yutmagani faqat mundial qoldi. Shundagina barcha yutuqlarga erishgan bo‘ladi.

-  Favoritlar masalasiga kelsak, finalda hech qachon favorit bo‘lmaydi. Marokash finalga chiqqanida ham favorit bo‘lmasdi. Har qanday musobaqaning finali bo‘lsin, hech qachon oldindan kimgadir ustunlik berilmagan. Finalda ochiq futbol bo‘lmaydi. Shunisi bilan ham final unchalik qiziq emas. Agarda boshida yoki o‘rtasida kimdir gol urib, raqib jamoa “ochilib” ketmasa, hech qachon finallarda ochiq futbol bo‘lmagan, tomoshabop o‘yinlar tashkil qilinmagan. Agar Saudiya Arabistoni bilan Argentina finalda to‘qnash kelganida ham favorit nomi bilinmasdi. Hammasi faqatgina bitta o‘yinga bog‘liq bo‘lgani uchun oldindan hech nima deb bo‘lmaydi. Asosiy vaqtdami, qo‘shimcha vaqtdami yoki penaltilar seriyasi bo‘ladimi, buni bilmadim. Oldindan biladigan xususiyatim yo‘q. Har doim finallar yopiq, ehtiyotkorlik ruhida o‘tadi. Bu safargisi ham shunaqa bo‘lmasa bo‘ldi. Finalni shunchaki maza qilib ko‘raylik. Messi chempion bo‘lsa, faoliyatini tugatsa ham bo‘laveradi.

Abduvohid G‘ulomov
-  Bu yilgi jahon chempionati o‘ylaganimdan ham juda qiziq o‘tyapti. Guruh o‘yinlari ham, guruhdan keyingi uchrashuvlar ham nihoyatda qizg‘in tarzda bo‘lyapti. Favorit jamoalar – Niderlandiya, Angliya, Fransiya, Argentina kabi termalar deb o‘ylagandim. Menimcha, finalda Argentina g‘alaba qozonib, chempion bo‘ladi, degan fikrdaman. Hammasini vaqt ko‘rsatadi.

Abdurahmon Komilov
-  Ikkala terma jamoani finalga chiqishiga ishongandim. Finalga kuchli jamoalar chiqdi. O‘yinlari ham muxlislarga yoqadi. Argentinani chempion bo‘ladi, degan umiddaman.  Fikrimcha, o‘yin taqdiri 90 daqiqa ichida hal bo‘lsa kerak.

Ilhom Alijonov
-  Jahon chempionatida asosan Argentina bilan Portugaliyaga ishqibozlik qildim. Messi bilan Ronaldudan birini jahon chempion bo‘lishini xohladim. Finalda Argentinaga muxlislik qilaman. Iloji boricha barchasi 90 daqiqa ichida hal bo‘lishini xohlayman. Lekin ekstra-taymlar bo‘lsa ham yaxshi bo‘ladi.

Ahror Inoyatov
-  Mundialda men Portugaliyaga muxlislik qildim. Finalga keladigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, ekstra-taymlarda Fransiya g‘alaba qozonadi.
 
Ildar Mamatkazin
-  Menimcha, final uchrashuvida asosiy vaqtda durang qayd etiladi. Penaltilar seriyasigacha cho‘zilsa kerak. Kim yutishini bilmayman. Lekin Argentinani finalgacha yetib borishini kutmagandim. Mundial oldidan Ispaniyaga ishqibozlik qilishimni aytgandim.

Azamat Isroilov
-  Biz muxlislik qilgan terma jamoa – Portugaliya musobaqadan chiqib ketdi. Messiga qarshimiz (kuladi). Fransiya chempion bo‘ladi. U yerda Mbappe bor-ku. Xudo xohlasa, Fransiya chempion bo‘ladi.

Menimcha, finalda gollar ko‘proq bo‘lsa kerak. Argentina ham, Fransiya ham gollar urishga harakat qiladi. Balki 3-4 ta gollar ko‘rsak kerak. 3:2 yoki 4:2 hisobida Mbappe jamoasi g‘alaba qozonadi.

Malikshoh Rasulov
-  Yoshligimdan Fransiya termasiga ishqibozman. Xudo xohlasa, bu jamoa g‘alaba qozonadi. Fransiya asosiy vaqtning ichida hal qilib olsa kerak. Aynan fransuzlarni finalga chiqishini kutgandim. Chunki chempionatda ham ularni favorit deb hisoblaganman. Lekin finalda Fransiya bilan Braziliya to‘qnash kelishini kutgandim. Argentina termasini finalda o‘ynashini o‘ylamagandim.

Sherzod Esonov
-  Jahon chempionati finaliga Fransiya emas, balki Portugaliya chiqishini taxmin qilgandim. Hal qiluvchi uchrashuvda Argentina bilan Portugaliyani ko‘rmoqchi edim. Lekin portugallar finalgacha yetib kela olmadi. Finalda Fransiyaga muxlislik qilaman. 90 daqiqa ichida hammasi hal bo‘lsa kerak.

Suhrob Berdiyev
-    Yoshligimdan Argentinaga va Messiga muxlislik qilardim. Shu jamoani jahon chempioni bo‘lishini kutyapman. Albatta, Argentinani yutishini xohlayman. Fikrimcha, asosiy vaqtda 2:1 hisobida g‘alaba qozonsa kerak.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 10:18, 18.12.2022. O'qildi: 1932 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Швеция Yasin Ayyari 2
2 АҚШ Folarin Balogan 2
3 Германия Kay Xavers 2
4 Тунис Omar Rekik 1
5 Швеция Viktor Dyokeresh 1
6 Швеция Mattias Svanberg 1
7 Германия Jamol Musiala 1
8 Германия Nataniel Braun 1
9 Германия Deniz Undav 1
10 Қатар Bualem Xuxiy 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик