Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bugun Messi futbol adolat qo‘lida jon berishi uchun harakat qiladi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Qatar-2022
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bugun «Lusail» stadionida jahonning eng kuchli terma jamoasi aniqlanadi. Bir qarashda Argentina va Fransiya juftligidan favoritni aniqlash qiyindek - lov etib ko‘ringan, birini ikkinchisidan ustun qo‘yadigan xususiyat deyarli mavjud emasdek ular orasida. Hatto turli xil portallar tomonidan chiqarib boriladigan statistik ma’lumotlar ham tarozining bir pallasini yaqqol bosib bera olmaydi. O‘zaro o‘yinlarga to‘xtalar ekanmiz, rasmiy bahslarda bu jamoalar 5 marta to‘qnash kelgan va ularning to‘rttasida janubiy amerikaliklarning qo‘li baland kelganini ko‘rish mumkin. Fransuzlar so‘nggi JCHning nimchorak finalidagina Argentinani mag‘lub eta olgan - 4:3.

Bu safar endi ular yana mundialda to‘qnash kelmoqda, faqat yirikroq bosqich - finalda. Bu yerda yo‘qotiladigan hech narsa yo‘q, barcha rezervlar ishga solinadi. Bevosita o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsak, «uch ranglilar» tarkibida negadir hal qiluvchi uchrashuv oldidan kutilmagan yo‘qotishlar sodir bo‘lmoqda: dastlab 3-4 futbolchida shamollash alomatlari ko‘zga tashlangan edi. Biroq keyinchalik bu masala deyarli hal etildi. Buning ustiga jurnalistlar «o‘lganning ustidan tepgan» qabilida Deshamdan tinmay Benzema haqida so‘rashni davom ettiryapti, ularning munosabatlarini suv yuzasiga chiqarish yo‘lida qo‘lidan kelgan hamma ishni qilmoqda. Ammo ayyor Desham bu borada hecham sir boy bergani yo‘q.

U savolni yopiqligicha qoldirishni maksimal uddalayapti. Bu yog‘i Karimning o‘z qo‘lida qolgandi: andisha ostonasidan o‘tib finalda o‘ynaydi, yoki bo‘lmasa sheriklari pishirgan oshdan uzoqroq bo‘ladi. U ikkinchisini tanladi. Uning maydonga tushmasligi ayni paytda jamoa muhitiga plyus bo‘lsa bo‘ladiki, aslo zarar keltirmaydi. 5 ta gol urgan Mbappe, 4 ta gol urgan Jiru, 3 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan Grizmanlardan qay biri unga issiq o‘rnini bo‘shatgisi keladi deysiz? Bizningcha ham hammasi o‘z o‘rnida qolgani yaxshi. Benzemasiz Fransiya eyforiyalardan xoli, sergak tortgan, mag‘lubiyat hidini unutmaydigan jamoa bo‘lib shakllandi. Qolgan feyk xabarlar esa Deshamning aqlli hiylasi bo‘lib chiqdi, u o‘yindan oldin birinchi yurishni amalga oshirdi...

Opta ma’lumotlariga ko‘ra zarba, vaziyat yaratish va zarbaga sharoit yaratish borasida Messi, Grizmann, Mbappe hamda Teo Ernandes yuqori o‘rinlarni egallaydi. Turnir to‘purarlari va assistentlari orasida ham aynan shu ikki yurt vakillari yetakchi. Gap uzoqroqqa borganlikda emas, mundial boshidan beri yuqorida nomlari zikr etilgan futbolchilar mehnatdan charchagani yo‘q. Qaysi jamoa yutsa ham g‘alabaga haqli ersa ajab emas. Argentinani boshida ko‘pchilik asosiy favoritlar qatoriga qo‘shmadi. Mukammal tarkibni muvozanatga solish, bir jamoa uchun o‘ynashni yig‘ishtirish va hokazo.

Biroq yakunda Skaloni eng aqlli murabbiylardan ekanini isbotladi. Har bir o‘yinga antiterror ishlab chiqdi, raqibga qarab moslashdi, xorvatlarni ularning o‘z uslubida yengdi, niderlandlarni metin iroda bilan taslim etdi, autsayderlarga qarshi juda xotirjam turib berdi. Buning ustiga Messi o‘yindan o‘yinga yayrab harakat qilmoqda, avvalgi mundiallardan ham ko‘ra ko‘proq muhabbatini namoyish etmoqda jamoasiga, bu samimiy muhabbatdan, qotil ijroga aylanib ketyapti. Leoda sovuqqonlik va xotirjamlik mukammal tarzda qorishib ketgan. U jahon chempioni bo‘lishni hammadan ko‘proq xohladi. Bugun Messi jahon kubogini olsa, bundan faqatgina futbol yutadi. Tan olaylik, u chempionlik yo‘lida hammadan ko‘ra haqliroq o‘yin namoyish etdi.

Rosariodagi bir bolakay orzusi, Maradona ruhi, yirik ummondagi kichik bir kemtikning to‘lishi va butun boshli munozaraga chek qo‘yilishi uchun ham Bugun u zafar quchishi kerak, aks holda tarix uni kechirmaydi.

Kiritildi: 15:32, 18.12.2022. O'qildi: 3360 marta. Fikrlar: 37 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик