Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 17 43
2 Real Madrid 17 39
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 17 34
5 Espanyol 16 30
6 Betis 16 25
7 Atletik Bilbao 17 23
8 Selta 16 22
9 Sevilya 16 20
10 Xetafe 16 20
11 Elche 16 19
12 Alaves 16 18
13 Rayo Valyekano 16 18
14 Malyorka 16 17
15 Real Sosyedad 16 16
16 Osasuna 16 15
17 Valensiya 16 15
18 Jirona 16 15
19 Real Ovyedo 16 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

JCH yulduzlari hayot so‘qmoqlari

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Qatar-2022
Rukn: Yangiliklar
A A A

Qatar mundialida vatani sharafini himoya qilgan barcha futbolchilarni hech ikkilanmay sayyoramizning yetuk sportchilari deyish mumkin.

 Ular o‘z mahoratlari evaziga 4 yillikning Bosh turnirida qatnashish huquqiga ega bo‘ldilar. Biroq bu yigitlar ham ko‘pchilik kabi bolalik paytlaridan boshlaganlar: sport maktablariga qatnashgan, mahorat sirlarini o‘rganishgan, yiqilib qadlarini tiklashgan, maqsad sari intilishgan.

«Chempionat» o‘zining maxsus loyihasida JCH-2022 ishtirokchilari orasidagi eng sara futbolchilarning nufuzli turnirgacha bosib o‘tgan yo‘llari haqida hikoya qiladi.

Krishtianu Ronaldu

Bu futbol afsonasi Portugaliyaning Madeyra orolida dunyoga keldi. 8 yoshga chiqqanida, otasi Krishtianuni o‘zi ishlaydigan «Andorinya» akademiyasiga olib keldi. Ikki yildan keyin bolakay «Nasyonal» maktabiga, 1997 yilda esa Lissabonning «Sporting»iga o‘tdi. Bolaligida Ronalduni «Abelinya» (Asalaricha), deb chaqirishardi. O‘zi mittigina bo‘lishiga qaramasdan, o‘ta mehnatsevarligi uchun u shu nomni olgandi.

«Sporting»dagi jamoadoshlari Ronalduni o‘zgacha shevada gapirishi uchun mazax qilishar, u har kuni kechqurun onasiga qo‘ng‘iroq qilib, uyga olib ketishini so‘rardi. Keyinchalik futbolchi shunga o‘xshash qiyinchiliklar uni toblagani va «MYU»ga o‘tganida muhitga moslashishida yordam berganligini aytgandi. Lissabon klubida u atigi bir mavsum to‘p surib, keyin Aleks Fergyuson jamoasiga yo‘l oldi. Manchesterda Ronaldu ulkan sovrinlar kolleksiyasiga ega bo‘ldi, eng muhimi - 23 yoshda «Oltin to‘p» sohibi bo‘ldi.

2009 yilning yozida Ronaldu «Real»ga o‘tdi, uning taqdimot marosimiga 80000 muxlis tashrif buyurdi. «Qirollik klubi» bilan u YECHLda 4 marta g‘olib chiqdi va shuncha «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritdi. Keyinchalik «Yuventus» va «MYU»da to‘p surdi. Qatardagi JCHda futbolchining klubsiz qolgani ma’lum bo‘ldi. Keyin Saudiyaning «Al-Nasr» jamoasiga o‘tishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Lekin buni rasman tasdiqlaydigan hujjat yo‘q.

2016 yilda futbolchi Portugaliya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempioni bo‘ldi. Biroq uning hisobida jahon chempioni unvoni yo‘q.

Lionel Messi

Argentinalik afsona Rosario shahrida tavallud topgan. 5 yoshga chiqqanida, bolakayning yuksak salohiyatiga shubha qilmagan yagona shaxs - buvisi Leoni «Grandoli» klubiga yetaklab borgandi. Afsuski, 5 yildan keyin buvisi olamdan o‘tdi, Leoning futboldagi muvaffaqiyatlarini ko‘rish unga nasib etmadi. O‘z gollarini Messi qo‘llarini yuqoriga ko‘targan holda nishonlashining sababi ham shundan.

8 yoshga chiqqanida Messi «Nyuells Old Boyz» klubidan joy olib, tez orada sardorlik maqomiga erishdi. Keyin ikkita klub uchun to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘ldi - noyob iqtidor sohibini «River Pleyt» skautlari o‘zlariga og‘dirishdi.

Leo 11ga chiqqanida, shifokorlar unda o‘sish gormoni tanqisligini aniqladilar. Bir yillik davolanish uchun 11000 dollar talab etildi - bunday mablag‘ na klubda, na bolakayning ota-onasida bor edi. Ilojsiz vaziyatda qolgan Messining otasi o‘g‘liga qiziqish bildirgan «Barselona»ni eslab qoldi va Leo bilan Ispaniyaga yo‘l oldi.

Kataloniya grandi Leoning barcha harajatlarini o‘z zimmasiga olib, oilasi bilan Ispaniyaga ko‘chirdi. Messi akademiyada tahsil olish bilan bir vaqtda o‘smirlar jamoasida to‘p sura boshladi. Bo‘lajak afsonaning eng yorqin davri aynan shu klubda o‘tdi. U 10 marta La Ligada, 4 marta YECHLda g‘olib chiqib, 7 marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritdi. Tabiiyki, bu Leo sovrinlarining to‘liq ro‘yxati emas.

2021 yilda Messi Parijga yo‘l olib, «PSJ»da to‘p surmoqda. Shuningdek, u o‘z terma jamoasi bilan Amerika Kubogi sohibi bo‘lishga ulgurdi. Shuningdek, Ronaldudan farqli ravishda, Leoning kollleksiyasida JCHning medali ham bor - 2014 yilda Argentina kumush medallarni qo‘lga kiritgandi. Biroq bu bilan cheklanmasligi aniq bo‘lgan Messi o‘zi uchun so‘nggi mundial bo‘lgan Qatar turnirida chempionlikka erishish yo‘lida bor kuch-mahoratini sarflamoqda.

Neymar

1998 yilda 6 yoshli bolakay o‘zining bo‘lajak ustozi - Betinyoning e’tiborini tortgandi: «San-Paulu»dagi plyaj futboli musobaqasida Neymarning o‘yinidan hayratda qoldim. Qum ustida yashindek yelayotgan 6 yoshli bolaning qobiliyati, chaqqonligi va koordinasiyasi har qanday mutaxassisni befarq qoldirmaydi».

Neymar 11 yoshli paytida «Santos» o‘smirlar akademiyasidan joy oldi. Keyinroq yosh iqtidor sohibi «Real» ko‘rigiga yo‘l oldi. Lekin otasi o‘g‘lining o‘z yurtida shug‘ullanishini ma’qul ko‘rdi.

«Santos»ning asosiy tarkibidagi debyutini Neymar 17 yoshida nishonladi va Yevropa grandlari e’tiboriga tusha boshladi. Biroq «Santos» barcha takliflarni rad etdi. Nihoyat, 2013 yilda futbolchi «Barselona»da to‘p suradigan bo‘ldi. Kataloniyada Neymar ikki marta Ispaniya chempioni, YECHL va UYEFA Superkubogida g‘olib chiqdi.

2017 yil yozida hujumchi «PSJ»ga futbol tarixidagi eng qimmatbaho (222 mln. yevro) futbolchi maqomida yo‘l oldi va Fransiyadagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Ammo YECHL u uchun hamon zabt etilmagan cho‘qqi bo‘lib qolmoqda. Neymar - 2016 yildagi Olimpiada g‘olibi, 2021 yildagi Amerika Kubogi turnirining finalchisi. Lekin unda ham JCH medallari yo‘q. Qatar mundialida esa Xorvatiyadan yengilgan Braziliya chorak finaldan keyin kurashni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Kilian Mbappe

Mbappe Parij yaqinidagi Bondi shaharchasida dunyoga keldi. Futboldagi ilk saboqni esa otasidan oldi, keyin mashhur Klerfontenga dadil yo‘l oldi. Tyerri Anri va Lilian Tyuram kabi afsonalar aynan shu dargohda tahsil olganlar. Garchi akademiya Mbappelar uyidan bir necha o‘n chaqirim uzoqlikda bo‘lsada, har kuni otasi uni mashg‘ulotlarga olib borardi. Ana shu ovoragarchiliklar behuda ketmadi - 13 yoshli o‘smirni «Real» o‘z safiga chorladi. Lekin yosh iqtidor otasining izmidan chiqmay, taklifni rad etdi.

Keyinchalik «Monako» 17ga yetmagan futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Chunki Mbappe kattalar bilan tengma-teng o‘ynardi.

Uzun oyoqli hujumchi nafaqat tezkorligi, balki texnik mahorati va to‘p bilan muomala qilish bobida ham boshqalardan ustun edi. Muhimi, Kilian - o‘ta sermahsul hujumchi. «Monako»ning chempion bo‘lishi va YECHLda yarim finalga qadar ko‘tarilishida uning hissasi beqiyos bo‘ldi. 2017 yilda Mbappe «PSJ»ga ko‘tarildi va Parijda ham yetakchi hujumchi maqomiga erishdi. Faoliyatidagi eng asosiy sovringa Rossiya mundialidagi g‘alaba evaziga erishdi.

Futboldagi eng yirik muvaffaqiyatga Mbappe 2018 yilda erishdi - Rossiya mundialidan jahon chempioni unvoni bilan qaytdi. Turnir yakunida uni turnirdagi eng yaxshi yosh futbolchi sifatida e’tirof etishdi.

Faoliyatidagi 2-mundialda ham hujumchi yorqin va sermahsul o‘yin ko‘rsatmoqda. Startni u Avstraliya darvozani zabt etish bilan boshlab, keyin dubl evaziga Daniya ustidan g‘alabani ta’minladi. Nimchorak finaldagi dubli tufayli Polsha musobaqani barvaqt tark etdi. Yarim final yo‘llanmasi uchun bahsda o‘zi gol urmagan bo‘lsada, jamoa muvaffaqiyatiga ulkan hissa qo‘shdi. Hozir Mbappe Qatar mundialining yetakchi to‘purari bo‘lib turibdi. 23 yoshli iqtidor sohibi nafaqat JCH-2022 turniri, balki futbol olamining eng yorqin yulduzlaridan biri ekanligiga shubha yo‘q.

Xarri Keyn

Hikoyamiz qahramonlari orasida turnirni barvaqt tark etgan 3 ishtirokchining biri. Angliyalik hujumchi doimo «Tottenxem» muxlisi bo‘lgan, bolalik yillarini suyukli klubi stadioniga qo‘shni bo‘lgan uyda o‘tkazgan. To‘g‘ri, Garri bir yil «taqachilar»ning azaliy raqibi bo‘lmish «Arsenal» akademiyasida ham saboq olgan va «to‘pchilar» tashabbusi bilan tahsilni to‘xtatgandi.

«Afsuski, Xarrini ortiqcha vazni uchun chiqarib yuborgandik. U do‘mboqqina va sekinroq harakatlanadigan bolakay edi. Shu bois, katta futbolda muvaffaqiyatga erisha olmaydi, deb o‘ylagandik. O‘shanda biz jiddiy xatoga yo‘l qo‘ygandik», - degandi «Arsenal» akademiyasining sobiq rahbari Liam Bredi.

Garri tahsil olishni «taqachilar» akademiyasida davom ettirdi va jamoaning doimiy a’zosiga aylandi. Qizig‘i, 2013 yilda u yarim yil «Lester» safida to‘p surgan va ortiqcha vazni (atigi 3 kg.) sabab murabbiy bilan kelisha olmagandi.

Keynning kolleksiyasida YECHL kubogi ham, «Oltin to‘p»ham, APLning oltin medali ham yo‘q bo‘lsada, uni zamonamizning eng yaxshi hujumchilaridan biri sifatida hurmat qilishadi. Garri - sermahsul to‘purar, klubida ham, terma jamoada ham. 2018 Angliya medallardan, Yevro,2020da g‘oliblikdan bir qadam ortda qolgandi. Qatar mundialiga u sardor maqomida va albatta, g‘alabadan umidvor holda tashrif buyurdi. Guruh bosqichida jamoadoshlarini samarali uzatmalar bilan ta’minlab, nimchorak finalda gol urishni boshladi. Garri chorak finalda Lyoris darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsada, yagona gol inglizlarni mag‘lubiyatdan qutqara olmadi.

S.RAHMONOV tayyorladi. 

Ushbu maqola “InterFUTBOL” nashrining 15 dekbr kuni sonida chop etilgandi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:25, 21.12.2022. O'qildi: 2349 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 17
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Эльче Rafa Mir 6
8 Барселона Rafinya 6
9 Леванте Karl Etta-Eyong 6
10 Бетис Kucho Ernandes 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.