Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 15.01.2026 00:45
      • Inter
      • 1:0
      • Lechche
      • 15.01.2026 22:30
      • Verona
      • 2:3
      • Bolonya
      • 16.01.2026 00:45
      • Komo
      • -:-
      • Milan
      • 17.01.2026 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Atalanta
      • 17.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Inter
      • 17.01.2026 22:00
      • Napoli
      • -:-
      • Sassuolo
  • AFC U-23
      • 16.01.2026 16:30
      • Yaponiya
      • -:-
      • Iordaniya
      • 16.01.2026 20:30
      • Vyetnam
      • -:-
      • BAA
      • 17.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • -:-
      • Xitoy
      • 17.01.2026 20:30
      • Avstraliya
      • -:-
      • Janubiy Koreya
  • La-liga
      • 17.01.2026 01:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Jirona
      • 17.01.2026 18:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Levante
      • 17.01.2026 20:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 17.01.2026 22:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 17.01.2026 17:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 17.01.2026 20:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Brentford
      • 17.01.2026 20:00
      • Lids
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.01.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Byornli
      • 17.01.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.01.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Vest Xem
      • 17.01.2026 22:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 20 46
2 Milan 20 40
3 Napoli 20 40
4 Yuventus 20 39
5 Roma 20 39
6 Komo 20 37
7 Atalanta 20 31
8 Bolonya 20 30
9 Lasio 20 28
10 Udineze 20 26
11 Sassuolo 20 23
12 Torino 20 23
13 Cremonese 20 22
14 Parma 20 22
15 Jenoa 20 19
16 Kalyari 20 19
17 Lechche 20 17
18 Fiorentina 20 14
19 Piza 20 13
20 Verona 20 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Udineze 2-2 Piza
20-тур Komo 1-1 Bolonya
20-тур Roma 2-0 Sassuolo
20-тур Atalanta 2-0 Torino
20-тур Lechche 1-2 Parma
20-тур Fiorentina 1-1 Milan
20-тур Verona 0-1 Lasio
20-тур Inter 2-2 Napoli
20-тур Jenoa 3-0 Kalyari
20-тур Yuventus 5-0 Cremonese

Navbatdagi o'yinlar.

16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tarix: «O‘yga qaytmay qo‘yaveringlar!»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Qatar-2022
Rukn: Yangiliklar
A A A

1974 yilda Zair terma jamoasi ilk marta JCHda ishtirok etish sharafiga muyassar bo‘lgandi.

G‘arbiy Germaniya mezbonligida o‘tgan mazkur mundial arafasida esa, jamoa Afrika millatlar ligasi g‘olibiga aylanib, katta shov-shuvga sababchi bo‘lgan, finalda Zambiyani 2:0 hisobida mahv etgandi.

JCH boshlanishidan 3 yil avval mamlakatda sezilarli o‘zgarishlar yuz bergandi. Diktator Mobutu Sese Sekoning buyrug‘iga binoan, Kongo Demokratik Respublikasi Zair nomini oldi. Aynan Mobutu davrida terma jamoa jiddiy muvaffaqiyatlarga erishdi, lekin tez orada og‘riqli omadsizlikka duch keldi.

O‘yinchilarga mukofot pullari berilmadi, ammo JCHdan keyin berishni va’da qilishdi

Diktator terma jamoaga katta umid bog‘lagandi. Zair g‘arbiy Germaniyada dastlabki qora tanli Afrika jamoasi maqomida maydonga tushdi. Qur’a natijalariga ko‘ra, jamoa Braziliya, Yugoslaviya va Shotlandiya bilan bir guruhdan joy oldi.

Terma jamoa yugoslaviyalik Blagoye Vidinich rahbarligida faoliyat yuritgan, Mobutu bu mutaxassisni Marokash terma jamoasidan sotib olgandi. Mutaxassis zairlik futbolchilarning to‘p bilan mohirona muomalasidan hayratda qolgani, lekin intizom o‘ta sust ekanligini aytgandi. Mashg‘ulot paytida yomg‘ir boshlanib qolsa, o‘yinchilar qochib ketisharkan. Ulardagi yog‘ingarchilikdan qo‘rquv hissini mutaxassislar yenga olmadilar.

Zairliklar JCH-1974da muvaffaqiyatli to‘p surishlariga ishonganlar juda oz edi. Jamoa amaldagi jahon chempioni va Yevropaning kuchli jamoalari bilan kuch sinashishi lozim edi. Mobutu jamoaning jangovar ruhini ko‘tarishga urindi: turnirdagi muvaffaqiyat uchun ulkan mukofot pullari - avtomobillar va yer uchastkalarini va’da qildi. To‘g‘ri, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgani uchun pul bermadi, lekin turnirdan keyin yanada ko‘paytirib berishini aytdi. Futbolchilar bir umrga farovon hayot kechirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Faqat buning uchun ulardan musobaqada yaxshi natijalarga erishish talab etilardi.

Zair guruh uchrashuvlarida mag‘lubiyatga uchradi, birorta gol ura olmadi

Afrika vakili dastlabki uchrashuvni Shotlandiyaga qarshi o‘tkazdi. Bu jamoa guruhdagi raqiblarning eng zaifi hisoblanardi. Biroq u Zair darvozasiga 2ta javobsiz gol urdi. O‘yin arafasida raqib jamoa bosh murabbiyi Villi Ormond yirik g‘alabaga gumon qilmagandi: «Agar Zairni mag‘lub eta olmasak, JCHga kelishga umuman, hojat qolmaydi».

Shotlandiyaga qarshi o‘yindan keyin zairlik futbolchilar qandaydir noxushlikni his etib, va’da qilingan mukofot pullarini talab qila boshladilar. Mutasaddilar esa moliyaviy masalani paysalga solishga urindilar.

Norozilik belgisi sifatida futbolchilar o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishdan bosh tortdilar. Mojaro tufayli Zair Yugoslaviyadan 9ta gol qabul qilib oldi. Dastlabki 18 daqiqa ichida 3 marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqach, Vidinich asosiy darvozabon o‘rniga zaxiradagi posbonni tushirdi. Biroq bu o‘zgarish samara bermadi. O‘yindan keyin murabbiydan darvozabon almashtirish sababini so‘raganlarida, «bu davlat siri» deya javob berishdan bosh tortdi. Darg‘azab bo‘lgan Mobutu agar jamoa Braziliyadan 3tadan ortiq gol o‘tkazib yuborsa, uyga qaytishga zarurat qolmasligini bayon etdi. Tabiiyki, hech qanaqa mukofot pullari xususida gap-so‘z bo‘lmadi. Jamoa oldida anchayin murakkab vazifa turardi. Chunki keyingi bosqichga chiqish uchun Braziliyani faqat g‘alaba qoniqtirardi.

O‘yinning 79-daqiqasiga qadar Janubiy Amerika vakillari Zair darvozasini 3 marta ishg‘ol etdilar, eng qiziq epizod esa sal keyinroq ro‘y berdi. Braziliya raqib darvozasidan 20 metrlar chamasi uzoqlikda jarima zarbasini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi. Rivelino o‘ta xotirjamlik bilan to‘pni o‘rnatib, paralel ravishda jamoadoshlariga ko‘rsatmalar berdi. Hakam hushtagi chalinib, braziliyalik futbolchi to‘p tomon yugura boshladi. Shu payt «jonli devor»da turgan zairlik futbolchi ham oldinga yugurib, to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. Bu Ilunga Mvepu edi.

O‘sha lavhadan keyin 2ta taxmin paydo bo‘ldi. Birinchisi, o‘yin qoidasini yaxshi bilmagan afrikaliklar hakam hushtagidan keyin to‘pni oldinroq yetib kelgan futbolchi tepadi, degan qarorga kelishgan. Ikkinchisi - Mvepu shunchaki, Braziliya 4-golni urishidan qo‘rqqan.

Oradan bir necha yil o‘tgach, Mvepuning o‘zi asl haqiqatni bayon etdi: «Meni o‘ta oddiy o‘yin qoidasini bilmaydigan kaltafahmga chiqarib qo‘yish noto‘g‘ri. Men bu ishni ongli ravishda amalga oshirdim. Barcha mukofot va siylovlar tribunada o‘tirgan rahbarlarga berilishini tushunib yetgach, bor kuchim bilan o‘ynashni istamadim. Ochig‘ini aytganda, hakam meni o‘yindan chetlatishiga umid qilgandim. Biroq u sariq kartochka bilan cheklanib qo‘ya qoldi».

Futbolchilarga xorijda o‘ynashni taqiqlashdi, ular qashshoqlikda qoldilar.

Zair terma jamoasi futbolchilari o‘z vatanlariga quvg‘indilar maqomida qaytdilar. Jamoani aeroportda hech kim kutib olmadi, o‘yinchilar uylariga yo‘lovchi mashinalarda yo‘l oldilar. Ajratilgan mukofot pullarini FF amaldorlari bo‘lib olishdi.

«Uyga millionerlar sifatida qaytamiz, deb xato qilgan ekanmiz. Amalda ishsiz qashshoqlar maqomida qaytdik», - degandi keyinchalik Mvepu.

Xorijda to‘p suradigan futbolchilarga Zairga qaytishni buyurishdi. Legionerlar uchun bu o‘ta og‘ir zarba bo‘ldi. Chunki mahalliy chempionatdagi maoshlar juda oz, ro‘zg‘or tebratishga yetmaydigan darajada edi. Diktator Mobutu esa terma jamoaga JCH-1978ning saralash bosqichida ishtirok etishni taqiqladi. U mazkur qarorini 2-marta sharmanda bo‘lishni istamasligi bilan izohlagandi.

Shu tariqa zairlik futbolchilar o‘ta og‘ir sharoitga tushib qoldilar. Ular tom ma’noda ko‘chada qolishgani bois, tilanchilik evaziga och-nochor kun ko‘rdilar. Eng omadli futbolchilar taksi haydovchisi bo‘lishdi, ko‘pchilik turli kasalliklarga chalinib, yorug‘ dunyoni barvaqt tark etishdi. Shu sababli JCH-1974 Zair (sobiq Kongo DR) tarixidagi yagona mundial bo‘lib qoldi. Biroq uning ishtirokchilari hurmat-ehtirom va moddiy manfaat o‘rniga ochlik va nochorlikka duchor bo‘ldilar.

 S.RAHMONOV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:43, 22.12.2022. O'qildi: 2284 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Ювентус Kenan Yildiz 7
4 Милан Rafael Leau 7
5 Верона Gift Orban 7
6 Интер Xakan Chalxanoglu 7
7 Болонья Rikkardo Orsolini 7
8 Болонья Santyago Kastro 6
9 Наполи Rasmus Xeylund 6
10 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.