Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Zlatan Ibragimovich: «Shunchaki, yuragimdan chiqqanini ko‘rsataman...»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Mag‘rur va «qarimas» Zlatan Ibragimovich yaqinda Rai 1 telekanalining Stanotte a Milano ko‘rsatuvi mehmoni bo‘lib, italiyalik taniqli teleboshlovchi va ilm-fan targ‘ibotchisi Alberto Anjela savollariga javob berdi.

Ibra jumladan, suhbat davomida doimgidek, o‘z tabia­tiga mos tarzda ta’kidladi: «Hayotda hech nimani oldindan rejalashtirmayman, xususan, maydonda ham shunchaki, yuragimdan chiqqanini ko‘rsataman hamisha».

- «Milan» va «Inter» safida o‘ynash asnosida Milan shahri sport tarixidan joy oldingiz. «San Siro»dek azim stadionda har ikki klub uchun o‘ynash qanday?

- Hammasi juda ta’sirli hattoki, men uchun ham. Mana, futbolchilik faoliyatimning 8-9 yilini shu arenada o‘tkazdim. Bu vaqt davomida buyuk chempionlar bilan birga o‘ynash, katta murabbiylar qo‘l ostida ishlash baxti nasib etdi. Eng muhimi, «San Siro»da nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritdim. To‘g‘risi, barchasini so‘z bilan ifodalash qiyin. Hozirgi fakt esa o‘zgarmaydi: bu yerda o‘ynash barobarida ikkinchi uyimga aylangan shahar bilan topishdim.

- To‘g‘risini ayting, gollarni nishonlash masalasida alohida tayyorgarlik ko‘rganmisiz biror marta?

- Aslo. Har bir golning o‘z lahzasi bor - zarbangizdan keyin to‘p darvozadan joy olsa, tanangiz birdan yayraydi, allanechuk holatga tushasiz. Shunda ichingizni qamrab olgan va nimaligini o‘zingiz ham to‘liq anglab yetmagan narsani muxlislar bilan baham ko‘rishni xohlaysiz. Shu tariqa golni nishonlash sahnasi yuzaga keladi. Bunda barchasi mutlaqo tabiiy, har holda, shaxsan menda shunday. Gohida tribunalardagi biror bolakay yoki ashaddiy fanatni topib, unga qaragancha bor hissiyotlarimni yuzaga chiqaraman. Hattoki, o‘yin harakamiga nigoh tashlab ham shunday qilishim mumkin. Qisqasi, hayotda, ayniqsa, maydonda hech nimani oldindan rejalashtirmayman, shunchaki, yuragimdan otilib chiqqanini boricha ko‘rsataman. Quvonchli lahzalarda hammani bag‘rimga bosgim keladi, biroq 80 ming odamni quchoqqa olish imkonsiz-da (kuladi).

- Bilamizki, jang san’atiga beparvo emassiz. O‘zi bunga ishtiyoq qachon tug‘ilgan?

- Yoshligimda taekvondo bilan jiddiy shug‘ullanganimni ko‘p bora aytganman. Ba’zan futbolga xos bo‘lmagan harakat evaziga gollar urishim o‘sha mashg‘ulotlar mahsuli, menimcha. To‘g‘ri, bunaqasida sehr ulushi ham bor, albatta.

- Xo‘sh, hozirgi kunda Milan shahri siz uchun avvalo, nimani anglatadi?

- Ko‘p yillar shu shaharda yashadim. Milan allaqachon men uchun ikkinchi uydek bo‘lib qolgan. Kun kelib, bu yerdan ketishga majbur bo‘lsam, shahardan qanday ko‘ngil uzaman - bunisi qorong‘u. Zero, Milanda qalbimga yaqin maskanlar bilan tanishdim, o‘zimni xuddi jonajon uydagidek his qilishimga sharoit yaratgan insonlar qurshovida bo‘ldim. Hammasi bir-biriga uzviy bog‘liq. Qisqasi, bu yerda o‘zimni har jabhada  o‘ta qulay sezaman. Ehtimol, futboldan nafaqaga chiqqanimdan keyin ham muqim yashash uchun shu yerda qolarman... Menimcha, hozirga kelib, bu hech kimga sir ham emas.

- Futbolga ko‘ngil bergan yigit-qizlarga qanday maslahat bera olasiz?

- Eng muhimi, qalbingizga yaqin yumush bilan shug‘ullaning. Boshqalar uchun emas, hammasini o‘zingiz uchun qilishingiz lozim, yana salohiyatingizga aslo shubhalanmang. Aynan ichki ishonch sizga uzoq vaqt yordam beradi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:34, 04.01.2023. O'qildi: 1059 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик