Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Endi Mbappe va Xoland raqobati (statistika)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Mana, 2023 yil boshlandi va yevrofutbolda «qaynoq» o‘yinlar to‘xtagani yo‘q. Lekin quyida biz bilan xayrlashgan 2022 yil haqida gaplashamiz. Xo‘sh, tarixga aylangan yilda yevrofutbolni asosan kimlar yorqinlashtirishdi?

ESKI RAQOBAT

Golga assistentlik qilish bobida hamon uzatmalarning ikki buyuk ijrochisi oldinda - Lionel Messi va Kevin de Bryuyne. Bunda «PSJ»ning argentinalik yulduzi yil yakuni bo‘­yicha «Manchester Siti»ning belgiyalik yetakchisini 2ta assist darajasida ortda qoldirdi. Alohida e’tiborga oling, samarali uzatmalar soniga futbolchilarning milliy jamoalaridagi natijalari ham kiritilgan.

YANGI RAQOBAT 

2022 yil to‘purarlari reytingida Kilian Mbappe va Erling Xoland raqobati yuzaga keldi. To‘g‘ri, PSJ» vakili yakunda norvegiyalikni 10ta golga ortda qoldirdi. Ammo Xoland bunga ko‘nmasligi tayin. Har holda, u «Manchester Siti» safiga qo‘shilganidan buyon gol urishdan to‘xtayotganini yo‘q. Golleadorlarning top-ro‘yxatida Robert Levandovski, Lionel Messi va Karim Benzkema kabi faxriylarga ham joy topilgani e’tiborga molik holat, albatta.

YOSHLAR TO‘LQINI 

21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarga qarasak, «Arsenal»ning umidbaxsh o‘yinlarida o‘zini ko‘rsatayotgan Bukayo Saka yil davomida 11ta goli yoniga 9ta samarali uzatma qo‘shib qo‘ydi. «Gol+pas» tizimi bo‘yicha Jamol Musaila («Bavariya») angliyalikning asosiy ta’qibchisiga aylandi - 18 ochko

PENALTISEVAR KARIM!

«Real»da bosh goleadorlik rolini bo‘shatishni xayoliga ham keltirmayotgan Karim Benzema yil davomida La Liga o‘yinlarida penaltidan 9ta gol urdi - bu Yevropaning kuchli 5ta chempionatida eng yuqori natijadir. Aslida fransiyalikning bu boradagi statistikasi yanada yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi. Deylik, Karim 1ta o‘yinda 2ta penaltini ko‘kka sovurgan paytlar ham kuzatildi.

«OFSAYD» CHIZIG‘IDA...

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe 2022 yil davomida Liga 1 o‘yinlarining o‘zida 38 marta «ofsayd» holatiga tushdi. Bu uning o‘yindan tash­qari vaziyat chizig‘i ustida harakatlanishidan dalolat. Shuningdek, «Atletik» hujumchisi Inyaki Uilyams va «Kdineze» vakili Jerar Delofeu ham «ofsayd»dan qochishga ko‘p urinadi.

APL-2022/2023da asosiy 4ta ko‘rsatkich bo‘­yicha «Manchester Siti» oldinda. Biroq turnir jadvalining yuqori nuqtasi «Arsenal»ga tegishli. Ha, APLda gohida eng yaxshi to‘purar va assistentga ega bo‘lib, eng ko‘p gol urgan va uzatmalar masalasida dars bergan holda ham, turnir jadvali 1-pog‘onasiga chiqolmaslik mumkin.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:00, 10.01.2023. O'qildi: 4144 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик