Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi eng muhim uchrashuvlarni esladi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Intervyular
A A A

Krishtianu Ronaldu faoliyatining yangi va ehtimol yakuniy bosqichiga yaqinlashdi. Endi beshta “Oltin to‘p” sohibi Saudiya Arabistonida o‘ynaydi. Portugaliyalik futbolchi hozir 37 yoshda va uning faoliyati qachon tugasa ham, futbol tarixidagi eng yorqin o‘yinlardan biri bo‘lib qoladi.

Ronaldu sportdagi yo‘lini yana bir bor eslash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Krishtianu Live Score YouTube kanaliga intervyu berdi va u yerda faoliyatidagi eng muhim o‘yinlarni eslab o‘tdi. Keling, ularni biz ham eslab ko‘ramiz.

Moskvadagi final

Chempionlar ligasi finali, 2008 yil 21 may
“Manchester Yunayted” 1:1 “Chelsi” (6:5 pen.)
Gollar: Ronaldu, 26 - 1:0, Lempard, 45 - 1:1.

“Chempionlar ligasi finali har doim o‘zgacha o‘yindir. Bunday paytlarda yurak urishi tezlashadi. Esimda, o‘shanda men hisobni ochgandim, ammo keyin penaltilar seriyasida Petr Chex mening zarbamni yuzi bilan qaytardi. Bitta o‘yinda men uchta hissiyotni boshdan kechirdim: goldan keyin baxt, o‘tkazib yuborilgan penaltidan keyin qayg‘u va yana g‘alabadan keyin baxt. Bu ajoyib va men o‘sha o‘yinni juda yaxshi eslayman”.

Yevrodagi g‘alaba

Yevropa chempionati finali, 2016 yil 10 iyul
Portugaliya - Fransiya - 1:0
Gol: Eder, 109 - 1:0.

“Moskvadagi Chempionlar ligasi finalida bo‘lgani kabi, his-tuyg‘ular butunlay boshqacha. Baxt, qayg‘u va yana baxt. Birinchi daqiqalardanoq maydonga chiqdim va xursand bo‘ldim, keyin jarohat olib, maydonni yig‘lab tark etdim. Keyin kiyinish xonasida asablarim buzildi, tizzam ishib ketgandi.

Bu mening faoliyatimdagi eng muhim sovrindir. Siz oilangiz va do‘stlaringiz orasida o‘sib ulg‘aygan, futbolchi, erkak, ota sifatida mamlakatingiz uchun nimadir yutib olish katta baxtdir”.

Decima – “Real Madrid”

Chempionlar ligasi finali, 2014 yil 24 may
“Real Madrid” 4:1 “Atletiko Madrid”
Gollar: Godin, 36 - 0:1, Ramos, 90+3 - 1:1, Beyl, 110 - 2:1, Marselo, 118 - 3:1, Ronaldu, 120 (pen.) - 4:1.

“Ajoyib xotiralar, qo‘shimcha ravishda o‘sha uchrashuv Lissabonda bo‘lgan. Mening oilam va boshqalar xursand bo‘lishdi. Chempionlar ligasi finalida o‘z mamlakatingizda o‘ynash - bu alohida mavzu. O‘sha o‘yin xotiralari menda abadiy qoladi.

"Real Madrid"ga o‘tganingizdan so‘ng, Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish - bu qandaydir obsessiya ekanligini darhol his qilasiz. Ular har doim faqat u haqida o‘ylashadi. Avvaliga kubokni olishga ulgurmadik, yildan-yilga bosim kuchayib boraverdi. Va keyin 10-g‘alaba "Decima" bo‘ldi.

Jahon chempionatida xet-trik

JCH-2018 guruh bosqichi, 2018 yil 15 iyun
Portugaliya – Ispaniya – 3:3
Gollar: Ronaldu, 4 (pen.) - 1:0, Kosta, 24 - 1:1, Ronaldu, 44 - 2:1, Kosta, 55 - 2:2, Nacho, 58 - 2:3, Ronaldu, 88 - 3:3.

"Men yana maxsus o‘yin haqida gapirishni xohlamayman, lekin bu haqiqatan ham shunday edi! Ispaniyaga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etganingizni tasavvur qiling. Fransiyami, Germaniyami, farqi yo‘q. Hatto jahon chempionatida ham! Bunday o‘yin alohida bo‘lmasligi mumkin emas. Bunday voqealar, ayniqsa, biz uchta gol urganimizdan keyin xotirada qolmoqda”.

"Sporting" uchun birinchi gollar

Portugaliya chempionati, 2002 yil 7 oktyabr
“Sporting” 3:0 “Moreyrense”
Gollar: Kutuzov, 30 - 1:0, Ronaldu, 34 - 2:0, Ronaldu, 90 - 3:0.

“Birinchi gol alohida edi va “Sporting” hali ham yuragimda. Ajoyib xotiralar. Aytgancha, gol juda yaxshi bo‘ldi. Men endigina 17 yoshda edim”.

"Real Madrid" bilan ikkinchi Chempionlar ligasi

Chempionlar ligasi finali, 2016 yil 28 may
“Real Madrid” 1:1 “Atletiko Madrid” (5:3 pen.)
Gollar: Ramos, 15 - 1:0, Karrasko, 79 - 1:1.

“Chempionlar ligasidagi g‘alabalar xotiramda abadiy saqlanib qolgan. Atmosfera, kunning o‘zi, oiladagi kayfiyat, jamoadoshlar, o‘yindan oldingi kecha. Final haqida o‘ylaganingizda bularning barchasi esga tushadi. Bu ajoyib. O‘sha finalda men seriyadagi g‘alabali penaltini amalga oshirdim, futbolkamni yechib tashladim".

"Yuventus" bilan birinchi sovrin

Italiya Superkubogi, 2019 yil, 16 yanvar
“Yuventus” – “Milan” – 1:0
Gol: Ronaldu, 61 - 1:0.

“O‘sha uchrashuvni juda yaxshi eslayman, chunki bu mening hayotimdagi yangi sarguzasht edi. “Real Madrid”dagi 9 yillik faoliyatimdan so‘ng, 33 yoshimda “Yuventus”ga, Italiya chempioni safiga o‘tdim. "Milan" bilan o‘yinda esa jamoa bilan birinchi sovrinni qo‘lga kiritdim.

Kubokni qo‘lga kiritganingizda, bu har doim ajoyib lahzadir, chunki mavsum davomida siz nimanidir yutish, mazmunli narsaga erishish uchun boringizni berasiz. Eng muhimi - gollar, deyish oson. Ammo men kuboklarni yuqoriga qo‘yaman - ular uchun biz kurashamiz, mashq qilamiz va ko‘p vaqt ajratamiz. Yangi jamoadagi birinchi chempionlik haqida gap ketganda, bu o‘zgacha vaziyatdir”.

Kiritildi: 15:56, 15.01.2023. O'qildi: 5259 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.