Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Stefano Pioli: «Hech narsa bo‘lmagandek ko‘rinish – befoyda...»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Vaqtida barcha-barcha o‘yinlarini miriqib tomosha qilgan «Milan» hamon tiklanish jarayonida.

 Qudratli jamoani asl holatiga qaytarish missiyasini o‘z zimmasiga olgan kamtar mutaxassis - Stefano Pioli hamon izlanishda, hamon harakatda. «Rossonerlar» tiffozilariga katta umid bag‘ishlayotgan murabbiy yaqinda Sportmediaset jurnalis­tiga atroflicha intervyu berdi. Suhbat Piolining faoliyati va shaxsiy hayotini qamrab oldi.

- Stefano, 2022 yil «Milan» uchun qanday o‘tdi, sizningcha?

- Asosiysi, nufuzli g‘alaba marrasiga muddatidan oldin yetdik. Aslida futbolda yoshlarga tayansangiz, natija kelishini sabr bilan kutishingizga to‘g‘ri keladi. Biz esa deyarli bir urinishda g‘alaba qozonish uddasidan chiqdik. Shunday ekan, 2022 yilni «Milan» uchun muhim va qoniqarli davr sifatida yozib qo‘yish mumkin.

- Piolining o‘zi ham o‘zgardimi?

- Bu aniq. Sobiq shogirdlarim hozir qanday ishlayotganimni ko‘rishlarini istardim. Professional va inson sifatida o‘sish - murabbiylikning bir qismi. Menimcha, bunda menga natijasiz tajribalar ham katta yordam berdi. Xullas, ko‘p jihatlar bo‘­yicha o‘sdim. Avvalo, murabbiylik uchun muhim sanalgan taktik yechimlar topish, futbolchilar bilan munosabat o‘rnatish masalasida. Yana tashqi dunyo bilan yaxshiroq aloqa o‘rnatishni ham o‘rgandim.

- Avvalgi mavsum Jiruning «Inter» darvozasiga urgan golidan so‘ng chempionlik poygasi qayta boshlangan edi...

- Ha, o‘sha vaqt o‘zimni Massonega o‘xshatdim, har holda, ozmi-ko‘p sur’at qo‘shish evaziga chempionlik kurashiga kirishdik. Zero, bir yil oldin 2-o‘rin bilan cheklangan edik va natijani yaxshilashni xohladik. 6 ochko emas, potensial 10 ochko uchun bo‘lgan derbidan keyin kurashga qaytish... O, bunday tarzda g‘alaba qozonish naqadar yoqimli.

- Sizni endi Anchelottiga qiyoslashmoqda.

- Karlo hozir ham har tomonlama cho‘qqida. U o‘zi ishlagan barcha milliy chempionatlarda g‘alaba qozondi, ko‘plab futbolchilarni tarbiyaladi, takomillashtirdi. Unda aniq uslub,  yuqori saviya, sog‘lom fikr va aql bor. Anchelotti shaxsan men uchun eng yuqori darajali murabbiy bo‘lib qolmoqda. Uning yo‘li - boshlang‘ich marra. 

- Konte chaqiruviga munosib javob berish uchun qancha «benzin» kerak?

- Albatta, bizni CHLda o‘ta muhim va rag‘batlantiruvchi o‘yin kutmoqda. Axir «Milan» uzoq vaqtdan buyon ilk marta 1/8 finalga chiqdi. Qarang, jamoam chekiga buyuk murabbiy boshqaruvidagi ajoyib raqib bilan o‘ynash tushdi.

- «Lasio»da o‘rningizni Simone Inzagi egallagandi...

- Imkoniyat tug‘ilganida, uning mashg‘ulotlarini biroz kuzatdim. Munosabatlarimiz hamon zo‘r. Mana, oxirgi yillarda ko‘p marta raqiblar sifatida to‘qnash keldik. Muhimi, har gal bir-birimizga katta hurmat bilan qo‘l uzatdik.

- Jamoangizni skudetto uchun kurashga aynan nima ko‘proq ilhomlantiradi?

- Tashqi gaplarga hech qachon e’tibor qaratmaymiz. Hamisha avvalo, futbolchilar motivasiyasiga tayanaman. Bizga ishonmaganlarga rahmat, chunki ular shu tahlit buyuk maqsad yo‘lida oldinga intilishimiz uchun qo‘shimcha kuch bag‘ishlashdi.

- Hattoki, Stiven Chjan ham sizni maqtadi...

- Ha, bu yoqimli. G‘alabamizdan so‘ng uning o‘zi SMS-xabar jo‘natdi: «Tabriklayman janob, bunga mutlaqo loyiqsiz».

- «Olovda Pioli» qo‘shig‘i uchun «Oltin disk» sovrinini berishsa arziydi...

- Buni ta’riflash qiyin, ayniqsa, tiffozilar qo‘shiqni «San Siro»da kuylashsa. His-tuyg‘ularim juda kuchli, ammo hamisha xotirjam turish, qo‘ldan kelganicha nazoratni ushlashga harakat qilaman. Muxlislar xonishi futbolchilarni ham to‘lqinlantirib yuboradi - muhimi shu. Demoqchimanki, qo‘shiq barchamizni bog‘lab turibdi. Buni qadrlayman, albatta. Chunki hech narsa bo‘lmagandek ko‘rinishdan foyda yo‘q.

- «Bolonya» - «Inter» o‘yi­ni vaqti qayerda edingiz?

- Maldini va Massara bilan kechki tamaddiga borgandik, chunki odatlarimiz va uchrashuvlarimiz bor. Qisqasi, o‘sha o‘yinni ko‘rmadik, qo‘l telefonimizni o‘chirib, natijaga ham qiziqmadik. Tan olish kerak, «Inter»ning ochko yo‘qotgani «Milan» foydasiga ishladi, lekin chempionlik yo‘lida 86 ochko to‘plaganimiz va bunga o‘z kuchimiz bilan erishganimiz ham - ayni haqiqat.

- Otangizni qanchalik sog‘indingiz?

- Ta’riflab berolmayman. Chempionlik marrasidan ke­yin avvalo, otam haqida o‘yladim. Chunki aynan u tufayli o‘zimni hamisha xavfsiz va himoyalangandek his qilardim.

- Skudetto qo‘lga kiritilgach, onangiz nima dedi?

- Quvonchini ko‘rsangiz edi... Onam his-tuyg‘ularini to‘liq ifoda etishni xush ko‘rmaydi, aksincha, tanqid qilishga usta. Lekin o‘sha lahzada men bilan chinakamiga g‘ururlanganini yaqqol sezdim. Oilam, yaqinlarim va bir guruh do‘stlarim borki, ular meni hech qachon yolg‘izlatib qo‘yishmaydi, ijobiy holatlarda ham, salbiy voqeliklarda ham. 

- Pioli oilasi nima bilan shug‘ullanadi?

- Otam vaqtida ko‘p ishlagan. Biz 3 nafar aka-ukamiz. Onam ham ishlardi, garchi otam hamisha bunga qarshi chiqib, bizning tarbiyamiz bilan shug‘ullanishi kerakligini aytsada. Agar futbol yo‘liga kirmaganimda, pochtalyon bo‘larmidim...? Menimcha, bu meni qoniqtiradigan ish.

— O‘g‘lingiz Janmarko hozir o‘z shtabingizda ishlayapti...

- Uni bilganlar professio­nal fazilatlarini qadrlashadi - bu asosiysi. O‘ylaymanki, o‘g‘lim ertaga katta janglarga kirishish uchun kuchli irodaga ega.

- Skudettoni himoya qilishga ishonasizmi?

- Yana skudetto yutishimizga shubhalanmasligimiz kerak. To‘g‘ri, «Napoli» hozirgi shashtini pasaytirmasa, 100 ochko to‘plashi va boshqalarga «non» qoldirmasligi tayin.

- Umuman, 2023 yili ham toj kiymoqchimisiz?

- Umid bor, albatta. Har holda, klubda ambisiya katta. Oldindan qo‘l ko‘tarish yo‘q, hammadan ko‘p ochko olish va go‘zal tojni yana boshimizga qaytarish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. 

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:38, 16.01.2023. O'qildi: 821 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик