Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL klubi uchun oliyjanob homiylik

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Nihoyat, APL debyutanti bo‘lmish «Nottingem Forest» ham o‘z homiysini topdi: yangi yildan mavsum oxiriga qadar jamoa BMTning qochoqlar ishlari bo‘yicha agentligi (UVKB) logotipi tushirilgan futbolkalarda maydonga tushadi.

 Agentlik sayyoramizdagi qurolli to‘qnashuvlar va ta’qiblardan aziyat chekkan qochoqlarga yordam beradi - «Nottingem» bilan hamkorlik bu harakatni yanada jonlantiradi.


Klub sohibi bo‘lmish yunonistonlik biznesmen Evangelos Marinakis avval ham BMT bilan aloqada bo‘lgan

2013 yilda uning tasarrufidagi «Olimpiakos» (hozir ham u klub prezidenti) xalqaro tashkilotning bolalar jamg‘armasi - YUNISEF bilan hamkorlik qilgandi.

«O‘shanda biz jamg‘armaning xayriya faoliyatiga o‘z hissamizni qo‘shishga, homiylik uchun daromad olmaslikka qaror qilgandik. Biz jamoatchilik e’tiborini jamg‘armaning xayrli faoliyatiga jalb etishni maqsad qilgandik. Endi savobli ishni «Nottingem» bilan davom ettiramiz. UVKB faoliyatini mavsum yakuniga qadar boshqa loyihalar bilan birgalikda yoritib borishimizdan muxlislarimiz faxrlanishlariga umid qilaman. Xayrli tadbirimiz insoniyat jamoatchilikning nochor qatlamiga yordam berishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelayotgan davrga to‘g‘ri kelmoqda» - deydi Evangelos Marinakis.


Bungacha «Nottingem»  reklamasiz liboslarda o‘ynayotgan, Marinakis  10 mln.li taklifni 

kutgandi

O‘tgan mavsumda jamoa VOXT kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan, keyin homiy klubga manfaatliroq kelishuvni taklif etgandi. Biroq APL debyutanti yanada yirikroq taklifni kutgandi. «Sport Biznes» ma’lumotiga ko‘ra, «Nottingem» sohibi 1 mavsum uchun 10 mln. funt olishni istagandi. Elita debyutanti uchun anchayin yirik kelishuvni risoladagidek rasmiylashtirish uchun u «Nyukasl»ning sobiq direktori Li Charnlini taklif etdi. Biroq u navbatdagi muammoga duch keldi. O‘rtamiyona jamoalarga boshqalarga nisbatan kattaroq mablag‘ taklif etishi mumkin bo‘lgan bukmekerlar payt poylash pozisiyasiga o‘tib olishgandi: La Ligada ular taqiq ostida qolishgan, ingliz futboli esa bu taqiqqa shiddat bilan yaqinlashayotgandi. Mart oyida «Vest Xem» YEL doirasidagi «Sevilya»ga qarshi uchrashuvda Betway yozuvisiz futbolkalarda maydonga tushgandi.


Darvoqe, «Barsa» ham bir paytlar BMT bilan hamkorlik qilgan - 5 yil davomida YUNISEFga  1,5 mln. yevrodan  to‘lagandi

70-yillarda homiylar futbolga seldek oqib kelishdi. Inqilobni 1973 yilda Jagermeister va «Braunshveyg» kelishuvi boshlab berdi, keyin biznes futbolga seldek kirib keldi. Klublar reklamadan durustgina daromad ola boshladilar. Oxir-oqibat, 2006 yilda titul homiysi bo‘lmagan yagona top-klub - «Barselona» qolgandi. Kataloniyaliklar ongli ravishda reklamani aralashtirishni istamadilar va buni «Klubdan ko‘ra ulkanroq» shiori prinsipiga zidligi bilan izohlashgandi. To‘g‘ri, u davrda homiyning ko‘magisiz faoliyat yuritish hozirga nisbatan ancha osonroq edi. Shundan keyin muxlislar orasida makkorona nazariya paydo bo‘ldi: go‘yoki, «Barsa» boshqa jamoalardan ajralib turish maqsadida homiyning logotipi bo‘lmagan liboslarda maydonga tushadi va ko‘proq futbolkalar sotish imkoniyatiga ega bo‘lar ekan. Biroq bu nazariyani hech kim jiddiy qabul qilmadi.

Nihoyat, 2006 yilning sentyabrida hammasi o‘zgardi. 107 yillik homiysiz faoliyatdan keyin «Barsa» prezidenti Joan Laporta YUNISEF bilan kamdan-kam uchraydigan 5 yillik shartnomani imzoladi: «Barsa» bir qator tashabbuslarga ko‘ra jamg‘armaga birlashadi, homiydan pul olmaydi va yilda bir marta 1,5 mln. yevrodan (daromadning 1 foizdan ozrog‘i) to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

YUNISEF bilan imzolangan kelishuvni Laporta «tarixiy voqea», «qalb amri», ijtimoiy maqomdagi YECHL g‘alabasi» sifatida e’tirof etgandi: «Mazkur tarixiy kelishuv tashkilotimiz dunyoda «Klubdan ko‘ra ulkanroq« ekanligini tasdiqlaydi. Bizning kelajagimiz porloq, chunki biz butun dunyo bolalariga yordam beramiz».

Dastlabki yildagi mablag‘ni Svazilendga, mamlakatdagi OITSga qarshi kurashishga jo‘natildi. 2004 yilda u yerda kasallikning eng yuqori ko‘rsatkichi qayd etilgandi. Ayollarning 43 foizida test-sinovlari ijobiy natija bergan, ular orasidagi 12 foiz homilador ayollar tegishli preparatlar bilan ta’minlangandi. Shu tariqa tug‘ilajak chaqaloqlarning salomatligi saqlab qolindi.

«Barsa»ning xayriya mablag‘lari Svazilenddagi maorif va sport tizimlarini rivojlantirish evaziga bolalar hayotini yaxshilashga imkon yaratdi. BMT mutaxassislar klub yordamida mahalliy aholini OITS tarqalishini to‘xtatishga o‘rgatishdi. Bolalar va ularning onalari kerakli dori-darmonlar bilan ta’minlanishdi.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:59, 17.01.2023. O'qildi: 1515 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик