Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • 3:0
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • 2:1
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • 1:1
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • 4:3
      • Lids
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • 0:0
      • Liverpul
  • «A» Seriya
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • 0:2
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • 1:2
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • 2:2
      • Kalyari
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • 1:1
      • Jenoa
      • 10.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Piza
      • 10.01.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Bolonya
      • 10.01.2026 22:00
      • Roma
      • -:-
      • Sassuolo
  • AFC U-23
      • 08.01.2026 16:30
      • Avstraliya
      • 2:1
      • Tailand
      • 08.01.2026 19:00
      • Iroq
      • 0:0
      • Xitoy
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • -:-
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Saudiya Arabistoni
      • 10.01.2026 16:30
      • BAA
      • -:-
      • Yaponiya
      • 10.01.2026 16:30
      • Livan
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 10.01.2026 19:00
      • Eron
      • -:-
      • O‘zbekiston
      • 10.01.2026 21:30
      • Suriya
      • -:-
      • Qatar
  • La-liga
      • 10.01.2026 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 10.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Betis
      • 10.01.2026 20:15
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Alaves
      • 10.01.2026 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Osasuna
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 21 49
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 21 35
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

O'tgan o'yinlar.

21-тур Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
21-тур Bornmut 3-2 Tottenhem
21-тур Brentford 3-0 Sanderlend
21-тур Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
21-тур Everton 1-1 Vulverhempton
21-тур Fulhem 2-1 Chelsi
21-тур Manchester Siti 1-1 Brayton
21-тур Byornli 2-2 Man. Yunayted
21-тур Nyukasl 4-3 Lids
21-тур Arsenal 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01/26 Tottenhem - Vest Xem
17/01/26 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01/26 Liverpul - Byornli
17/01/26 Lids - Fulhem
17/01/26 Chelsi - Brentford
17/01/26 Nottingem Forest - Arsenal
18/01/26 Vulverhempton - Nyukasl
18/01/26 Aston Villa - Everton
20/01/26 Brayton - Bornmut

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Emireyts»ga qarab uchayotgan samolyotni Mudrik qanday qilib «Stemford Bridj»ga burib yubordi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ukrainalik futbolchi Mixail Mudrik Premyer-liganing tartib bo‘yicha birinchi jamoasiga emas, balki to‘qqizinchi klubiga yo‘l oldi. «Chelsi»ning kelasi yili Chempionlar ligasida o‘ynashi dargumon, bir necha oy ichida esa Angliya chempioni bo‘lishi mumkin emas. Angliyaning asosiy sport nashri The Athletic u haqida katta materialni e’lon qildi, unda Mudrikning nima uchun «Arsenal»da emas, balki «Chelsi»da qolgani batafsil tushuntirib berildi.

Mudrikning maoshi qancha bo‘ladi?

Haftasiga 97 ming funt. Bu «Arsenal» taklif qilganidan ko‘p. Umuman olganda, vinger yiliga 5 million funtdan ko‘proq maosh oladi va shartnoma 7,5 yilga mo‘ljallangan (yana 12 oyga uzaytirish imkoniyati bilan). Ya’ni, «Chelsi» futbolchini uzoq muddatga va klub uchun nisbatan kam maosh evaziga sotib oldi. Masalan, Ruben Loftus-CHik va Kallum Xadson-Odoi kabi o‘yinchilar unchalik muhim ahamiyat kasb etmaydi, ammo haftasiga 150 ming funtga yaqin miqdorda maosh oladi. Shu sababli ish haqlarini me’yoriy tartibga tushirish uchun «Chelsi»ning yangi egalari uzoq muddatli strategiyalar ishlab chiqqan. Masalan, 28 yoshli Rahim Sterlingning transferi bu tushunchaga qanchalik mos kelishini anglaysiz. Buni allaqachon Todd Boeli boshchiligidagi yangi rahbariyat tushungan. Shu bilan birga, angliyalik vinger Mudrikdan uch baravar ko‘p maosh oladi. Qanday bo‘lmasin, Mudrik bilan klub juda muvaffaqiyatli ish olib bordi - past maoshli futbolchi uchun uzoq muddatli shartnoma! 

«Arsenal» Mudrik transferini qanday hal qildi?

«Shaxtyor» bosh direktori Sergey Palkinning so‘zlariga ko‘ra, «Arsenal» bilan aloqalar oktyabr oyidan beri davom etmoqda. «Chelsi» futbolchi uchun kurashga bu transferdan ikki hafta oldin kirishdi. O‘shanda futbolchi yozdan beri Mudrikni maqsad qilib olgan «Arsenal»dan bir qadam ortda qolgandek tuyuldi. Pepe «Nissa»ga ijaraga berilganidan keyin ro‘yxatdagi birinchi nomzod Rafinya bo‘ldi. «Arsenal» uning uchun «Chelsi» bilan kurashayotgandek tuyuldi, ammo futbolchi «Barselona»ni afzal ko‘rdi. O‘shanda «Arsenal» e’tiborini «Vulverxempton»dagi Pedro Neto o‘ziga tortdi, biroq tez orada futbolchiga bo‘lgan qiziqish susaydi. Yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida «Arsenal» Mudrikning harakatini o‘rganishga tayyor edi, ammo Parti va Elnenining jarohatlari ularni himoyaviy yarim himoyachi izlashga majbur qildi (garchi natijada hech kim imzolanmagan bo‘lsa ham). O‘sha paytda Mudrik uchun oddiyroq summa nazarda tutilgan edi.

Qishga yaqinroq qolganda «Arsenal» Mudrik jamoa liga chempionligi uchun kurashishi kerak bo‘lgan kuch, degan xulosaga keldi. Shu darajaga yetdiki, Mudrikka har kuni «Arsenal»dan qo‘ng‘iroqlar keldi: bir qarasangiz klub sport direktori Edu, ba’zida murabbiy Arteta yoki vatandoshi Zinchenkodan. Bunday vaziyatda futbolchi uchun ligada ham peshqadamlik qilayotgan jamoadan voz kechish qiyindek ko‘ringandi. 26 dekabr kuni Mudrik hatto ijtimoiy tarmoqlarda «Arsenal» va «Vest Xem» o‘rtasidagi o‘yinni qanday tomosha qilayotganini ham e’lon qildi. Lekin bu yerda «Shaxtyor»ni ishontirish ham muhim edi.

«Chelsi» «Arsenal» bilan raqobatda qanday g‘olib chiqdi?

Todd Boeli klubi Mudrik uchun 70 million yevro to‘laydi. Yana 30 million yevro bonuslar ko‘rinishida hisobga olingan. «Arsenal»dan kelgan so‘nggi taklif summasi va ulush bo‘yicha bir xil kurash kechdi, ammo to‘lovlar tezligi bo‘yicha juda katta farq mavjud edi. «Shaxtyor» pulni avvalroq olishga qiziqdi. Bu yerda klublar birlasha olmadi. Shunday qilib, «Arsenal» yakunlanishiga yaqin bo‘lgan kelishuvga erishish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi. 

6 yanvar oqshomida «Chelsi»ning ham egasi Behdad Egbali va yangi tayinlangan direktor Pol Uinstanli Antaliyaga yo‘l olishdi. «Shaxtyor» qishki tanaffusda Turkiyada yig‘in o‘tkazmoqda. «Chelsi» vakillari bu yerga 7 yanvar kuni ertalab yetib kelishdi va Belekdagi (Antaliya yaqinidagi shahar) mehmonxonada «Shaxtyor» bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Muzokaralarda Palkin, Srna, shuningdek, Mudrik va uning vakillari ishtirok etdi.

Shu paytgacha futbolchi «Arsenal»ga o‘tishga intilardi, ammo «Chelsi» rasmiylari futbolchini muvaffaqiyatga erishish uchun etarli o‘yin amaliyoti bilan ta’minlashga ishontirishdi. «Shaxtyor» xo‘jayini Rinat Axmetov Turkiyada bo‘lmagan, biroq «Chelsi» vakillari bilan telefon orqali gaplashgan. Shuningdek, «Arsenal»ning chap qanotida 21 yoshli braziliyalik futbolchi Martinelli borligi, bu Mudrikning o‘yin vaqtiga ta’sir qilishi mumkinligi ta’kidlandi. O‘yin amaliyotiga kelsak, shanba kuni Mudrik «Liverpul»ga qarshi bahsda 90 daqiqa o‘ynashini kutmaslik kerak. Futbolchi 23 noyabrdan buyon rasmiy o‘yinlarda qatnashmayapti va unga formaga kirishi uchun vaqt kerak bo‘lishi aniq.

Kiritildi: 20:34, 20.01.2023. O'qildi: 2301 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 20
2 Брентфорд Igor Tiago 16
3 Борнмут Antuan Semenyo 10
4 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 9
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
6 Ньюкасл Bruno Gimaraes 8
7 Брайтон Denni Uelbek 8
8 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Астон Вилла Morgan Rodjers 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.