Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Azaliy muxlis suyukli jamoasiga qarshi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yaqinda «MYU» Angliya Liga Kubogi turniri chorak finali doirasida Antonining goli va Markus Reshfordning dubli evaziga «Charlton»ni mahv etdi (3:0) va o‘zi bilmagan holda ashaddiy muxlisini ham nufuzli musobaqadan chiqarib yubordi.

«Charlton» bosh murabbiyi Din Xolden bolalik davridan beri «qizil iblislar» muxlisi. Mazkur uchrashuv murabbiy Xolden uchun sevimli jamoasi bilan dastlabki diydorlashuv emas.

O‘z vaqtida o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasida to‘p surgan Din Xolden hozir 43 yoshda. U 2-3-ligalarda o‘ynagan, 2 marta xorijga chiqib, Islandiyada «Valyur», Shotlandiyada «Falkirk» jamoalari sharafini himoya qilgan. Futbolchilikdan keyin «Oldxem» va «Bristol Siti» jamoalarini boshqardi, 2022 yil dekabrida «Charlton»ni qabul qildi.

Yaqin o‘tmishda bo‘lib o‘tgan bellashuvni balki unutmagandirsiz - 2017 yilda «Bristol Siti» Liga Kubogining chorak finalida «MYU»ni mahv etgan, Zlatan Ibragimovichning goli «qizil iblislar»ni mag‘lubiyatdan qutqara olmagandi. G‘olib jamoa bosh murabbiyi Li Jonson kasbdoshi Joze Mourinyoga sharob sovg‘a qilish uchun qizining aqchadonini sindirishga majbur bo‘lganligini qistirib o‘tgandi.

O‘shanda Din Xolden Jonsonning assistenti edi. U hayotining katta qismini «Old Trafford» abonementi bilan o‘tkazgani, stadionga otasi bilan qatnaganini gapirib bergandi: «Otam keyingi bosqichda «MYU»ga qarshi biz maydonga tushishimizni orzu qilgandi. U «qizil iblislar»ning 60 yildan ko‘proq stajga ega bo‘lgan muxlisi».

Final hushtagi yangraganidan keyin Din otasi o‘tirgan tribuna tomon yugurib, uni quchoqlab oldi: « U ho‘ngrab yig‘lardi. Bilmayman, bu «MYU»ning mag‘lubiyati tufaylimi yoki bizning g‘alabamiz sharafiga. Menimcha, har ikkisi uchun bo‘lsa kerak!»

Ten Xag Xoldenga sharob sov­g‘a qildi va bazaga taklif etdi. Oradan 5 yil o‘tgach, fanat va klub yana uchrashishdi. Endi Xolden bosh murabbiy maqomida keldi. U yangi lavozimni egallagan kunning ertasiga, ammo uning ishtirokisiz «Charlton» «Brayton»ni penaltilar seriyasida Liga Kubogi turniridan chiqarib yubordi. Yana 2 kundan keyin «MYU»ga qarshi maydonga tushishi ma’lum bo‘ldi.

«MYU»ga qarshi bellashuvdan keyin Xolden o‘z shogirdlari bilan faxrlanishini e’tirof etib, kasbdoshi ten Xagning yuksak bahosini ham ta’kidlab o‘tdi: «U jamoamiz yoshlari sermazmun o‘yin ko‘rsatishganini e’tirof etdi. Bu menga qo‘shimcha faxr hissini baxsh etdi».

Murabbiy o‘zaro muloqotdan ham mamnun bo‘ldi: «U bilan 10-15 daqiqa suhbatlashdim. Endi uni yanada ko‘proq hurmat qilaman. Turnirda «MYU» g‘olib chiqishini istayman».

VVSning mavzuga oid qo‘shimchasi:

Ten Xag Xoldenni «Karrington» klubiga taklif etib, u yerda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirdi. Uchrashuvdan keyin esa kasbdoshiga o‘zining dastxati tushirilgan «MYU» futbolkasini sovg‘a qildi. Xolden «MYU» tarkibida maydonga tushmagan, ammo «Bolton»ning mashg‘ulotlariga «MYU» libosida kelgandi. Dinning otasi va amakisi uzoq yillar davomida «Old Trafford»da styuard bo‘lib ishlashgan, otasining amakivachchasi hozir ham ishlamoqda. «MYU» - «Charlton» uchrashuviga 28 nafar qarindoshlari kelishini oldindan bilgan Xolden ular uchun 28ta chiptani tayyorlab qo‘ygandi.

The Athletic va «MYU»ning rasmiy sayti ma’lumotlari:

• Xolden «MYU»ni 5 yoshli paytida, jamoa Angliya Kubogi-1985 turniri finalida Norman Uaytsaydning 110-daqiqadagi goli evaziga «Everton»ni mahv etganida sevib qolgandi. Kevin Moran maydondan chetlatilganda bolakay yig‘lagan, biroq «MYU» 10 nafar o‘yinchi bilan g‘alabaga erisha olgandi. Xoldenning otasi esa totalizatorda kattagina mablag‘ni yutib olgandi. Xolden o‘sha paytda «MYU»ni besh yil yevrokubok musobaqalarida ko‘ra olmasligini bilmasdi - ikki haftadan keyin «Eyzel»da yuz bergan fojia tufayli ingliz klublarini xalqaro turnirlardan chetlatishgandi.

• Din «MYU»ning safar uchrashuvlarini tomosha qilish uchun bir necha marta maktabga bora olmagani, «Old Trafford» chiptasini xarid qilish uchun tunda navbatda turganligini, 1994|2095 yillar mavsumida YECHL doirasidagi «Barselona»ga qarshi bahsda Li Sharp oyog‘ining tovoni bilan urgan nafis golini bollboy sifatida maydon chetidan tomosha qilganini hikoya qilgandi. O‘shanda Sharp muvozanatni tiklab (2:2), «MYU»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgandi.

• «Stretford End»dagi Xoldenning joyiga uning nomi yozib qo‘yilgan. Buning sababi shuki, Din 30 yildan ko‘proq vaqtdan beri abonement bilan yuradi. «25 yillik marradan o‘tgan muxlisning nomini u o‘tirgan o‘rindiqqa yozib qo‘yishadi. Men «Bolton» o‘yinchisiga aylanganimda, otam meni ogohlantirgandi: «agar abonementni olmay qo‘ysang, keyin uni qaytarib olishning iloji bo‘lmaydi» Shu sababli abonement bilan hamkorlikni davom ettirdim. Vaqti kelganda, undan akam yoki amakim foydalanishgan», - deydi Xolden.

Uchrashuv boshlanishi arafasida murabbiy kuchli hayajonda edi: «Er osti yo‘lidan chiqib, «Stretford Edn»ni ko‘rish, yon yo‘lakdan o‘tish - o‘ta hayratlanarli lahzalar. Muxlis sifatida ularni bir necha yuzlab marotaba qo‘llab-quvvatlaganman, butun mamlakatni kezib chiqqanman». Yana bir boshqa maqsad ham yo‘q emasdi: «Ser Aleksga duch kelishdan umidvorman. U bilan hech bo‘lmaganda bir daqiqa ko‘rishsam, birgalikda suratga tushsam, armonim qolmasdi».

Jurnalist Eddi Mittenning tvitterdagi xabariga binoan, bundan sal avvalroq Xoldenni otasi avtobus yonida kutib olgan, qo‘lida 3 yil avval vafot etgan onasining surati bor edi.

Xoldenning kelajakdagi rejasi - jon saqlab qolish uchun kurash

«Charlton» hozir Angliyaning 1-divizionida to‘p surmoqda. Xolden kelganidan keyin jamoa ancha o‘zini o‘nglab oldi, hozir 12-o‘rinda bormoqda. Lekin autsayderlar guruhidan 9 ochkoga o‘zib ketgan bo‘lsada, ularga nisbatan 2ta o‘yinni ko‘p o‘tkazgan. Oldinda esa 2-davra o‘yinlari kutmoqda.

Chempionatdagi bahslarga boshqa turnirlar xalal bermaydi, «Charlton» dekabr oyida Angliya Kubogi turnirini ham tark etdi - 2-liga vakili «Stokport»ga imkoniyatni boy berdi. Bu haftadagi yorqin voqealar mavsumning hal qiluvchi bosqichi uchun jamoaga qo‘shimcha kuch-quvvat baxsh etsa, ajabmas.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:00, 31.01.2023. O'qildi: 2204 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик