Bugun 22 oktyabr, 2025 yil, chorshanba.

  • APL
      • 21.10.2025 00:00
      • Vest Xem
      • 0:2
      • Brentford
  • La-liga
      • 21.10.2025 00:00
      • Alaves
      • 0:0
      • Valensiya
  • Elit OCHL
      • 21.10.2025 12:45
      • Melburn Siti
      • 2:1
      • Buriram Yunayted
      • 21.10.2025 15:00
      • Chengdu Rongcheng
      • 0:2
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 21.10.2025 15:00
      • Ulsan Xyonde
      • 1:0
      • Sanfrechche Xirosima
      • 21.10.2025 17:15
      • Shanghai Shenhua
      • 0:2
      • Matida Zelviya
      • 21.10.2025 21:00
      • Shabab al-Ahli
      • 4:1
      • Nasaf
      • 21.10.2025 23:15
      • Al-Hilol
      • -:-
      • As-Sadd
  • ECHL
      • 21.10.2025 21:45
      • Barselona
      • 6:1
      • Olimpiakos
      • 21.10.2025 21:45
      • Qayrat
      • 0:0
      • Pafos
      • 21.10.2025 23:59
      • Arsenal
      • 4:0
      • Atletiko
      • 21.10.2025 23:59
      • Bayer
      • 2:7
      • PSJ
      • 21.10.2025 23:59
      • Kopengagen
      • 2:4
      • Borussiya D
      • 21.10.2025 23:59
      • Nyukasl
      • 3:0
      • Benfika
      • 21.10.2025 23:59
      • PSV
      • 6:2
      • Napoli
      • 21.10.2025 23:59
      • Yunion
      • 0:4
      • Inter
      • 21.10.2025 23:59
      • Vilyarreal
      • 0:2
      • Manchester Siti
      • 22.10.2025 21:45
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Qorabog‘
      • 22.10.2025 21:45
      • Galatasaroy
      • -:-
      • Bude-Glimt
      • 22.10.2025 23:59
      • Monako
      • -:-
      • Tottenhem
      • 22.10.2025 23:59
      • Atalanta
      • -:-
      • Slaviya
      • 22.10.2025 23:59
      • Bavariya
      • -:-
      • Bryugge
      • 22.10.2025 23:59
      • Chelsi
      • -:-
      • Ayaks
      • 22.10.2025 23:59
      • Ayntraxt F
      • -:-
      • Liverpul
      • 22.10.2025 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Yuventus
      • 22.10.2025 23:59
      • Sporting
      • -:-
      • Marsel
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 8 19
2 Manchester Siti 8 16
3 Liverpul 8 15
4 Bornmut 8 15
5 Chelsi 8 14
6 Tottenhem 8 14
7 Sanderlend 8 14
8 Kristal Pelas 8 13
9 Man. Yunayted 8 13
10 Brayton 8 12
11 Aston Villa 8 12
12 Everton 8 11
13 Brentford 8 10
14 Nyukasl 8 9
15 Fulhem 8 8
16 Lids 8 8
17 Byornli 8 7
18 Nottingem Forest 8 5
19 Vest Xem 8 4
20 Vulverhempton 8 2

O'tgan o'yinlar.

8-тур Nottingem Forest 0-3 Chelsi
8-тур Brayton 2-1 Nyukasl
8-тур Byornli 2-0 Lids
8-тур Kristal Pelas 3-3 Bornmut
8-тур Manchester Siti 2-0 Everton
8-тур Sanderlend 2-0 Vulverhempton
8-тур Fulhem 0-1 Arsenal
8-тур Tottenhem 1-2 Aston Villa
8-тур Liverpul 1-2 Man. Yunayted
8-тур Vest Xem 0-2 Brentford

Navbatdagi o'yinlar.

25/10/25 Lids - Vest Xem
25/10/25 Chelsi - Sanderlend
25/10/25 Nyukasl - Fulhem
25/10/25 Man. Yunayted - Brayton
26/10/25 Brentford - Liverpul
26/10/25 Vulverhempton - Byornli
26/10/25 Aston Villa - Manchester Siti
26/10/25 Bornmut - Nottingem Forest
26/10/25 Arsenal - Kristal Pelas
26/10/25 Everton - Tottenhem

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 7057 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2703 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mavsum-2022/2023: Gurkirab yashnayotgan iqtidorlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ko‘pincha futbol klublari transfer bozorini o‘z tarkiblarini kuchaytirishning eng qulay vositasi sifatida qabul qiladilar.

Biroq bu usul har doim kutilgan samarani beravermaydi. Aslida, o‘z akademiyalarining faoliyati va tarbiyalanuvchilarning rivojlanishiga ko‘proq e’tibor qaratilgani ma’qulroq. Yosh avlodning bilimga chanqoqligiga tajribali mutaxassislarning malakali yondashuvi asosiy tarkibga munosib nomzodlarni yetakazib berishi mumkin. Buning isboti sifatida top-klublarda shakllanayotgan ajoyib iqtidorlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Alexandro Balde («Barselona»)

Kataloniya grandi ancha yillardan beri Jordi Alba o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda. Aslida, bu masalani hozirning o‘zida hal etish mumkin. Tobora sermazmun o‘yin ko‘rsatayotgan Alexandro Balde uzoq vaqt davomida faxriy jamoadoshining vazifasini talab darajasida ado eta oladi. O‘tgan mavsumda asosiy tarkibda o‘z debyutini nishonlagan ispaniyalik iqtidor joriy mavsumda tobora ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. 19 yoshli fulbek hozirga qadar La Liga doirasida 15 marta, YECHLda 4 marta maydonga tushdi va 3ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Xavi Ernandes davrida Balde asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanishga juda yaqin turibdi.

Koul Palmer  («Manchester Siti»)

«Shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani muntazam ravishda transferlarga katta mablag‘ sarflaganlikda ayblashadi. Biroq Pep yoshlarga imkoniyat berishni ham unutmayapti. Bunga ispaniyalik mutaxassis ishonch bildirgan Fil Foden yaqqol misol bo‘la oladi. Endi navbat Koul Palmerga keldi. U esini taniganidan beri vaqtini klub akademiyasida o‘tkazdi. 20 yoshli hujumkor xavbek hozircha samarali harakatlari bilan maqtana olmaydi. Ammo maydonga tushganida, o‘yin sur’atiga putur yetkazmaydi. Palmerni yaqin kelajakda yaqin kelajakda jamoani tark etishi taxmin qilinayotgan Bernardu Silvaning o‘rindoshi roliga mo‘ljallashmoqda.

Riko Lyuis  («Manchester Siti»)

Porloq kelajakka umid uyg‘otayotgan navbatdagi mahalliy tarbiyalanuvchi. Lyuis joriy mavsumda ilk marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. Hozircha, o‘yini chakki emas, o‘zining debyut golini YECHLda amalga oshirdi va jamoaning «Sevilya» ustidan erishgan g‘alabasiga munosib ulush qo‘shdi. Bundan tashqari, «shaharliklar»ning nufuzli turnirdagi eng yosh gol muallifiga aylandi. 18 yoshli fulbek «Liverpul»ga qarshi Liga Kubogi uchrashuvida ham hujumkor o‘yinlari bilan g‘alabaga hissa qo‘shdi, APLning 8ta o‘yinida ishtirok etdi. Bu yog‘iga Lyuis yanada ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lsa, ajablanmaymiz.

Alexandro Garnacho («MYU»)

Manchesterning qizil qismida ham barq urib yashnayotgan iqtidorlar yetarli. Garnacho avvalgi mavsumda asosiy tarkibda maydonga tushgan bo‘lsa, hozir anchayin yetuk o‘yinni namoyish etmoqda. Avvaliga «MYU»ning 18 yoshli vingeri YELdagi «Real Sosyedad» bilan bo‘lgan bahsda o‘zining yagona aniq zarbasi bilan jamoaga g‘alaba keltirgandi. Bu argentinalik futbolchining «qizil iblislar» safidagi dastlabki goli bo‘ldi. 10 kundan keyin Garnacho «Fulxem»ga qarshi bahsning qo‘shimcha vaqtida mankunianlar g‘alabasini  (3:2) ta’minladi. Undagi yuksak salohiyat yaqin kelajakda jiddiy natijalarga asos bo‘la oladi. Qolaversa, Erik ten Xagning yosh iqtidorlarga yetarli e’tibor qaratayotgani - yosh iqtidorning omadi.

Yussufa Mukoko  («Borussiya D.»)

Mukoko dortmundliklar tarkibida 2020|2021 yillar mavsumida ilk bor maydonga tushgan, Bundesliga doirasida 3ta gol urishga ham muvaffaq bo‘lgandi. Joriy mavsumda yosh hujumchi yanada sermahsul o‘ynamoqda. Ort­da qolgan 23 uchrashuvda u 6ta gol va shuncha assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi va «arilar»ning nishi o‘tkir a’zolaridan biriga aylandi. «Shalke»ga qarshi bahsda yagona goli bilan 3 ochko keltirdi, «Bavariya»dan ochko tortib olishga (2:2) yordam berdi, keyin «Shtutgart» (5:0) va «Boxum»ni  (3:0) tiz cho‘ktirishda faol qatnashdi. Uning hisobida ham gol urib, ham samarali uzatmalarni amalga oshirgan o‘yinlar ham bor. Yaqinda Yussufaning shartnoma muddati nihoyalab qolgani tufayli dortmundliklar u bilan yangi kelishuvga erishishdi. Bu esa uning uchun ham, klub uchun ham ayni muddao.

Fabio Miretti («Yuventus»)

Avvallari «Yuventus» murabbiylari akademiyaga ortiqcha ahamiyat berishmasdi. Lekin hozir vaziyat tubdan o‘zgargan. Massimiliano Allegri jamoa­ga tobora ko‘proq yoshlarni jalb etmoqda. Ular orasida Fabio yaqqol ajralib turibdi. O‘tgan mavsumda debyutini nishonlagan yarim himoyachi endi tur sayin ko‘proq vaqtini maydonda o‘tkazmoqda. 19 yoshli xavbek joriy mavsumda 16 uchrashuvda ishtirok etdi, shuning 8tasida boshlang‘ich tarkibdan joy oldi. Shuningdek, italiyalik iqtidor jamoaning YECHLning 5ta uchrashuvida ham ishtirok etdi. Miretti hozirning o‘zida asosiy tarkibning doimiy a’zosiga aylanib ulgurdi. Adriyen Rabyo mavsum yakunida klubni tark etishi mumkinligi, Pol Pogba esa tez-tez jarohat olishini inobatga olsak, «qora-oqlar» tarbiyalanuvchisini ulkan imkoniyatlar kutmoqda, deyish mumkin.

Armando Broya («Chelsi»)

2019|2020 yillar mavsumida Broya atigi 5 daqiqa APL uchrashuvida maydonga tushgandi. Navqiron hujumchining «Chelsi»dagi debyuti shu tariqa kamtarona bo‘lgandi. Keyin hujumchi ijara asosida «Vitess»da to‘p surdi. Niderlandiyada tobora kuchga to‘lgan Armando Erediviziyedagi 30ta o‘yinda 10ta gol urdi. Keyingi bir yilni u «Sautgempton»da o‘tkazdi. APLdagi ko‘rsatkichi nisbatan kamtarinroq (32ta o‘yinda 6ta gol) bo‘ldi. Ha, saviya bobida Angliya chempionatining saviyasi o‘zgacharoq.

Joriy mavsumda 21 yoshli hujumchi «aristokratlar»ning asosiy tarkibidan joy oldi. Uning ishtirokida «Chelsi» «Vulverxempton»ni 3:0 hisobida mahv etdi, «MYU» bilan jangovar durangga (1:1) imzo chekdi. Biroq shundan keyin jiddiy jarohat oldi va mavsumning hal qiluvchi bosqichini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 31.01.2023. O'qildi: 2346 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 9
2 Борнмут Entoyn Semenyo 6
3 Бёрнли Djeydon Entoni 4
4 Брентфорд Igor Tiago 4
5 Сандерленд Vilzon Izidor 3
6 Вест Хэм Jerrod Bouen 3
7 Челси Moyses Kaysedo 3
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 3
9 Тоттенхэм Risharlison 3
10 Кристал Пэлас Ismaila Sarr 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.