Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Denni Ingz: «Bilganim – «Vest Xem»ga kerakman!»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

30 yoshli hujumchi Denni Ingzning qat’iy xulosasiga ko‘ra, uning tajribasi aynan «Vest Xem»ga kerak.

Futbolchi shuning barobarida bugungi ambisiyalari bilan ham «bolg‘achilar»ga mos kelishini ta’kidlamoqda. Xullas, angliyalik hujumchi Birmingem «Aston Villa»sidan Sharqiy Londonga bejiz ko‘chib o‘tmaganini baralla aytmoqda. Ingz APL 21-turidan o‘rin olgan «Everton»ga qarshi o‘yin (2:0)da «bolg‘achilar» libosida debyut qilishga ham ulgurdi. Ungacha esa klub rasmiy saytiga intervyu berib, hamisha gavjum «London» stadioni mehrini qozonish istiqboli haqida gapirdi, buning uchun imkoni boricha ko‘proq gol urishi zarurligiga alohida to‘xtaldi.

- Denni, «Vest Xem Yunayted» oilasiga xush kelibsiz! Keling, suhbatimizni transferingiz qanday amalga oshgani haqida boshlasak.

- To‘g‘risi, bu men ishtirok etgan transferlar orasida eng tez hal qilingani bo‘lsa kerak. Hammasi juda tez rivojlandi. Uyda chaqalog‘imizni o‘ynatib o‘tirgandim, shu payt shaxsiy agentim qo‘ng‘iroq qilib, shoshiltirdi: «Darhol tayyorlan, Londonga boramiz». Qisqasi, «Vest Xem»­ga o‘tishim tarixi chindan ham, juda qisqa... Ikkinchi tomondan, uzoq vaqtdan buyon futbol ichidaman va bu kabi holatlarda qanday yo‘l tutishni aniq bilaman.

- Sharqin London klubida ajoyib insonlar ishlashadi, deylik, ular sizni ham 1000 yillik qadrdon do‘stdek iliq kutib olishdi...

- O-o, gap yo‘q! Takrorlayman, hammasi juda tez sodir bo‘ldi. Umuman, hozirgacha futbolda ko‘rganlarimning hammasida o‘ziga yarasha ajo­yib tomonlari bor. Qolaversa, har bir futbolchi o‘ziga qulay joyda bo‘lishga intilishi tabiiy hol. Mana, jamoaga kelishim bilan hamma bilan uchrashdim, imkon qadar chehralarni eslab qoldim. Endi maydonda o‘z missiyamni talab darajasida bajarish maromiga tushib olsam, bas. Xullas, chetda qandaydir muammo yo‘q - hammasi joyida.

- Jamoada Bouen, Benraxma, Paketa va Fornals kabi sifatli assistentlar bor. Bunday guruh davrasiga tushish har qanday hujumchini to‘lqinlantirib yuborsa kerak. Sizda hayajon ham sezilyaptimi?

- To‘xtang, 18-20 emas, 30 yoshli futbolchiman axir. Bunday ijrochilar bilan o‘ynash esa, darhaqiqat, ajoyib! Faqat hozir men uchun yigitlar bilan iloji boricha ko‘proq birga vaqt o‘tkazish, yaxshi tanishish muhim. Shunda maydonda bir-birimizni tushunib to‘p suramiz. Boshqacha aytganda, avvalo, klubdoshlarim maydonda qanday harakatlanishimni xohlashlariyu, muayyan vaziyatlarda nima qilishim zarurligini tushunib olishim zarur. Albatta, «Vest Xem»ga ko‘proq gol urish va maksimal darajada yordam berish uchun keldim. Umid qilamanki, jamoaga kerakman va o‘yinga o‘zgacha jilo bag‘ishlash qo‘limdan keladi.

- Jamoa sardori Deklan Rays bilan Angliya terma jamoasida birga o‘ynagansiz. U «Vest Xem» o‘yinida muhim rolga ega. Deklan bilan maydonda yana uchrashishga ilhaqligingiz ta­yin...

- Albatta, shunday. Rays - top-darajadagi futbolchi. Juda iste’dodli, istiqboli baland. Shu yoshidayoq yetuk ijrochiga aylanganiga birdan ishonish qiyin. Shuning barobarida Deklanni ajoyib yigit sifatida hurmat qilaman. To‘g‘ri, o‘yinchilik qobiliyatini ko‘proq qadrlayman, baribir. Umidvormanki, maydonda yana birga o‘ynash asnosida muxlislarga ko‘p quvonch ulashamiz hali.

- O‘z o‘yiningizni qanday tavsiflaysiz, asosiy kuchli tomoningiz nima?

- O‘ylaymanki, APLda orttirgan tajribam evaziga nafaqat maydon, balki uning tashqarisida ham jamoaga sifatli yordam bera olaman. Bilaman, «Vest Xem» tarkibida butun dunyodan kelgan ajoyib yigitlar jamlanishgan. Demak, nafaqat o‘z tajribam bilan o‘rtoqlashaman, balki yana yangi qirralarni kashf etishdan umidvorman. Futbolda har bir yangi jamoa - bu yangi dunyo, yangi dunyoqarash. Maydondagi harakatim asosiga kelsak, birinchisi - gol urish. Shuningdek, o‘yin borishiga qarab, raqibga qo‘shimcha bosim yuklashni ham yaxshi bilaman. Lekin asosiy vazifam o‘zgarmaydi - to‘xtamay gol urishim kerak. Hujumchida bundanda yaxshiroq yana qanday sifat bo‘lishi kerak...?

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:59, 01.02.2023. O'qildi: 776 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик