Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma.

  • Superliga
      • 02.04.2026 18:30
      • So‘g‘diyona
      • 2:2
      • Qo‘qon-1912
      • 02.04.2026 19:00
      • Bunyodkor
      • 2:0
      • Lokomotiv
      • 03.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Dinamo
      • 03.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Mash’al
      • 03.04.2026 20:15
      • Nasaf
      • -:-
      • Andijon
      • 04.04.2026 17:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • OKMK
      • 04.04.2026 18:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Neftchi
      • 04.04.2026 19:15
      • Surxon
      • -:-
      • Buxoro
  • La-liga
      • 04.04.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Elche
      • 04.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Levante
      • 04.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Madrid
      • 04.04.2026 21:30
      • Betis
      • -:-
      • Espanyol
      • 05.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Barselona
  • «A» Seriya
      • 04.04.2026 18:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Kalyari
      • 04.04.2026 21:00
      • Verona
      • -:-
      • Fiorentina
      • 04.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Parma
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 4 12
2 Buxoro 4 10
3 Bunyodkor 5 10
4 Paxtakor 4 9
5 Nasaf 4 7
6 Lokomotiv 5 7
7 Andijon 4 6
8 Navbahor 4 6
9 Qizilqum 4 6
10 Qo‘qon-1912 5 5
11 OKMK 4 4
12 Xorazm 4 4
13 Dinamo 4 4
14 Surxon 4 4
15 So‘g‘diyona 5 2
16 Mash’al 4 0

O'tgan o'yinlar.

5-тур So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
5-тур Bunyodkor 2-0 Lokomotiv

Navbatdagi o'yinlar.

03/04/26 Xorazm - Dinamo
03/04/26 Navbahor - Mash’al
03/04/26 Nasaf - Andijon
04/04/26 Paxtakor - OKMK
04/04/26 Qizilqum - Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol va iqtisodiyot: APL – bu Superliga!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Deloitte auditorlik kompaniyasi 19 yanvar kuni top-klublarning moliya­viy holatini o‘z ichiga olgan yillik hisobotini e’lon qildi. Tabiiyki, uning eng qiziqarli tomoni - daromad bobi. Bu borada APL klublarining ustunligi yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanyapti. Eng serdaromad 20ta klubning 11tasi APL ishtirokchisi ekanligi barchasini ko‘rsatib turibdi. Hattoki, «Lids» ham elit ro‘yxatda!

*** Hisobotga ko‘ra, 20ta klubning umumiy yillik daromadi 9,2 mlrd. yevroni tashkil etdi. Bu mavsum-2020/2021 ko‘rsatkichiga nisbatan 13 foiz ko‘pdir. Bundan tashqari, klublarning umumiy tijorat daromadi 8 foizga oshgan (3,5 milliard yevrodan 3,8 milliard yevroga). Reytingga tushgan klublarning o‘rtacha daromadi 462 million yevroga o‘sdi (o‘tgan mavsumdagiga nisbatan 51 million yevro ko‘p). To‘g‘ri, 2019 yilgi rekord hamon o‘z o‘rnida - 464 million yevro.

*** Deloitte moliyaviy hisobotni keng ommaga e’lon qila boshlaganidan buyon elit ro‘yxatga tushganlarning yarmidan ko‘pini ilk marta 1ta mamlakat klublari tashkil etdi. Ya’ni 20ta joydan 11tasi APL vakillari bilan to‘ldirildi: «Manchester Siti», «Liverpul», «MYU», «Chelsi», «Tottenxem», «Arsenal», «Vest Xem», «Lester», «Lids», «Everton» va «Nyukasl». Eng serdaromad 30ta klub ichida esa APLdan 16ta vakil bor!

*** «Manchester Siti» qatorasiga ikkinchi yil peshqadam sifatida qayd etildi. Shuning­dek, «Real» (2-o‘rin), «Chelsi» (8-o‘rin) va «Inter» (14-o‘rin) klublari ham o‘tgan yilgi pozisiyasini saqlab qoldi. Boshqa jamoalar o‘rnida o‘zgarish bor. Eng qiziq tomoni, «Manchester Siti» daromad yo‘nalishlarining hech birida yetakchi emas. Ya’ni har bir yo‘nalishda «Siti»dan yaxshiroq natijaga ega klublar bor. Qolaversa, «shaharliklar» «o‘yin kuni tushumi» bo‘yicha atigi 10-o‘rinni egalashdi. Muhimi, shayxlar jamoasi barcha yo‘nalishlarda nisbatan barqaror. 731 mln. yevro - bu «Siti» uchun rekord ko‘rsatkich (o‘tgan yildagidan 70 mln. yevro ko‘p).

*** «Liverpul» hisobotning 26 yillik tarixida birinchi marta 3-o‘ringa ko‘tarildi. Mersisayd klubi «tijorat», «TV-ulush» va «o‘yin kuni tushumi» yo‘nalishlarida o‘z rekordini o‘rnatdi.

*** «Barselona» va «Real» daromad bobida hamon pandemiyadan oldingi darajasiga erisholmayapti. Koronavirus xuruji ayniqsa, «Barsa»ga qattiq ta’sir qildi: 2018/2019 yillar mavsumi bilan solishtirganda, Kataloniya klubi daromadi 203 million yevroga kamaydi. «Real»da esa bu davrdagi pasayish 43 million yevroga teng. Har ikkisida pandemiya davridagi ko‘rsatkichlar nisbatan sekin o‘smoqda, vaholanki, aksariyat raqobatchi klublar deyarli tiklanishga ulgurdi.

*** «PSJ» daromad bobida koronavirus ta’siridan to‘liq qutuldi, hattoki, ba’zi ko‘rsatkichlar bo‘yicha peshqadamlikni qo‘lga oldi (xususan, «o‘yin kuni tushumi» yo‘nalishida). E’tiborga molik fakt: Parij klubida maosh miqdori umumiy daromadning 111 foiziga teng. Elit ro‘yxatga kirgan boshqa biror jamoa­da maosh summasi daromad miqdoridan oshib ketmagan. To‘g‘ri, «Nyukasl» va «Everton»da bu ko‘rsatkich 95-96 foizni tashkil qilmoqda.

*** Mavsum-2018/2019dan buyon kuchli 10talik tarkibi ilk marta o‘zgardi: «Arsenal» o‘tgan yilgi reytingda 10-o‘rinni egallagan «Yuventus»ni ortga surdi.

*** «Lids» mavsum-2002/2003dan buyon ilk marta kuchli 20talikka kirdi - 18-o‘rin.

*** «Zenit» 2 yil ichida birinchi marta nafaqat eng serdaromad 20ta, balki 30ta klub qatoridan ham tushib qoldi.

*** Tarixda ilk marta ayollar klublari daromadi ham tahlil qilindi. Kuchli uchlik: «Barselona» (7,7 million), «MYU» (6 million) va «Manchester Siti» (5,1 million).

*** APL klublari ustunligi «TV-ulush» ko‘rsatkichi tufaylidir. Deloitte bayonotiga ko‘ra, faqat Angliya ligasida mediahuquqlar sotuvi daromadi oshdi. Ayni payt APLda xorijdan oqib kelayotgan pul miqdori ichki bozor ulushidan ko‘pdir. «Hozir bitta savol bor: boshqa ligalar xorijda TV-huquqlar bahosini ko‘tarish evaziga bo‘shliqni to‘ldiradimi yoki APL raqobatda deyarli daxlsizligicha qoladi?» - deydi Deloitte guruhining yetakchi hamkori Sports Business Group vakili Tim Brij. Fakt shuki, «TV-ulush» daromadi bo‘­yicha kuchli 10talikda APLning 7ta klubi bor.

*** Umumiy daromadning o‘sishi muxlislarning stadionlarga qaytishganiga ham bog‘liq. Pandemiya o‘tmishda qoldi. «O‘yin kuni tushumi» yo‘nalishi (chiptalar va atributlar sotuvi) daromadi Yevropada stadionlar qayta ochilgani ortidan 111 million yevrodan 1,4 milliard yevroga ko‘tarildi. Bu yo‘nalishda «PSJ» ustunlikni qo‘lga olish harakatini 10 yilcha oldin boshlagandi. O‘shanda Parij klubi tribunadagi 1ta o‘rindiqdan o‘rtacha hisobda 2100 yevro topardi. Klubda yanada o‘sish kuzatilishini kutishmoqda. «PSJ»ning chiptalar sotuvi va «Park de Prenc»dagi turli xizmatlar ortidan yil sayin ko‘proq pul topayotganida Lionel Messining roli ham bor, albatta, ammo u asosiy «figura» emas.  

*** «Tottenxem» ko‘rsatkichiga yangi stadion ta’sir qila boshladi. Klub pandemiyadan oldin ochilgan arenadan uzoq vaqt to‘liq 100 foiz foydalanolmagandi. Bu borada Italiya klublari juda kamtarona ko‘rsatkichga ega. Andrea Anyellining Superliga ishtiyoqida yongani sabablaridan biri ham shu.

*** Tijorat daromadi ham o‘smoqda va bu TV-huquqlar ulushi qisqarishi o‘rnini qoplaydi. O‘sish foizi sezilarli, bunda yana «PSJ» peshqadam (Messining roli juda katta). To‘g‘ri, «TV-ulush» yo‘nalishidagi eng serdaromad klublar reytingida vakillar soni bo‘yicha Angliya ustun, baribir. «Tijoriy hamkorlar, muxlislar va sarmoyadorlarning APLga qiziqishlari har qachongidan-da yuqori, - deydi Tim Brij. - Bu optimistik prognozlar berishga asosdir. Angliyada boy klublar yanada keng quloch yoyishi va butun futbol tizimi rivojlanishi ehtimoli ham, imkoniyati ham katta».

Prognoz

- APL yaqin mavsumlarda moliyaviy qudrati va ustunligini yo‘qotmaydi. Hozir APLning 20ta klubi ham reytingning kuchli 30taligiga qachon kirishi haqidagi savol o‘rinliroq... Sem Bur (Deloitte hisoboti mualliflaridan biri).

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:00, 02.02.2023. O'qildi: 1791 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 ОКМК Abror Karimov 2
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
4 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
5 Пахтакор Doston Hamdamov 2
6 Пахтакор Piotr Pajishek 2
7 Нефтчи Alisher Odilov 2
8 Динамо Firdavs Abdurahmonov 2
9 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
10 Насаф Sharof Muhitdinov 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик