Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

OFK kongressi - asosiy masala nima edi?

Baho:
+ | -
OSIYO / Rasmiy tadbirlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘tgan hafta Bahrayn poytaxti - Manamada OFK Kongressi bo‘lib o‘tdi.

«Futbolium» kanalida yozilishicha, kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masalalardan biri - bu boshqaruv organlariga saylov. Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev Kongressdan oldin bu borada batafsil ma’lumot ham bergandi.  

***  

OFK Ijroiy qo‘mitasiga hammasi bo‘lib, 30 nafar a’zo kiritilishi mumkin: 

1 - prezident  

5 - vise-prezidentlar (har bir hududdan 1 nafar) 

6 - FIFA Kengashi a’zolari, ulardan biri ayol bo‘lishi shart  

5 - ayollar Ijroiy qo‘mitasi a’zolari (har bir hududdan 1 nafar). Jumladan, FIFA Kengashi a’zosi bilan 

9 - Ijroiy qo‘mita a’zolari 

5 - hududiy assosiasiyalar tomonidan saylangan Ijroiy qo‘mita a’zolari (har bir hududdan 1 nafar) 

Manamada yig‘iladigan Kongress Ijroiy qo‘mitaga ko‘pi bilan 25 nafar a’zo saylaydi. Bugunoq aytish mumkinki, qo‘mitada 1ta joy bo‘sh qoladi: Markaziy Osiyo mamlakatlari ayol nomzodni ilgari surmadi, baribir. Aytgancha, Ijroiy qo‘mitaga a’zo saylashda hududiy limit ham hisobga olinadi. Chunonchi, OFK prezidenti hududlar kvotasiga tushmaydi. Hududlar bo‘yicha vakillik taqsimoti: 

G‘arbiy Osiyo - 6 nafar 

Janubiy Osiyo - 4 nafar 

Markaziy Osiyo - 3 nafar 

Janubiy-SHarqiy Osiyo - 6 nafar 

Sharqiy Osiyo - 5 nafar 

*** 

Markaziy Osiyo misolida alohida tushuntiramiz. Hudud Ijroiy qo‘mitada atigi 3ta joyga ega (to‘rtinchisi Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasiga tegishli): 

1 - vise-prezident 

1 - Ijroiy qo‘mita a’zosi  

1 - ayol  

Agar Markaziy Osiyo vakili FIFA Kengashidagi o‘rin uchun saylovda g‘alaba qozonganida, unda hudud Ijroiy qo‘mitada «oddiy» a’zo o‘rnini yo‘qotardi.  

***  

OFK Ijroiy qo‘mitadagi joy uchun nomzodlarning yakuniy ro‘yxatini allaqachon e’lon qilgan:  

OFK prezidenti  

Shayx Salman al Xalifa - alternativsiz   

OFK vise-prezidentlari  

«G‘arb»: Hashem Haydar - alternativsiz  

Markaz: Mehdi Toj, Dastanbek Konokbayev 

«Janub»: Ugen Tsechup - alternativsiz  

«Janub-SHarq»: Zau Zau - alternativsiz 

«Sharq»: Ganbaatar Amgalanbaatar - alternativsiz  

Ayollar (biri FIFA Kengashiga saylanadi)  

«G‘arb»: Susan al Shalabi - alternativsiz 

«Markaz»: yo‘q 

«Janub»: Mahfuza Axter - alternativsiz  

«Janub-SHarq»: Kanya Keomani - alternativsiz  

«Sharq»: Lyu Shix Fang, Xan Un Gyong 

FIFA kengashi a’zolari  

Du Jaochay 

Kozo Tashima 

Mong Gyu Chung 

Hamidin Amin 

Mariano Araneta 

Shayx Hamad al Tani 

Yosir al Misehal 

Ijroiy qo‘mita a’zolari 

«G‘arb»: Lui Umeysh, Abdulla al Rabia, Abdulla al Junaybiy 

«Markaz»: Arslan Aynazarov, Ravshan Ermatov 

«Janub»: Shaji Prabxakaran, Bassam Jalil, Pankaj Nembang 

«Janub-SHarq»: Kris Niku, Somyot Pumpanmoung, Tran Kuok Tuan 

«Sharq»: Fok Kay Shan 

Ko‘rinib turibdiki, dastlabki 11ta pozisiya uchun raqobat yo‘q hisobi va deyarli barcha saylovlar alternativsiz o‘tadi. Faqat Markaziy Osiyo nomidan vise-prezident lavozimiga Mehdi Toj va Dastanbek Konokbayev hamda «Sharq»dan Ijroiy qo‘mitaga kiruvchi ikki ayol o‘rtasida kurash borada. shuningdek, FIFA Kengashidagi ayol o‘rni uchun. 

Qolgani qiziqarli. FIFA Kengashi uchun qolgan 5ta joy uchun 7 nafar nomzod bor. Ayni shu saylovlar natijasi 3ta hududning Ijroiy qo‘mitada «oddiy» a’zolik uchun o‘rniga ta’sir qiladi. Misol uchun, «Sharq»dan ko‘rsatilgan 3 nafar nomzod ham FIFA Kengashiga kirsa, hududiy kvota (5ta joy) to‘ladi: 1 nafar vise-prezident, 1 nafar ayol, 3 nafar FIFA Kengashi a’zosi. Shunda Gonkongdan nomzodi ilgari surilgan Fok Kay Shan lavozimsiz qoladi. Agar FIFA Kengashiga «Sharq»dan 2 nomzod kirsa, unda faqat Fok Kay Shan Ijroiy qo‘mita a’zosiga aylanadi, biroq hudud uchun ajratilgan 1ta «oddiy» joy bo‘sh qoladi. 

«Markaz» va «Janub» bo‘­yicha vaziyat soddaroq. Chunki har ikki hududdan FIFA Kengashiga nomzod yo‘q, shuning uchun OFK Ijroiy qo‘mitasidagi «oddiy» joylar ma’lum: «Markaz»da 1ta va «Janub»da 2ta. Xullas, «Markaz»ning Ijroiy qo‘mitadagi yagona joyi uchun Ravshan Ermatov va Arslan Aynazarov o‘rtasida kurash boradi. Darvoqe, Manamadagi saylovlarda yutqazgan Markaziy Osiyo vakillari Ijroiy qo‘mitaga CAFA saylovi orqali ham kirishi mumkin. Lekin bunda katta ehtimolki, da’vogarlar qatoriga Tojikiston vakili ham qo‘shiladi. Saylovlarning o‘zi esa aprel oyida CAFA Kongressida bo‘ladi.

A.NIKIMBAYEV, «Futbolium»

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:00, 07.02.2023. O'qildi: 1267 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик