Bugun 9 fevral, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 08.02.2026 00:45
      • Fiorentina
      • 2:2
      • Torino
      • 08.02.2026 16:30
      • Bolonya
      • 0:1
      • Parma
      • 08.02.2026 19:00
      • Lechche
      • 2:1
      • Udineze
      • 08.02.2026 22:00
      • Sassuolo
      • 0:5
      • Inter
      • 09.02.2026 00:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Lasio
      • 09.02.2026 22:30
      • Atalanta
      • -:-
      • Cremonese
      • 10.02.2026 00:45
      • Roma
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 08.02.2026 01:00
      • Real Sosyedad
      • 3:1
      • Elche
      • 08.02.2026 18:00
      • Alaves
      • 0:2
      • Xetafe
      • 08.02.2026 20:15
      • Sevilya
      • 1:1
      • Jirona
      • 08.02.2026 20:15
      • Atletik Bilbao
      • 4:2
      • Levante
      • 08.02.2026 22:30
      • Atletiko
      • 0:1
      • Betis
      • 09.02.2026 01:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 10.02.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Espanyol
  • APL
      • 08.02.2026 19:00
      • Brayton
      • 0:1
      • Kristal Pelas
      • 08.02.2026 21:30
      • Liverpul
      • 1:2
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 24 58
2 Milan 23 50
3 Napoli 24 49
4 Yuventus 24 46
5 Roma 23 43
6 Komo 23 41
7 Atalanta 23 36
8 Lasio 24 33
9 Udineze 24 32
10 Bolonya 24 30
11 Sassuolo 24 29
12 Kalyari 23 28
13 Torino 24 27
14 Parma 24 26
15 Jenoa 24 23
16 Cremonese 23 23
17 Lechche 24 21
18 Fiorentina 24 18
19 Piza 24 15
20 Verona 24 15

O'tgan o'yinlar.

24-тур Verona 0-0 Piza
24-тур Jenoa 2-3 Napoli
24-тур Fiorentina 2-2 Torino
24-тур Bolonya 0-1 Parma
24-тур Lechche 2-1 Udineze
24-тур Sassuolo 0-5 Inter

Navbatdagi o'yinlar.

09/02/26 Yuventus - Lasio
09/02/26 Atalanta - Cremonese
10/02/26 Roma - Kalyari
19/02/26 Milan - Komo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Rudi Fyoller: «Milliy jamoada ishlash har kimga ham nasib etavermaydi»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Afsonaviy Rudi Fyoller Germaniya milliy jamoasiga qaytdi. Sobiq hujumchi bu gal bundestim bosh menejeri rolini bajaradi.

U oxirgi JCHda kuzatilgan omadsizlik ortidan iste’foga chiqarilgan Oliver Birxoff o‘rnini egalladi. Xullas, Fyoller 1 fevraldan e’tiboran o‘ta mas’uliyatli vazifani ado etishga kirishdi. Sobiq futbolchi 2000 yili zarurat tufayli terma jamoa bosh murabbiy rolida ishga kirishgan va noqulay shart-sharoitlarga qaramay, uning faoliyati chakki chiqmagandi. Rudining o‘zi o‘sha tajribani qanday eslaydi? Quyida shu haqda bilib olamiz.

- Rudi, oldin Germaniya terma jamoasi boshqaruvida ham ishlagansiz. O‘sha vaqtni endi «unutilgan davr» sifatida tavsiflasak bo‘ladimi?

- O‘sha tajribada biror yirik sovrin yutmadik, qolaversa, ba’zi jihatlarda mukammallikka erisholmadik. Shunga qaramay, shaxsan o‘zim o‘sha vaqtga ijobiy qarayman, baribir.

- Bundestim bosh murabbiyi rolidagi faoliyatingizning eng muhim voqeliklari...

- Birinchi navbatda, qanday holatda ishlaganimni unutmaslik kerak. Binobarin, jamoa boshqaruvini 1 yillik kelishuv bo‘yicha qo‘lga olgandim - vaqtincha bosh murabbiy. Rejaga muvofiq, Kristof Daum 2001 yili meni almashtirishi kerak edi. Agar shunday bo‘lganida, «Bayer»ga qaytib, yana sport direktori lavozimini egallardim. Muhimi, bundestim bu davrda JCH finaliga chiqdi, qolaversa, Yevropa chempionati saralash bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunladi. Shunday ekan, chakki ishlamadim, natija ham yomon bo‘lgani yo‘q.

- Germaniya termasida qanday ish boshlaganingiz yodingizdami? 

- Halokatli Yevropa chempio­nati-2000dan so‘ng Germaniya futbol ittifoqi milliy jamoaga munosib murabbiy qidirishga tushdi. O‘shanda asosan «Bavariya» ustozi Ott­mar Xitsfeld va «Bayer» bosh murabbiyi Kristof Daum nomzodi ko‘rib chiqildi. Aslida mas’uliyatli ishni Daum o‘z zimmasiga olishi kerak edi, lekin bunda avvalo, «Bayer»ni ko‘ndirish talab etilardi. Axir klubning Daumga munosib o‘rindosh topishiga vaqt ketardi, baribir. Shunday mujmal holatda Germaniya futbol ittifoqi rahbari Mayer-Forfelder qo‘qqisdan kutilmagan taklifni o‘rtaga tashladi: «Rudi, bu ishni o‘z zimmangga ola qolsang-chi...». O‘sha vaqt barcha muhim vakillar stol atrofida edilar va g‘alati tomoni, qaltis masala bo‘yicha darhol kelishuvga erishildi.

- Taklifdan bosh tortishingiz ham mumkinmidi?

- G‘oya bo‘yicha Kristof Daum bilan yaqindan hamkorlik qilishim kerak edi, baribir. O‘sha payt bundestimning ko‘plab asosiy futbolchilari Leverkuzenda o‘ynashganini hisobga olsak, futbol ittifoqi juda aqlli qarorda to‘xtagandi. Muddat ham belgilandi va missiyam aniqdek tuyuldi. Ikkinchi tomondan, terma jamoa murabbiyi sifatida siz klubdagi kabi hamisha diqqat markazida bo‘lmaysiz, ayniqsa, turnirlardan xoli vaqtda. Ehtimolki, meni xotirjamroq muhitda ishlash varianti qiziqtirgandir. 

- Fakt shuki, terma jamoa­ning ancha eskirgan qiyofasini yangilash vazifasi sizning chekingizga tushgandi. Umidlarni oqlolmaslikdan cho‘chimaganmisiz?

- Futbol olamida g‘o‘r yigitcha emasdim. Avvaliga hammani yorqin istiqbolga ishontirishim zarurligi tayin edi, lekin nozik tomoni, mamlakat tezkor natija kutardi. Shuning uchun ishni jamoa kayfiyatini ko‘tarishdan boshladim. Zero, JCH saralashini muvaffaqiyatli boshlash suv va havodek zarur edi. Futbol ittifoqidan esa nihoyat, yoshlar bilan ishlash tizimini tasdiqlash talab etilardi. Chunki oxirgi yillar bu yo‘nalishga e’tibor ancha pasaygandi.

- Biroq Ispaniya milliy jamoasiga qarshi birinchi o‘yinda tarkibga Yevropa chempionatida portugallar bilan bo‘lgan sharmandali bahs­da qatnashgan 9 nafar futbolchini kiritdingiz...

- Qaltis holatda tarkibni birdan yangilab tashlashim kerakmidi? Qolaversa, o‘sha yigitlar mamlakatning eng yaxshi futbolchilari bo‘lib, sport formalari chakki emasdi. Yana ayni kuchga to‘lgan yoshda... 

- Ammo ko‘pchilik jamoani butunlay o‘zgartirishingizni kutgandi...

- Tushuning, o‘sha payt ixtiyorimizda «portlash» effektini yuzaga keltirish uchun munosib yangi futbolchilar guruhi yo‘q edi. Asosiysi, «eski» futbolchilar o‘yinlarda uncha yomon ko‘rinishmadi, har holda, ancha mahsuldorlik qayd etdik.

- Loaqal o‘zgacha turtki berish maqsadida tarkibni qayta tuzish haqida bosh qotirgandirsiz...

- Albatta, maxsus kengashda jamoani to‘liq qayta tuzish masalasi ko‘rib chiqilgan. Lekin murabbiy borki, avvalo, tajribali futbolchilar bilan ishlashni yoqlaydi. 

- Kristof Daum bilan oldindan qanday kelishib olgandingiz?

- U termada ishlashimga qarshi chiqmadi. Yonimda Maykl Skibbedek tajribali mutaxassis bor edi. Kristof bilan esa faqat ayrim masalalarni muhokama qildik.

- Qanday?

- Deylik, Shtefan Effenberg masalasini. Zero, uning terma jamoaga qaytishi naf keltirishini bilardim, lekin bu borada Kristof bilan gaplashishim zarur edi. Zero, uning keyinchalik Effega tayanish-tayanmasligini aniqlash zarurati tug‘ilgandi. Xayriyatki, Kristof bu fikrni ma’­qulladi.

- Yevro-2004 guruh bosqichidan keyin iste’foga chiqdingiz. Vaholanki, futbol ittifoqi qolishingizni istagandi.

- Har doim milliy jamoa murabbiyi pozisiyasini yaxshi tushunganman. Xususan, muvaffaqiyatdan keyin ikki yil davomida yangi eyforiya qo‘zg‘atish qiyinligi ma’lum edi. Muxlislar va futbolchilarga hamisha qandaydir yangi aql kerak. Binobarin, oldinda Germaniya termasini o‘z maydonidagi mundial kutayotgandi.

- Yurgen Klinsmann shu jamoa bilan eyforiya va «yozgi ertak-2006»ni yuzaga keltirganini ko‘rgach, afsuslanganmisiz?

- Yo‘q, aslo. Chunki jamoada qolganimda, ishlar noto‘g‘ri ketishi xavfi kattalashardi. Agar JCH boshqa mamlakatda o‘tkaziladigan bo‘lganida, ehtimol, barchasiga boshqacha qararmidim...?

- Braziliya termasiga qarshi kechgan JCH-2002 finalini qanday eslaysiz?

- Turnirdagi eng yaxshi o‘yinimiz. Meni faqat Mixael Ballak diskvalifikasiya tufayli maydonga tusholmagani qiynaydi, aks holda, hammasi boshqacha tugardi, ehtimol. Umuman, final - ajoyib lahza, chunki hech kim bu qadar uzoqqa borishimizni kutmagandi.

- Rudi, bundestim bosh murabbiyi rolidagi faoliyatingiz hayotingizda qanchalik muhim o‘ringa ega?

- Hayotda duch kelgan murabbiy mamlakat bosh jamoasini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Demakki, o‘sha tajriba men uchun ko‘p narsani anglatadi. Asosiysi, ko‘tarilish va pasayishlar vositasida ko‘p narsalarni o‘rgandim.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 07.02.2023. O'qildi: 988 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 14
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Комо Niko Pas 8
4 Комо Anastasios Duvikas 8
5 Ювентус Kenan Yildiz 8
6 Наполи Rasmus Xeylund 8
7 Верона Gift Orban 8
8 Интер Markus Tyuram 7
9 Милан Rafael Leau 7
10 Интер Xakan Chalxanoglu 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.