Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 3-o‘rin uchun bahsda “Flamengo” 11 fevral, shanba kuni “Al-Ahli” bilan bahs olib bordi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida Gabriel Barboza penaltidan hisobni ochdi. 38-daqiqada Ahmad Abdulqodir muvozanatni tikladi. Jamoalar tanaffusga 1:1 hisobi bilan yo‘l oldi.
60-daqiqada Abdulqodir dublni rasmiylashtirdi. 69-daqiqada Xolid Abdulfattoh qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarda “Al-Ahli” bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi.
77-daqiqada Pedro hisobni tenglashtirdi. 84-daqiqada Gabriel yana bir bor penaltini aniq amalga oshirib, braziliyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 90+1-daqiqada Pedro dublni rasmiylashtirdi.
Shu tariqa, “Flamengo” jamoasi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 3-o‘rin sohibiga aylandi.
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida “Real” “Al-Hilol”ga qarshi bahs olib boradi.
Klublar o‘rtasidagi JCH-2023
3-o‘rin uchun bahs
11 fevral, shanba
“Al-Ahli” (Misr) — “Flamengo” (Braziliya) 2:4
Gollar: 0:1 – 11 Gabriel Barboza (penalti), 1:1 – 37 Abdulqodir, 2:1 – 60 Abdulqodir, 2:2 – 77 Pedro, 2:3 – 84 Gabriel Barboza (penalti), 2:4 – 90 Pedro.
“Al-Ahli”: El-SHenaviy, El-Hanafiy, Abdulmonim, Maalul (El-SHahat, 90), Abdulqodir, Fathiy (Deng, 90), Attia, Abdulfattoh, Muhammad, Tau, Sherif (Haniy, 75).
“Flamengo”: Santos, Varela, David Luiz (Pablo, 86), Fabrisio Bruno, Ayrton, Pulgar, Vidal, Everton Ribeyro (Everton, 63), de Arraskaeta, Tiago Mayya, Mateus Fransa, Gabriel Barboza, Pedro.
Ogohlantirishlar: de Arraskaeta (28), Abdulmonim (30), Attia (58), Fathi (75), Gabriel (90+12), Haniy (90+12), El-SHahat (90+13).
Chetlatish: Abdulfattoh (69).