Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yozda erkin agentga aylanadigan futbolchilar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Qishki transfer oynasi yopilganiga ham qariyb bir oy bo‘ldi, ammo ehtimoliy transferlar haqida gaplar davom etmoqda. Bu ko‘plab o‘yinchilarning shartnomalari tugashi bilan bog‘liq, ya’ni ular potensial erkin agentlardir. Ma’lumki, Karim Benzema “Real”da qoladi, Milan Shkrinyar “PSJ”ga, Konrad Laymer esa “Bavariya”ga o‘tadi. Ammo hamma ham bunday aniq vaziyatga ega emas. Keling, potensial erkin agent bo‘lgan sakkizta yulduz futbolchi haqida gaplashamiz.

Lionel Messi (“PSJ”)

Agar Messi shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilsa, u holda, albatta, u eng mashhur erkin agentga aylanadi. AQSH va Saudiya Arabistoni klublari allaqachon argentinalik futbolchiga turli yo‘nalishlardan yaqinlashmoqda, biroq u 35 yoshga to‘lganiga qaramay, juda ko‘p ekzotik variantlarni ko‘rib chiqishga hali erta. “PSJ” futbolchi bilan shartnomani uzaytirish istagini ochiq e’lon qildi. Ammo, mish-mishlarga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar cho‘zilib ketmoqda va umuman olganda, yaxshi ketayotgani yo‘q. Oxir-oqibat nima bo‘lishini, ehtimol, bahorning o‘rtalariga yaqinroq ko‘rish mumkin.

N'Golo Kante (“Chelsi”)

Agar jarohat bo‘lmaganida, hech kim Kantening kelajagi haqida savol tug‘dirmagan bo‘lardi. Uzoq vaqt davomida fransuz "Chelsi"ning asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lib kelgan. Londonliklar futbolchini sotish bo‘yicha takliflarni bir necha bor rad etishgan. Biroq so‘nggi yillarda 31 yoshli yarim himoyachi ko‘p jarohat olib bormoqda. Joriy mavsumda uning hisobida Premer-ligada bor yo‘g‘i 2 ta o‘yin bor, shu bois tomonlar o‘rtasidagi shartnoma uzaytirilgani haqida hech qanday yangilik bo‘lmasa ajab emas. Yozda Kante erkin agentga aylanishi ehtimoli yuqori. "Atletiko" va "Barselona" futbolchi uchun kurashga qo‘shilishga tayyor.

Roberto Firmino (“Liverpul”)

"Liverpul"ning triosi parchalanish arafasida. Avvaliga Sadio Mane "qizillar"ni tark etdi, endi Firminoning kelajagi katta shubha ostida. Agentning ta’kidlashicha, tomonlar shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda, ammo qandaydir tarzda hammasi shubhali darajada uzoq davom etdi. Mersisaydliklarning qo‘rquvini tushunish mumkin, chunki braziliyalik futbolchi allaqachon 31 yoshda va uning o‘rniga yoshroq hujumchi bilan shartnoma imzolash mantiqan to‘g‘ri. Shu bilan birga, A Seriyadan Firminoga katta qiziqish bor, u yerda u albatta ko‘p narsani idbotlashi mumkin. Hozircha futbolchining maqsadi - faoliyatini "Liverpul"da davom ettirish, ammo uning hozirgi jamoasidagi kelajagi qorong‘iligicha qolmoqda.

Ilkay Gyundogan (“Manchester Siti”)

“Manchester Siti” Gyundogan bilan hali shartnomani uzaytirmagani juda ajablanarli. Nemis futbolchisi joriy mavsumdan ko‘ra samaraliroq mavsumlarni o‘tkazdi, ammo u hali ham "shaharliklar" uchun muhim futbolchi bo‘lib qolmoqda. Shunga qaramay, tomonlarning yangi shartnoma imzolashga yaqinlashishi haqida hech qanday yangilik yo‘q. Futbolchining o‘zi ham yaqinda uning kelajagi hozircha noaniq ekanligini tasdiqladi. Ko‘pgina OAV xabarlariga ko‘ra, 32 yoshli yarim himoyachiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Shubhasiz, yozga kelib, “Manchester Siti” jamoa sardorini qo‘yib yuborishga qaror qilsa, nomzodlar ko‘payadi.

Marko Asensio (“Real Madrid”)

Asensio bilan bog‘liq vaziyat o‘tgan mavsumdan beri noaniqligicha qolmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, "Real Madrid" haqiqatan ham futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor, ammo tomonlar moliyaviy muammolarni hal qila olmaydi. Ayni paytda, 27 yoshli vingerga “PSJ”, “Arsenal”, “Nyukasl” va hattoki “Barselona” kabi klublar qiziqish bildirmoqda.

David de Xea (“Manchester Yunayted”)

Ajablanarlisi shundaki, De Xea "Manchester Yunayted"ni necha marta qutqarib qolgan va saqlab qolishda davom etayotganini hisobga olsak, uning kelajagi hali hal bo‘lmagan. Yaqinda 32 yoshli darvozabon klub bilan shartnomasini uzaytirish istagi borligini ma’lum qildi va bunda u hatto faoliyatini tugatishga qarshi ham emas. Mankunianlarni nima kutayotgani noma’lum. "Manchester Yunayted" Din Xendersonga ishonishga qaror qilgan deb taxmin qilish mumkin, ammo uning necha marta ijaraga berilganini hisobga olsak, bu dargumon.

Anxel Di Mariya (“Yuventus”)

Di Mariya bir necha bor "Rosario Central"ga qaytishni istayotganini va u yerda nafaqaga chiqishi mumkinligini aytgandi. Shu bilan birga, argentinalik futbolchi aynan qachon o‘z vatan klubiga qaytishni rejalashtirayotgani ma’lum emas. 35 yoshli vinger yana bir necha yil Yevropada qolishi mumkin, ammo uning “Yuventus”dagi kelajagi masalasi ochiqligicha qolmoqda. Ko‘p narsa "byankoneri"ning mavsum oxirida qanday pog‘onada bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. Ochkolarning olib qo‘yilishi ham klubga, ham futbolchilarga jiddiy zarba berdi.

Luka Modrich (“Real Madrid”)

Faxriylar bilan shartnomani 1 yilga uzaytirish "Real"da oddiy amaliyot. Biroq, "qaymoqranglilar" 37 yoshli yarim himoyachini o‘z safida saqlab qolishni istashayotgani eshitmadik. Garchi futbolchining o‘zi "qirollik klubi"da qolishdan umidvor bo‘lsa-da va Saudiya Arabistonidan kelgan foydali taklifni allaqachon rad etgan. Yoshi bilan xorvatiyalikning optimal shaklga ega bo‘lishi tobora qiyinlashib bormoqda, shuning uchun ispanlarning sustligi tushunarli. Qolaversa, Modrichning “Real”dagi kelajagi ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘ladi, masalan, klub yosh yarim himoyachini sotib oladimi yoki yo‘qmi.

Kiritildi: 12:46, 19.02.2023. O'qildi: 5417 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик