Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • 1:1
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • 0:1
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • 2:0
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • 7:1
      • Kyurasao
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • -:-
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • -:-
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • -:-
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • -:-
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • -:-
      • Misr
      • 16.06.2026 03:00
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Urugvay
      • 16.06.2026 06:00
      • Eron
      • -:-
      • Yangi Zelandiya
      • 16.06.2026 23:59
      • Fransiya
      • -:-
      • Senegal
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 1 1
4 Shveysariya 1 1

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Shotlandiya 1 3
2 Braziliya 1 1
3 Marokash 1 1
4 Gaiti 1 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 1 3
3 Turkiya 1 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Germaniya 1 3
2 Ekvador 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 1 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay
1-тур Qatar 1-1 Shveysariya
1-тур Braziliya 1-1 Marokash
1-тур Gaiti 0-1 Shotlandiya
1-тур Avstraliya 2-0 Turkiya
1-тур Germaniya 7-1 Kyurasao

Navbatdagi o'yinlar.

15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Real Madrid" afsonasi Gresiyada muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Erkin agent bozoriga yana bir yulduz futbolchi kirib keldi. Himoyachi Marselo "Olimpiakos" bilan shartnomani bekor qildi.

Nega himoyachi Gresiyada yaxshi o‘ynab ketolmadi?

Marselo shartnomani sentyabr oyi boshida imzolagan edi. Shundan bir necha kun o‘tib Pireydagi “Georgios Karaiskakis” stadioniga 25 mingdan ortiq tomoshabin to‘plandi. Ular yangi yulduzning taqdimotiga kelishdi va olovli shouni namoyish qilishdi. "Olimpiakos" afsonaviy futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Shu paytgacha Marselo "Real" libosida 16 mavsum o‘ynadi va 25 ta sovrinni qo‘lga kiritdi.

Braziliyalik himoyachining o‘tishi haqidagi xabar Gresiya chempionatida shov-shuvga sabab bo‘ldi. Gresiyalik jurnalist Fanis Tsokanos Marca nashriga bergan intervyusida: “Ko‘pchilik Marseloni chempionatimiz tarixidagi eng yaxshi yangi futbolchi deb hisobladi. Kimdir bu o‘tishni Rivaldoning "Olimpiakos"ga o‘tishi bilan solishtirgan. Bunday operasiyalar bu yerda 10 yilda bir yoki ikki marta sodir bo‘ladi. "Olimpiakos" mashhur o‘yinchini oldi va undan katta yordam kutdi", degan edi.

Ammo hammasi Gresiya klubi boshliqlari kutganidan butunlay boshqacha chiqdi. Marselo olti oy davomida jamoada bor-yo‘g‘i 10ta uchrashuv o‘tkazdi, o‘rtacha har bir o‘yinda taxminan 33 daqiqa maydonga tushdi. Braziliyalik futbolchi “Atromitos” bilan ikkita kubok uchrashuvida maydonga tushdi, ammo so‘nggi bir oy ichida u birorta ham rasmiy o‘yin o‘tkazmadi. Uning Gresiya chempionatidagi umumiy o‘yin vaqti 92 daqiqani tashkil etdi.

Yanvar oyida braziliyalik zaxirada o‘tirdi, keyin esa stadion tribunalariga o‘tdi. Gresiya klubi uni noma’lum jarohati tufayli tarkibdan chiqarib yubordi, uning qanday jarohat olgani mahalliy matbuotda rasman xabar qilinmagan. Vaziyat shu darajaga yetdiki, Marselo klubning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaridan obunani bekor qildi, bu esa “Olimpiakos”ning emosional muxlislarining g‘azabiga sabab bo‘ldi.

"Shubhasiz, Marselo eng yaxshi jismoniy formada emas. Garchi vaqti-vaqti bilan u o‘ziga eng yaxshi hislatlarini eslatib tursa ham. U hali ham ajoyib hujum xususiyatlariga ega. Qishda AQSH yoki Braziliyaga ketishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Marselo yunon standartlari bo‘yicha ancha yuqori maosh oladi. Shu munosabat bilan, menimcha, uning Gresiyadagi kelajagi noaniqligicha qolmoqda”, degan edi jurnalistlardan biri.

Himoyachi bosh murabbiy bilan yaxshi munosabatda bo‘lmagan
2023 yilda ispaniyalik murabbiy Mishel futbolchini zahiraga yuborgandi. U o‘sha paytda jamoada Marselodan yaxshiroq formada bo‘lgan futbolchilar borligiga ishongan. "Olimpiakos" nima bo‘lishidan qat’iy nazar g‘alaba qozonishi kerak edi, chunki yomon natijalar tufayli jamoa jiddiy bosim ostida edi.

Darvoqe, oktyabr oyida Marselo PAOK (1:2) bilan o‘yin uchun qaydnomaga kiritilmagan va o‘yindan so‘ng braziliyalik futbolchi shunday degan: “Hamma nega o‘ynamaganimni so‘rayapti. Men o‘zimni yaxshi his qilyapman, barcha mashg‘ulotlarda qatnashaman. O‘ynaymanmi yoki yo‘qmi, bu menga bog‘liq emas. Tarkibga qo‘shilish uchun bor kuchimni sarflayman. Hech qanday jarohat yo‘q. Bugun dam olish kunim bor edi, lekin men hali ham mashg‘ulot o‘tkazdim, chunki o‘yinlarni o‘tkazib yuborishni xohlamayman".

Gresiyaning Gazzetta.gr sayti vaziyatni shunday ta’riflaydi: “Aytish mumkinki, Marselo bosh murabbiy Mishel bilan hamma kutganidek til topisha olmadi. Bunday futbolchining transferi plankani juda baland ko‘tardi. Marselo sentyabr oyida ko‘chib o‘tdi, ammo keyingi oygacha debyut o‘tkazmadi. U tayyorgarlik va moslashish bilan bog‘liq muammolarga duch keldi. Qolaversa, futbolchi va murabbiyning Marseloning maydondagi holati va mavqei haqida turlicha fikrlari bor edi. Ba’zida Mishel braziliyalikni chap qanot himoyachisi o‘rniga qo‘yibdi. Katta ehtimol bilan Marselo “Olimpiakos”ni tark etadi”.

Yanvar oyi o‘rtalarida Misheldan Marselo qachon maydonga tushishini so‘rashdi: “Men javobim noto‘g‘ri talqin qilinishini xohlamayman. Marselo tayyor degan qarorga kelganimizdagina maydonga tushishini aytishim mumkin”. Va keyinroq, Gresiya OAV tomonlar yaqin orada o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilishlarini e’lon qilishdi va oxir-oqibat shunday bo‘lib chiqdi ham. Madridda afsona darajasiga ko‘tarilgan futbolchi endilikda klubsiz qoldi.

Kiritildi: 20:14, 19.02.2023. O'qildi: 7262 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Германия Kay Xavers 2
3 Германия Jamol Musiala 1
4 Германия Nataniel Braun 1
5 Германия Deniz Undav 1
6 Қатар Bualem Xuxiy 1
7 Мексика Xulian Kinyones 1
8 Мексика Santyago Ximenes 1
9 Германия Feliks Nmecha 1
10 Кюрасао Livano Komenensiya 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик