Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Nunyes o‘z potensialini yuzaga chiqarishi uchun vaqti yetarli

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Liverpul» - bu mavsumdagi eng beqaror top-klublardan biri. Bir-ikki yil oldin Yurgen Klopp shogirdlari o‘zlari ishtirok etgan barcha turnirlarda g‘alaba qozonishgandi, endi esa autsayderlardan mag‘lub bo‘lishyapti va kuchli to‘rtlikka qaytishga astoydil harakat qilmoqda. Ommaning fikricha, «Liverpul»ning muvaffaqiyatsizligining asosiy sabablaridan biri bu Darvin Nunyes. O‘tgan yozda urugvaylik hujumchi «Benfika»dan 80 million yevro evaziga olingandi (faqat Virjil van Deyk undan qimmatroq bo‘lgan). Biroq u o‘zining imkoniyatlarini boy berishni boshladi va jamoasini muhim gollardan mahrum qildi.

Darvin endi tez-tez hujumlarni ijobiy yakunlamoqda. Agar ilgari Saloh «Liverpul»da raqib darvozasiga eng yaqin kelgan holda xavfli hujumlarni uyushtirgan bo‘lsa va uzatmalarning aksariyati unga qaratilgan bo‘lsa, hozir vaziyat butunlay boshqacha. Salohning vaziyatlarni yakunlash ehtimoli kamroq va shunga mos ravishda uning asosiy muhim zarbalari kamaydi. Biroq Saloh hamon Premyer-liganing eng yaxshi o‘yinchilari qatorida turadi:

Harri Keyn («Tottenxem») – 87 ta zarba
Aleksandr Mitrovich («Fulxem») – 82;
Erling Xoland («Manchester Siti») – 80;
Muhammad Saloh («Liverpul») – 70;
Darvin Nunyes («Liverpul») – 68.

Ammo umumiy raqamlar bizga mavhum bo‘lgan butun kartinani ochib ko‘rsatmaydi. Nunyes Premyer-ligada joriy mavsum Salohdan ancha kam o‘ynadi - 1959 (22 bahs)ga qarshi 1120 daqiqa (17 o‘yin). 90 min portalidagi qiymatlar ancha oshkora va bu yerda Darvin ancha oldinroqda. Nunyes bahslar davomida o‘rtacha to‘rtta zarba beradi va bu borada faqat Mitrovichdan (4,3) keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Kuchli beshlikda Saloh yo‘q – urugvaylikdan keyingi o‘rinlarda Gabriel Jezus va Keyn (ikkalasi ham 3,6 ball), shuningdek, Xoland (3,5) bormoqda. Alohida dalil - «Liverpul»dagi barcha musobaqalardagi o‘yinlar. Bu yerda Nunes eng ko‘p farqni ko‘rsatadi: 90 daqiqada o‘rtacha 5,42 zarba, Salohda esa 3,21 zarba.

Qolgan ko‘rsatkichlar Nunyesning hujumkor o‘yinidagi eng yuqori darajasini tasdiqlaydi. Darvin shedevr zarbalariga qaramay tandemda ham yaxshi o‘ynaydi. «Liverpul» hujumchilari orasida (faqat 1000 daqiqadan ko‘proq o‘ynaganlar hisobga olindi) Nunyes 90 daqiqada o‘rtacha 1,59 ta to‘p uzatma bilan ikkinchi o‘rinni band etgan. Birinchi o‘rinda kutilganidek, Saloh (1.83). Darvin esa kutilgan golli paslar (xA) bo‘yicha jamoaning eng yaxshi 3 o‘yinchisidan biri hisoblanadi - 4,39. Faqat Trent Aleksandr-Arnold (6,18) va Saloh (5,07) undan yaxshi ko‘rsatkichga ega.

Imkoniyatlar soni hisobga olinsa, Nunyes «Liverpul»ning eng yaxshi to‘purari bo‘lishi va «Oltin butsa» uchun Xolandni mag‘lub etishi mumkin. Biroq, Darvinning katta muammosi bor va u nima ekanini aniq bilasiz. Albatta, golni amalga oshirish haqida. «Siti»da norvegiyalik futbolchi yaratilgan vaziyatlardan ko‘ra ko‘proq gol ursa, Nunyes imkoniyatlarni qo‘ldan boy berish bo‘yicha masterdir. Xolandning xG ko‘rsatkichi 21,29 (vaziyatlardan deyarli beshta golga ko‘p degani) va yettinchi o‘rinda - Darvin (10,8, deyarli beshta golni boy bergan).

Nunyes «Liverpul»dagi mavsumini o‘zi kutgandek o‘tkazishi va «Real»ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam berishi mumkin. Ha, bu ijobiy ovozda eshitiladi. Ammo haqiqat shundaki, yuqorida aytib o‘tilganidek, gol urish borasida o‘ssa bo‘lgani. Darvin dekabr va yanvar oylarida sakkizta o‘yinda atigi bitta gol urgan edi va shundan keyin yana ochko to‘play boshladi. «Everton»ga qarshi o‘yinda golli uzatma (uning o‘zi qarshi hujumni boshladi, o‘zi qanotdan pastga yugurdi va to‘pni markazga berdi), keyin esa «Nyukasl» darvozasiga gol (to‘p tashlash uchun ochildi, qabul qildi va zarba berdi) uni muxlislariga yana eslatib qo‘ydi.

Biz hujumchilar haqida gapirayotganimiz uchun psixologik omil muhim. Nunyesga mutlaqo yangi mamlakat va chempionatga ko‘nikish, qimmat transfer deya tanqidlarni tinglash oson bo‘lmadi. Fevral Darvinning «Liverpul»dagi faoliyatida burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin va jamoaning holatini hisobga olsak, buni amalga oshirish uchun bundan yaxshiroq vaqt yo‘q. O‘ziga ishongan Nunyes nimalarga qodir ekanini esa o‘tgan mavsumda ko‘rdik. Ammo hozircha Nunyesning qahramonlik missiyasi shunchaki xayollarda xolos. Shundan so‘ng aslida nima bo‘ladi, biz kelgusi oylarda bilib olamiz. Bugun «Liverpul»ning «Real»ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi ilk o‘yini - Darvin uchun birinchi sinov.

Kiritildi: 23:55, 21.02.2023. O'qildi: 1556 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик