Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Manuel Lokatelli: «Yuve»da almashtirilmas odam yo‘q»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Yaqindagina «Yuventus»ning to‘laqonli futbolchisiga aylangan yarim himoyachi Manuel Lokatelli DAZN telekanalida yo‘lga qo‘yilgan «Birga bir» intervyu dasturi mehmoni bo‘ldi.

Turin superklubi rasmiy sayti esa qiziqarli suhbatning e’tiborga molik qismini muxlislarga havola qildi. «Har qanday holatda pozitiv kayfiyatni saqlab qolish kerak. Murabbiy hamisha yuqori ishtiyoq bilan ishlasak, o‘yin o‘z-o‘zidan yaxshilanishini aytadi. Mana, «Atalanta» va «Lasio»ga qarshi bahslarda chakki ko‘rinmadik, endi shunday davom etish shart. Har bir futbolchida o‘ziga xos xususiyatlari bor. Faqat ularni yuzaga chiqarish uchun maksimal darajada intilish talab etiladi», - de-di Manuel jum-ladan.

- «Salernitana» bilan o‘yin arafasida futbolchilar o‘zaro alohida gaplashib olibdilar. Sir bo‘lmasa, nimani muhokama qildinglar?

- Danilo o‘yindan oldin o‘zaro gaplashib olish kerakligini aytganidayoq barchasini teran tushundim, chunki jiddiylashish talab etilardi. Qisqasi, klub atrofida sodir bo‘lgan voqealarga e’tibor qaratmasdan maksimal ochko olish uchun kurashishga kelishib oldik. Zero, boshqaruv tizimiga ta’sir o‘tkazolmaymiz. Vazifamiz - shunchaki, ochko to‘plash va barcha turnirlarda oldinga siljish. Jumladan, men o‘yinga nisbatan noloyiq munosabatda bo‘lishga haqqimiz yo‘qligi haqida gapirdim. Muhimi, o‘sha muhokamadan keyin hammasi yaxshi tomonga o‘zgardi.

- Hozirda sizni jamoaning bo‘lajak yetakchisi sifatida e’tirof etishmoqda. Bunga qanday qaraysiz?

- Murabbiy so‘zlarini eshitdim va bundan o‘zgacha to‘lqinlandim. Muhim futbolchiga aylanish uchun muayyan o‘yinlar emas, balki butun mavsumni yuqori saviyada o‘tkazish kerak. Chin yetakchi hamisha, ayniqsa, eng qiyin pallada o‘z fazilatlarini namoyon etishi shart. Ustuvor maqsadim - o‘yin bobida izchil o‘sishga erishish. Ayni payt umumiy holatimdan mamnunman va o‘zimni yaxshi his qilyapman.

- «Yuve»dan 15 ochko olib tashlangach, futbolchilar qanday holatga tushishdi?

- Shubhasiz, bunday jiddiy sanksiya har qanday futbolchiga aks ta’sir ko‘rsatadi. Muhimi, o‘zaro muloqotlar asnosida o‘zimizni tutib olishga urindik. Jarima xabari chiqqanidan keyinoq umumiy yig‘ilishda nimalar haqida gapirish kerakligi yuzasidan yozishdik va ertasiga jamoaviy muhokamada osongina xulosa chiqardik - 15 ochkoni qaytarishga urinishdan foyda yo‘q. To‘g‘ri, klub rahbarlari apellyasiya masalasini o‘ylab ko‘rishlarini aytishdi, futbolchilar esa faqat maydonda ochko yig‘ishga intilishlari kerak. Albatta, hozir turnir jadvalidagi o‘rnimizga qarash yoqimsiz, ammo nachora... Endi barchasini ortga surib, oldinga intilish kerak, boshqa gap ortiqcha. Jazo chorasi e’lon qilinganidan bir kun o‘tib, ijtimoiy tarmoqlarga «Yuve»ning jamoaviy suratini joylashtirdik, chunki haqiqiy erkaklar qiyin pallada o‘zlarini ko‘rsatishlari kerak. Ehtimolki, shu voqealar bizni yanada jipslashtirdi. Fakt bitta - hamisha klubni birinchi o‘ringa qo‘yish, uning himoyasi uchun bor imkoniyatlarni ishga solish kerak.

- O‘zingizni «Yuve» odamidek his qilyapsizmi?

- Gap kim klub odami ekanligi emas, balki uning qanday rol bajarayotganida. Bu yerda almashtirilmas inson yo‘q, «Yuve» har doim oldinga siljiyveradi. Kyellini ko‘p narsalarni o‘rgatib ketdi, endi Bonuchchi shunday qilmoqda. Klub - birinchi o‘rinda. Futbolchilar vazifasi esa tayin - maydonda qo‘ldan kelganicha o‘ynash va undan tashqarida namuna ko‘rsatish.

- «Yuve» uchun Yevropa Ligasida g‘alaba qozonish to‘satdan ustuvor vazifaga aylandi...

- Darhaqiqat, bu muhim maqsad hisoblanadi. Zero, barcha turnirlarda faqat oldinga intilish talab etiladi. Muhimi, yevrokubokdamiz, demak, g‘alabani ko‘zlamasak bo‘lmaydi.

- «Napoli» bilan omadsiz o‘yin haqida nima deya olasiz?

- O‘yinning ertasiga Osimxen menga xabar yuborganini eslashni xohlamayman. Tan olish kerak, chindan ham, juda sust o‘ynadik - o‘ta noxush holat. Lekin o‘ylayverishdan naf yo‘q, oldinga qarash maqsadga muvofiq. Umuman, o‘sha o‘yin iloji boricha tezroq tugashini istadim, chunki haorakatimizda birdamlik sezilmadi aslo.

- Miretti va Fajoli o‘yinida sezilarli o‘sish bor, to‘g‘rimi?

- Har ikkisiga tasanno aytaman. Kechagina aynan ularning hozirgi holatlarida edim. Yosh futbolchi uchun xotirjamlikni saqlab qolish oson emas, chunki futbolda ba’zan o‘yiningiz ko‘ngildagidek chiqmaydi. Shunday pallalarda muvozanatni ushlash, o‘zingizni tutib olishingiz muhim. Allegri hamisha yoshlarni qadrlaydi, «Yuve» ham. Miretti va Fajoli - maslahatlarni to‘g‘ri qabul qiladigan va «Yuventus» libosini kiyish nimani anglatishini teran tushunadigan yigitlar.

- Qaysi pozisiyada o‘zingizni erkinroq sezasiz?

- Asosiysi - o‘ynash. Fajoli, Miretti va men turli xil xususiyatlarga egamiz. Qayerda o‘ynashimiz esa murabbiy qaroriga bog‘liq. 

- Futbolchi sifatida nimani orzu qilasiz? Yigit sifatidachi?

- CHL va JCHda g‘alaba qozonishga nima yetsin? Yana o‘zimni ota va oila boshlig‘i rolida to‘liq anglashni istayman. Hozir o‘g‘limiz tug‘ilishini intiqlik bilan kutyapmiz, menimcha, oila uchun eng go‘zal lahza shu. Turmush o‘rtog‘im bilan tanlagan yo‘limiz to‘g‘ri ekanligiga ishonaman. O‘g‘limiz mart oyida dunyoga kelishi kerak, bu borada umuman tashvishlanmayman. Chunki bizda hammasi yaxshi, deylik, yaqinda tog‘a bo‘ldim, singlim farzand ko‘rdi. Demak, hozircha jiyanim bilan ovunib turishim mumkin.

Blis 

savol-javoblar

- Dunyoda siz yoqtirgan yarim himoyachi?

- Kazemiro.

- Sanremo festivalidagi favoritingiz?

- Mengoni.

- Jamoadoshlaringizdan aynan kimning qaysi o‘zigagina xos xususiyatini o‘zlashtirishni xohlardingiz?

- Di Mariya sehrini.

- Insoniy fazilatlardan-chi?

- Bonuchchiga havasim baland.

- Buffon darvozasiga «San Siro»da urilgan gol afzalmi yoki Yevropa chempionatida Shveysariya termasiga qarshi kechgan o‘yindagi «dubl»?

- Ikkinchisi, albatta.

- Qaysi murabbiydan ko‘proq hayratlangansiz?

- De Zerbidan.

Manba: jufc.ru, MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:00, 23.02.2023. O'qildi: 5540 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик