Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Shaffoflik: Diyor Imomxo‘jayev O‘zPFLning 2022 yilgi moliyaviy hisoboti bo‘yicha OAV bilan ochiq muloqotda qatnashdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Biroz oldin «Bunyodkor» stadionidagi anjumanlar zalida O‘zbekiston Professional futbol ligasining OAV bilan ochiq muloqoti o‘z yakuniga yetdi. Quyida ushbu tadbirda yangragan e’tiborga molik fikrlar, muhim statistikalar hamda kerakli ma’lumotlar bilan tanishtiramiz. 

Liga rahbari Diyor Imomxo‘jayev so‘zga chiqib, hisobotlarni e’lon qilar ekan, jurnalistlar so‘ragan savollarga batafsil javob berib ketdi. 

Tadbir avvalida O‘zPFLning barcha klublardan olgan badal pullarining ochiq miqdori keltirib o‘tildi. Unga ko‘ra ushbu summa 2022 yilda 5 mlrd 595 million so‘mni tashkil etgan. Uning ligalar bo‘yicha taqsimoti esa quyidagicha bo‘lgan: superliga - 4 mlrd 150 mln; pro liga - 745 mln; birinchi liga - 700 mln so‘m. Muhim jihati shundaki, ayollar futboli hamda futzal badal pullaridan xoli bo‘ldi. Biroq ligaga kelib tushmagan mablag‘, ya’ni qarzdorlik ham ancha katta - 1 mlrd 65 mln so‘m. Eslatib o‘tamiz, O‘zPFL dastlab tashkil etilgan yillar faoliyat yuritishi uchun to‘laligicha badal pullariga asoslangan edi. Ammo bugungi kundagi yangi rahbariyat qo‘l ostida asta-sekinlik bilan bundan voz kechib kelinmoqda.

Shuningdek, tadbirda legioner futbolchilar va ular bilan bog‘liq to‘lovlar haqida ham so‘z bordi. Liga klublardan legioner futbolchilar uchun 3 mlrd 30 million so‘m miqdordagi mablag‘ni qabul qilib olgan. Bundan tashqari O‘FA tomonidan faoliyat yurituvchi tartib-intizom qo‘mitasi o‘tgan yil davomida futbolchilar, klublar hamda rasmiylardan 620 million so‘m miqdoridagi jarimalarni undirgan. Lekin ushbu summaning 60 foizi hali O‘zPFLga tushirib berilmadi. Klublar yangi mavsum uchun lisenziyalarni qabul qilib olishlari uchun yuqoridagi qarzdorliklarni yopishlari talab etiladi.

Homiylar tomonidan jalb qilingan mablag‘lar quyidagicha ko‘rinishda: 9 mlrd 467 mln 135 ming so‘m. Bu summa «Coca Cola», «Apex» hamda «Turon Eco Sement» kabi kompaniyalar bilan hamkorlik natijasida yuzaga kelgan. Diyor Imomxo‘jayev aqlli transfer siyosati va uzoqni ko‘zlagan holda yuzaga kelgan halol raqobat klublarning moliyaviy tomondan barqarorlashuvini ta’minlashini alohida ta’kidladi. «Iticket» bilan hamkorlik natijasida kubok finali uchun chiqarilgan chipta sotuvidan 304 mln so‘m sof foyda olingan. Liganing ichki har bir o‘yinida klub rahbariyati tizimli ishlagan holda ko‘rilayotgan foydalarni shaffof ma’lum qilib borsa, qolgan detallarda ham xolislik va halollik bo‘lishi ta’kidlandi.

2022 yilda kelib tushgan mablag‘lar quyidagicha ko‘rinishda: 18 mlrd 712 mln 135 ming. Bu summa o‘z ichiga badallar, homiylar, legionerlar hamda jarimalarni o‘z ichiga oladi. Bunda O‘zPFLning o‘zi topgan mablag‘ miqdori 50,6%ni tashkil etsa, jamoalardan tushgan foiz 49,4 foiz ko‘rinishini olgan.

Shuningdek, quyidagi xarajatlar ham e’tiborga molik:

Yarim yillik onlayn translyasiyalardan 33,5 ming yevro;

Hakamlarning musobaqalarda ishtirok etishi uchun 1 yilda 8 mlrd.dan oshiqroq summa;

VAR lisenziyasi uchun 59 ming yevro;

Adidas to‘plari uchun o‘tgan yilda 1 mlrd.dan oshiq summa;

Umumiy translyasiyalar uchun - 550 mln;

UZFHM uchun - 5 mlrd 135 mln 425 ming;

«Bunyodkor» stadioniga 1 yillik ijara uchun 220 mln;

Futzal - 414 mln 879 ming;

O‘FA bolalar futboli va VAR lisenziyasi uchun - 1 mlrd 122 mln 168 ming;

Sug‘urtalash - 550 mln;

Homiylar talablari bilan ishlash - 883 mln 428 ming;

Auditor tekshiruvi - 23 mln;

Ijara - 220 mln;

Musobaqalar o‘tkazish xarajatlari - 2 mlrd 276 mln 546 ming;

Liga xarajatlari va soliqlar - 5 mlrd 359 mln 156 ming;

2022-23 yilgi sovrinlar va taqdirlash - 944 mln 200 ming so‘m.

Zimmasida umumiy miqdorda 647 mln 700 ming so‘m miqdorida qarzi bo‘lgan va hozirga kelib faoliyatini yakunlagan klublar nomi keltirildi: Zirabuloq, Jomboy, Jizzax Bars, Istiqlol, Oq tepa, Rubin, Fidokor, Yashnobod.

Shuningdek, tadbir yakunida liga rahbari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.

 

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:27, 25.02.2023. O'qildi: 1945 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
6 Брайтон Denni Uelbek 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик