"Nyukasl" "Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Mauntni sotib olish uchun "Liverpul"ga qarshi kurashmoqchi.
Mauntning London klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi va yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolgan, shuning uchun "ko‘klar" futbolchini keyingi yozda sotishga tayyor. Avvalroq, 24 yoshli futbolchining transferiga "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning shaxsan o‘zi qiziqayotgani xabar qilingandi.
TalkSport xabariga ko‘ra, "Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau Maunt o‘z jamoasini kuchaytirishiga ishonch bildirmoqda va klub xo‘jayinlari kerakli mablag‘ni berishga tayyor.
Meyson Maunt 2015 yildan beri London klubida to‘p suradi. Yarim himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.