Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba.

  • Elit OCHL
      • 16.02.2026 21:00
      • Al-Ahli (SA)
      • 4:3
      • Shabab al-Ahli
      • 16.02.2026 21:00
      • Sharja
      • 1:2
      • Nasaf
      • 16.02.2026 23:00
      • Ash-Shorta
      • 3:2
      • Duhayl
      • 16.02.2026 23:15
      • Al-Hilol
      • 2:1
      • Al-Vahda
      • 16.02.2026 23:15
      • Ash-Shorta
      • -:-
      • Duhayl
      • 17.02.2026 15:00
      • Seul
      • 2:2
      • Sanfrechche Xirosima
      • 17.02.2026 15:00
      • Matida Zelviya
      • 3:2
      • Chengdu Rongcheng
      • 17.02.2026 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 2:0
      • Shanghai Shenhua
      • 17.02.2026 17:15
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 1:0
      • Vissel Kobe
      • 17.02.2026 21:00
      • As-Sadd
      • -:-
      • Al-Ittihod
      • 17.02.2026 21:00
      • Al-G‘arafa
      • -:-
      • Traktor
  • «A» Seriya
      • 17.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:2
      • Lechche
  • La-liga
      • 17.02.2026 01:00
      • Jirona
      • 2:1
      • Barselona
  • ECHL
      • 17.02.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • -:-
      • Yuventus
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • -:-
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • -:-
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • -:-
      • Atalanta
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 13 8 9 30
2 Italiya 9 4 11 24
3 AQSh 6 9 5 20
4 Niderlandiya 6 6 1 13
5 Avstriya 5 8 3 16
6 Fransiya 5 7 4 16
7 Shvesiya 5 5 2 12
8 Shveysariya 5 2 3 10
9 Germaniya 4 7 6 17
10 Yaponiya 4 5 10 19
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kanseluning ishlari o‘zi xohlagan jamoada ham yaxshi chiqmadi, kelajak qanday bo‘ladi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Bavariya» sport direktori Hasan Salihamidjichning izoh berishicha, Kanselu hali klub umidlarini oqlamagani uchun maydonga tushmayapti. «So‘nggi paytlarda u mashg‘ulot o‘tkazdi va biz kutgandek o‘ynamadi. Joau hali juda muhim futbolchiga aylanadi. Biz u bilan yaxshi muloqot qilamiz. U kelajakda muhim figuraga aylanadigan ajoyib o‘yinchi», - degandi Salihamidjich. Yulian Nagelsmann ham Kanselu bilan ayrim tushunmovchiliklar borligini yashirmadi. «U o‘ynasa hammasi yaxshi, o‘ynamasa esa aksincha. Men Joau bilan mashg‘ulotlardan birida gaplashdim, u unchalik yaxshi o‘ynamadi, lekin menga uning munosabati yoqdi. «Augsburg»ga qarshi u bahsni asosiy tarkibda boshladi», - dedi «Bavariya» bosh murabbiyi. «Bavariya» o‘z darvozasidan uchta gol o‘tkazib yuborgan uchrashuvda (5:3) Kanselu maydonga chiqib, gol urdi. Nagelsmann «Leypsig»da Anxelinyo bilan vujudga kelgan o‘xshash vaziyat haqida gapirdi. «Anxelinyo bilan ham xuddi shunday tajribaga egaman. Mashg‘ulotlarning birida u unchalik yaxshi harakat qilmadi. Biz ochiqchasiga gaplashdik - nafaqat futbol haqida, balki boshqa mavzularda ham. Shundan so‘ng u mashg‘ulotlarda bor kuchini berdi va o‘yinlar davomida juda yaxshi taassurot qoldirdi», - dedi Yulian.

O‘yin amaliyoti haqida nima deyish mumkin?

Myunxen klubi uchun barcha musobaqalarda Kanselu 434 daqiqa o‘ynadi: Bundesligada 314, Kubokda 71, Chempionlar ligasida 49 daqiqa. 9 o‘yindan 4 tasida zaxira o‘rindig‘idan maydonga tushdi. Shu bilan birga, uning asosiy statistikasi bo‘yicha hammasi joyida: 1 gol va 4 ta golli uzatma.

Nega Kanselu «Siti»ni tark etdi?

Buning sabablaridan biri - o‘yin vaqtining kamligi. Joauning Pep Gvardiola bilan munosabatlari yomonlashgan. JCH-2022 oldidan esa hammasi yaxshi edi, portugaliyalik barqaror o‘ynardi, ammo Qatardan qaytgach, nimadir buzildi: shundan so‘ng faqat ikkitagina to‘liq o‘yin (Premyer-ligada «Manchester Yunayted»ga qarshi va Angliya Liga kubogida «Sautgempton»ga qarshi), qolganlarida uchrashuv vaqtining yarmidan ko‘p o‘ynamadi va Kanselu oxirgi bahsni zaxirada o‘tkazdi. Qolaversa, «Vulverxempton» bilan o‘yinda maydonga tushmasligini bilgach, Joau butun o‘yindan oldingi mashg‘ulotlarni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi, sheriklari bilan shug‘ullanishdan bosh tortdi. Gvardiola Jahon chempionatidan qaytgan Kanseluning formasidan shikoyat qilgan edi. Portugaliyalik uchun chap qanotdagi Natan Ake va o‘ng qanotni band etgan yosh Riko Lyuisning yorqin harakatlari ham to‘siq bo‘ldi. Kanseluda maydonga tushish imkoniyati bo‘lmadi, biroq  zaxirada o‘tirishni ham istamadi. Joauning ketishiga yana bir sabab - taktika. Rikko Lyuisning o‘ng qanotdagi dadil harakati chap qanot himoyasida ko‘proq konservativ o‘yinni talab qilardi. Ake bu mezonga hujumni yaxshi ko‘ruvchi Kanseluga qaraganda ancha mos kelardi.

Zaxiradagi uchta o‘yindan so‘ng Joau Kanselo klubdan uni ijaraga berishlarini so‘radi. Mana, «Bavariya» o‘z vaqtida yetib keldi: ular himoyachini 2022/23 yilgi mavsum yakuniga qadar 70 million yevroga sotib olish huquqi bilan olib ketishdi. Bundan tashqari, ijara bepul: «Siti» buning uchun hech narsa olmadi. Joauning o‘zi Pep bilan janjal tufayli ketish haqidagi mish-mishlarni rad etdi: «Oxirgi haftalarda ko‘p vaqtim bo‘lmadi va bu qarorimga ta’sir qildi. Pep bilan munosabatlarning bunga aloqasi yo‘q. Men juda katta tarixga ega klubda yangi sarguzashtni boshlashni juda xohlardim. Men uchun bu orzu edi», - dedi futbolchi. «Bu xayrlashuvdek tuyulishi mumkin, lekin men buni nazarda tutmadim. Keling, bu 5 oy bizga nima olib kelishini ko‘ramiz. Men bu yerda qayta kashf etilishni xohlayman. Mavsum oxirida bu haqda yana gaplashamiz, ammo mening haligacha «Manchester Siti» bilan shartnomam davom etmoqda. Men buni klubdan ketish deb bilmayman». O‘yinga bo‘lgan ishtiyoq JCH-2022da ham unga asos bo‘ldi: Kanselu Portugaliya terma jamoasi uchun beshta o‘yindan to‘rttasini to‘liq o‘tkazdi - u faqat Shveysariyaga qarshi 1/8 final o‘yinida zaxirada qoldi. Record nashriga ko‘ra, Joau Shveysariyaga qarshi o‘yinda birinchi golni nishonlamagan yagona futbolchi bo‘lgan. Gonsalo Ramushning golidan keyin himoyachi zaxirada qoldi va sheriklari bilan bayram qilish uchun yugurmadi.

Aynan shu narsa uni «Siti»ni tark etishga majbur qildi. Endi u o‘zini «Bavariya»da topishni istadi. Portugaliyalik bir oy davomida maydonga tushmadi. So‘nggi o‘yinda Joau Kanselu barcha 90 daqiqani o‘tkazdi. 1:1 hisobidagi bahsda u Alfonso Devisga uzatmani amalga oshirdi. Xo‘sh, Kanselu yana formasiga qaytyaptimi?

Kiritildi: 23:28, 14.03.2023. O'qildi: 1906 marta. Fikrlar: 10 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.