Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 25 50
3 Aston Villa 25 47
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 25 39
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 25 36
12 Fulhem 25 34
13 Kristal Pelas 25 32
14 Brayton 25 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 25 26
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 25 15
20 Vulverhempton 25 8

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Aston Villa - Brayton
01/01/70 Kristal Pelas - Byornli
01/01/70 Manchester Siti - Fulhem
01/01/70 Nottingem Forest - Vulverhempton
01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo kubogi raqamlarda

Baho:
+ | -
OSIYO / Qit’a chempionatlari / Yoshlar (U19) OCh
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekistonda 1—18 mart kunlari 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi musobaqasi o‘tkazildi. “Daryo” yakunda O‘zbekiston yoshlarining g‘alabasi bilan tugagan musobaqaga oid raqamlar va ma’lumotlarni bir sahifaga to‘pladi.

Osiyo Kubogining eng yaxshi o‘yinchisi nomiga O‘zbekiston vakili Abbosbek Fayzullayev loyiq ko‘rildi. Yana o‘zbek futbolchisi Otabek Boymurodov esa eng yaxshi darvozabon deb topildi.

Musobaqada jami 31 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi va ularda umumiy 69 ta gol urildi (o‘rtacha 2,23). Yaponiyalik hujumchi Naoki Kumata 5 ta gol bilan turnir to‘purariga aylandi.

O‘zbekiston chempion bo‘lishiga qaramay, gol urish borasida top-5 likka kira olmadi. Musobaqada eng ko‘p gol urgan jamoalar:

— Avstraliya — 13
— Yaponiya — 11
— Janubiy Koreya — 9
— Eron, Iroq — 6
— O‘zbekiston, Xitoy — 5

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi musobaqada jami beshta gol urdi. Zafarmurod Abdurahmatov, Abbosbek Fayzullayev, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov va Umarali Rahmonaliyev bittadan golga muallif bo‘lgan bo‘lsa, yana bitta to‘p iroqlik Zakariya ar-Ramadonning avtogoli evaziga qo‘shildi.

Gol urish borasida sermahsullik qayd etmagan bo‘lsa-da, o‘zbekistonlik yoshlar darvoza tomon zarba yo‘llash borasida mutlaq yetakchi bo‘ldi. Zarba yo‘llash borasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan jamoalar:

— O‘zbekiston — 108
— Yaponiya — 86
— Iroq, Janubiy Koreya — 73
— Eron — 70

Darvoza tomon aniq zarba berish borasida yaponlar yetakchi bo‘ldi:

— Yaponiya — 36
— O‘zbekiston — 31
— Avstraliya — 28
— Iroq — 26
— Eron — 24

— Musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi Abbosbek Fayzullayev 14 ta zarba va 8 ta aniq zarba bilan bu ko‘rsatkich borasida yetakchilar qatoridan joy oldi

Ravshan Haydarov shogirdlari eng yaxshi himoya ega jamoa ekanini ko‘rsatdi. O‘zbekiston 5 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Janubiy Koreya 4 ta o‘yinda gol o‘tkazmagan bo‘lsa, Indoneziya, Iroq, Yaponiya, Iordaniya va Tojikistonda bu ko‘rsatkich ikkita o‘yinga teng bo‘ldi.

Musobaqada hakamlar jami 105 ta sariq va 4 ta qizil kartochka ko‘rsatdi.

O‘zbekistondagi turnirga jami to‘rtta stadion mezbonlik qildi: “Bunyodkor”, “Jar”, “Lokomotiv” (barchasi Toshkent) va “Istiqlol” (Farg‘ona). “Istiqlol” stadionida 6 ta o‘yin o‘tkazildi, “Lokomotiv” — 8, “Bunyodkor” — 8, “JAR”da esa 9 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

O‘yinlarga jami 203 mingdan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi (o‘rtacha 6,55 ming). Shularning qariyb 181 ming nafari O‘zbekiston U-20 ishtirokidagi o‘yinlarga to‘g‘ri keldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:03, 21.03.2023. O'qildi: 4345 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 21
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 12
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Фулхэм Xarri Uilson 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.