Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bukayo Sakaning yangi shartnomasi va APL yulduzlari. Kimlar ingliz hujumchisidan ko‘proq pul topadi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Shartnomalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, "Arsenal" yulduzi Bukayo Saka yangi bitimga imzo chekadi. Agar shunday bo‘lsa, 21 yoshli vinger haftasiga 300 ming funt ishlab topishni boshlaydi. Ta’kidlash joizki, Saka "Arsenal"ning joriy mavsumdagi chempionlik kurashida muhim figura bo‘lib turibdi. Klub akademiyasidan chiqqan bu futbolchi, 2022-23 yilgi APL bahslarida gol borasida ham, assist borasida ham 10 lik dovondan oshgan yagona vakildir. Shunga qaramay, Saka hali ham jamoasi bilan yangi shartnoma imzolamadi. Uning hozirgi bitimi 2020 yilda yangilangandi. O‘shanda Saka APLda faqat bitta gol urgan, Angliya termasi safida esa hali debyut qilmagandi. Vaqt o‘tishi bilan, Saka yuksaldi. Futbolchi ayni damda Mikel Arteta va Garet Sautgeyt jamoalarida o‘ta kerakli bo‘lib ulgurgan.

Bukayo Saka Yevro saralash bahslarida porlmoqda. Uning Ukraina terma jamoasiga qarshi ko‘rsatgan fenomenal o‘yini haqida Pol Merson shunday deydi: "Saka kuchsiz jamoalarga qarshi xet-trik qilmaydi. U 7-0 hisobida oxirgi golni ham urmaydi. "Arsenal"da uning vazifasi boshqacharoq. Saka birinchi, hisob tenglashtiruvchi yoki g‘alaba golini kiritadi. U o‘ta kerakli lahzalarda qulay uzatmalarni amalga oshirishni yaxshi ko‘radi. Aytishim mumkinki, Saka – muhim paytlar futbolchisi. Bunday turdagi o‘yinchilarni topish ancha murakkab ish. Ha, maydonda istagancha ajoyibotlar qila oladigan futbolchilar ko‘p. Ammo hal qiluvchi pallalarda bu ishni bajarish ko‘pchilikning qo‘lidan kelmaydi. Saka esa aynan shunday qiladi. Hatto, u bu ishni har hafta ham bajara oladi".

Angliya terma jamoasi yulduzining amaldagi bitimi 2024 yilda yakuniga yetishiga qaramay, "Arsenal" rahbariyati uni jamoada olib qolishga ishonmoqda. Ammo bunda bir muammo bor. Amaldagi bitimga ko‘ra, Saka, nisbatan kam maosh oladi. Uning haqqi tarkibdagi Eddi Nketia va Kiran Tirnilarnikidan ham kamroq. U APLning eng yaxshi maosh to‘lanadigan 100 ta o‘yinchisi ro‘yxatiga ham kirmaydi. Ammo bu tez orada o‘zgaradi. Saka yangi shartnomaga qo‘l qo‘yadi. Bu esa futbolchining hozirgi, haftalik 70 ming funt maoshini keskin oshiradi. Unga haftasiga 300 ming funt maosh taklif qilinadi. Bu hajm Sakani "Arsenal"ning eng yaxshi haq to‘lanadigan futbolchisiga aylantiradi. Aslini olganda, bu summa, Angliya bo‘ylab ham eng yaxshilaridan biridir. Masalan, 2021 yilda "Manchester Siti" sotib olgan Jek Grilish ham haftasiga 300 ming oladi.

Shunga qaramay, uch yuz mingdan ko‘p ishlaydigan yulduzlar ham bor. Ular APLda 8 tani tashkil etadi. Demak, quyida "Capalogy" portali tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatni ko‘rishingiz mumkin.

1. Kevin De Bryuyne – 400 ming/hafta
2. Erling Xoland – 375 ming/hafta
3. David De Xea – 375 ming/hafta
4. Kazemiro – 350 ming / hafta
5. Muhammad Saloh – 350 ming/hafta
6. Jeydon Sancho – 350 ming/funt
7. Rafael Varan – 340 ming/hafta.
8. Raxim Sterling – 325 ming/hafta

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 17:53, 30.03.2023. O'qildi: 1751 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.